58.Mexanik sistema. Ichki va tashqi kuchlar.
Harakatlari o`zaro bir-biriga bog`liq moddiy nuqtalar sistemasi mexanik sistema deyiladi.Mexanik sistema erkin va bog`langan holatda bo`lishi mumkin. Mexanik sistema nuqtalarining harakati hech qanday sabab bilan chegaralanmagan,ya’ni nuqtalar orasidagi bog`lanishlar o`zaro ta’sir kuchidan iborat bo`lsa,mazkur sistema erkin bo`ladi. Masalan,butun Quyosh sistemasining harakati tekshirilganda planetalarning o`zaro tortish kuchi ichki kuch hisoblanadi.Yerning o`z orbitasi bo`ylab Quyosh atrofidagi harakati tekshirilganda tortish kuchi tashqi kuch bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |