51.Dinamikaning birinchi masalasini yechish.
Moddiy nuqta dinamikasining birinchi asosiy masalasini yechish
Moddiy nuqtaning harakat qonuni ma’lumbo`lsa, dinamikaning birinchi masalasini yechish juda oson. Bu masala quyidagi tartibda yechiladi:
1. Agar masala shartida sanoq sistemasi berilmagan bo`lsa, u tanlab olinadi.
2. Moddiy nuqtaga ta’sir qiluvchi kuchlar rasmda tasvirlanadi.
3. Agar nuqta bog`lanishda bo`lsa, u bog`lanishdan qutqariladi va bog`lanish reaksiya kuchlari rasmda ko`rsatiladi.
4.Tanlab olingan sanoq sistemasida moddiy nuqta harakatining differensial tenglamalari tuziladi.
5. Berilgan harakat qonunidan foydalanib moddiy nuqta tezlanishining tanlab olingan sistemadagi proyeksiyalari aniqlanadi.
6. Tezlanishning topilgan proyeksiyalari differensial tenglamalarga qo`yilib noma’lum kuch aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |