Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari.
Hozirgi zamon texnikasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda va muhandislarning oldiga yechilishi muhim bo‘lgan qator masalalarni qo‘ymoqda. Bular asosan mexanik harakatlar va moddiy jismlarning o‘zaro ta’sirlariga bog‘liq bo‘lib, nazariy mexanika faniga taalluqli hisoblanadi. Fazodagi moddiy jismlarning bir-birlariga nisbatan holatlarini vaqt mobaynidagi o‘zgarishlari mexanik harakat deb ataladi. Jismlarning bir-birlariga nisbatan ko‘rsatgan ta’sirlari natijasida, ularning harakatlari yoki ularning geometrik shakllarining o‘zgarishi (ya’ni deformatsiyalanishi) o‘zaro mexanik ta’sir deb tushuniladi. Jismlarning o‘zaro ta’sirlarini o‘lchaydigan kattalikni kuch deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |