Agglyutinasiya - "elimlash" degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar.
Rasm. Xayol mahsulida kentavr qiyofasi.
Giperbolizasiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o‘zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.
Tizimlashtirish - o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Qahhor hikoyalari ("O’g’ri", "Bemor") A.Qodiriy ("O’tgan kunlar") romani kabilar.
Aksentlashtirish - ayrim belgilarni ta'kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aksentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p qo’llaniladi.62
Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi.
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.
Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.
Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.
Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi.
Boshqa olimlar ilgari surdiki xayol foydali elementlar taminlaydi va kichik tushkunlik , istakga poydevor bo’lib xarakat qiladi.
Hayol hotira singari quyidagi turlarga bo’lish mumkin: ixtiyorsiz va ixtiyoriy hayol. Ixtiyorsiz hayol tushda paydo bo’lib, bu jarayon kutilmaganda sodir bo’ladi. Hayolning ixtiyorsiz turi chala uyqu paytida yoki inson mudrayotgan paytida ham sodir bo’lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol deb - odam o’zining oldiga hech qanday maqsad qo’ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o’z-o’ziga obraz va tasavvurlarni yaratishiga aytiladi.
Ixtiyoriy hayol inson uchun katta ahamiyatga ega. Ixtiyoriy xayol deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga solib muayyan obraz va tasavvurlarni yaratishga aytiladi. Ixtiyoriy hayolda hayol jarayoni aynan o’sha obyektga qaratilgan bo’ladi. Bu paytda bilish jarayonlari faoliyat ko’rsatadi va kerakli tasavvurlarni o’zgartiradi.
Ixtiyoriy hayol inson uchun katta ahamiyatga ega. Ixtiyoriy xayol deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga solib muayyan obraz va tasavvurlarni yaratishga aytiladi. Ixtiyoriy hayolda hayol jarayoni aynan o’sha obyektga qaratilgan bo’ladi. Bu paytda bilish jarayonlari faoliyat ko’rsatadi va kerakli tasavvurlarni o’zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |