O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NIMODAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
SOTSIOLOGIYA KAFEDRASI 2-BOSQICH TALABASI ABDUMUTALOV FARRUXBEKNING
UMUMIY SOTSIOLOGIYA FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Axolining turmush tarzi va daromadlari
ILMIY RAHBAR
Mavzu: Axolining turmush tarzi va daromadlari
REJA
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Inson rivojlanishining asosiy maqsadi odamlarning farovonligini ta’minlash, sog’lom va bunyodkorlik hayotidan yetarlicha baxra olsh imkoniyatini beradigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hamda ekologik muhitni yaratishdan iborat.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyatibo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lida borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi uzliksiz ta’lim orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
Respublikamiz aholisining turmush tarsi, uning o’ziga xos sharoitlari, urf-odatlari, boy tarixi va ma’naviy merosi, jahon xalqlarining ijobiy tajribalarini hisobga olgan holda boyib borib dunyodagi yirik mamlakatlar qatoridan joy olmoqda. Bu xayrli ishlarda Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A. Karimovning sa’y haraklatlari nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Buning tasdiqini tashqi dunyop bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko’magida iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlash bo’yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O’zbekiston xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o’sib borayotgani va boshqa misollarda yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori suratlarda barqaror o’sib borishi, byudjet soxasi xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqa va stipendiyalar miqdorining muntazam qayta ko’rib chiqilishi, ta’lim, sog’liqni saqlash va ilm-fan sohalari xizmatchilarining mexnatini rag’batlantirish, aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa chora tadbirlar,ayniqsa, oxirgi yillarda xalqimizning hayot sifati izchil yuksalib borishini ta’minladi.
Kurs ishining obekti va predmeti.Kurs ishining obekti etib”Axoli turmush darajasi ko’rsatkichlari” mavzusi va uni o’qitish uslubiyoti tanlab olindi.
Kurs ishining predmeti bo’lib axolining daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar xisoblanadi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, I.A.Karimov asarlari, vatanimiz va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari va maqolalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |