53.Dinamikaning ikkinchi masalasini yechish.
Dinamikaning ikkinchi asosiy masalasi esa moddiy nuqta massasi va unga ta’sir etuvchi kuch ma’lum bo`lganda, shu kuch ta’siridan hosil bo`ladigan kinematik elementlarni topishdan iborat. Texnikada erksiz (bog`lanishdagi) moddiy nuqta harakatini tekshirishga doir ko`plab masalalarni yechishga to`g`ri keladi. Bunday hollarda nuqtaga qo`yilgan bog`lanish uni qo`zg`almas sirt yoki chiziq ustida harakat qilishga majbur etadi. Erksiz moddiy nuqta harakatiga doir masalalarni yechishda mazkur nuqta bog`lanishdan ozod etilib, qo`yilgan bog`lanish reaksiya kuchi bilan almashtiriladi. Natijada moddiy nuqta dinamikasining asosiy tenglamasi quyidagicha yoziladi:
𝑚𝑎⃗ = 𝐹⃗ + 𝑁⃑⃗ bu yerda: 𝑁⃑⃗ - bog`lanish reaksiya kuchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |