O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimiga tegishli dolzarb farmon, farmoyish va qarorlarida belgilangan vazifalarni;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni;
o‘qituvchi kasbiy faoliyatining mazmuni va xususiyatlariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni va kasbiy kompetentlik va uni rivojlantirish omillarini;
o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ularning xususiyatlari hamda fizikani o‘qitishdagi yondashuvlarni (shaxsga yo‘naltirilgan, AKT va boshqalar);
o‘quv faoliyatini tashkil etish, diagnostika va sifatni baholashning zamonaviy metod va texnologiyalarini;
sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish metodikasini bilishi;
fizika darslarida xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish;
turli xalqaro baholash tadqiqotlarining o‘ziga xos xususiyatlari va fizika fanidan topshiriq namunalari tahlili hamda ularni baholash mezonlarini bilish;
fizika fanini o‘qitishda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish;
fizika fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish;
fizika darslarida zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanish;
didaktik materiallardan foydalanib darsni tashkil qilish va uni o‘tkazish; muammoli ta’lim yondashuvlari: shaxsga yo‘naltirilgan, evristik (tadqiqotchilik va loyihaviy ta’lim texnologiyalari orqali darsni tashkil etish;
fizika ta’limida STEAM yondashuvlarini amaliyotda qo‘llash malakasiga ega bo‘lish;
fizika darslarida laboratoriya ishlarini o‘tkazish texnologiyalaridan xabardor bo‘lish;
fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini virtual dasturlar orqali tashkillashtirish;
umumiy o‘rta ta'lim maktabi sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etishni;
ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini;
murakkab mavzular asosida ishlash metodikasini bilishi;
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan fanga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni yangilash va mustaqil rivojlantirish ko‘nikmalariga;
zamonaviy darsni didaktik asoslarga ko‘ra loyihalash kompetentsiyalariga ega bo‘lishi lozim.