2.1. Aholining moddiy farovonligi o’sishi tendentsiyalari
Aholining turmush darajasi ko’p jixatdan uy xo’jaliklarining jamg’arlgan aktivlari va oilalarning joriy daromadlariga bog’liq bo’adi. O’zbekiston uchun oilalarning 98foizi joriy moddiy holatidan qatiy nazar, o’zlarining xususiy mulki bo’lgan shaxsiy turar joylariga ega.
Uy xo’jaliklari resurslarini safarbar etishda , pul qo’yilmalaridan tashqari investitsiyalash uchun qulay sharoit ham talab qilinadi. Uy xo’jaliklari asosida iqtisodiy faoliyatdan voz kechishning sabalari jumlasiga, noiqtisodiy xarakterdagi , birinchi navbatda , qonunchilik, instutsional va ma’muriy omillar ham kiradi. Qonunchilik harakteidagi muammolar shu bilan asoslanadiki, qonunchilikda belgilangan xususiy mulk egalarining xuquqlarining kafolatlari doim ham ularni amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan.
Turmush darajasining muhim xususiyati, aholi uchun munosib turmush sharoitini ta’minlaydigan kommunal xizmatlarning asosiy turlaridan foydalanish imkoniyatlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |