Umumiy psixologiya”



Download 1,32 Mb.
bet78/169
Sana13.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#358617
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   169
Bog'liq
2 5258113295516175053

Yakka tasavvurlar - “mana shu stol”, “shu qo’g’irchoq”, “shu poezd”ni tasavvur qilishdir. Ammo biz juda ko’p stol, qo’g’irchoq, poezdlarni bilamiz va shu tufayli bu buyumlarning umumiy belgilarini ajrata olamiz. Mana shunday umumlashtirish narsa va hodisalar haqidagi umumlashgan tasavvur bo’ladi.

Umumlashgan tasavvurda – ba’zi narsa va hodisalarning o’ziga xos belgilari bilinmay ketadi. Tasavvur o’zining bevosita xissiy asosini yo’qotib, narsa va hodisa haqidagi fikr, tushunchaga aylanadi. Buning oqibatida biz amalda ko’pincha obrazni real asosda xis qilmay qo’yamiz.

Umumlashgan sari tasavvur o’zining aniqligini yo’qota boradi, tarqoq, dudmol bo’la borib, obrazlik xususiyatini yo’qotadi. Biz ot, fil, karkidon, va boshqa hayvonlarni tasavvur qila olamiz, biroq “umuman” hayvon obrazini tasavvur eta olmaymiz.

Biroq tasavvurni narsaning faqat obrazi deyish yaramaydi. Ko’pincha tasavvurda narsaning obrazi bilan u haqidagi bilim qo’shilib ketadi. Umumlashgan tasavvurning tarkib topishida buyum va uning barcha xususiyatlarini bilish muhim rol o’ynaydi. (V.N. Sergeevichev tadqiqotlari)

O’rganilayotgan narsaning ahamiyatli tomonlari ahamiyatli bo’lmagan tomonlariga nisbatan barqaror tasavvur etiladi. (A.N.Turpanov, E.N.Kabanova-Meller tadqiqotlari)

Inson tafakkuri tushunchalar bilangina emas, balki obrazlar bilan ham bog’liqdir. Fikrlash faoliyatida qiyinchilikka duch kelsak, darrov obrazlarga murojaat qilamiz. Qiyin mashqni bajara olmasak, yoki tushuntirib bera olmasak, ko’rsatma obrazga “ yordam uchun” murojaat qilamiz.

Ba’zan tassavurni bilim sifatida belgilaydilar. O’qituvchilarning o’quvchilar haqida shunday deyotganlarining guvohi bo’lamiz: “Unda bu fan to’g’risida hech bir tasavvur yo’q”, “U bilimning bu sohasida hech bir tasavvurga ega emas” va hokazo. Psixologiya fani tasavvurning bunday xususiyatini hali yaxshi o’rganmagan. Biroq tasavvurning bilim sifatida xizmat qilishini tadqiqot etishlari mumkinligini inkor etib bo’lmaydi. Bu ehtimol, ko’rsatmalilik, obraz tasavvurga asoslangan elementar bilimdir

Xayol qilish jarayoni juda ham murakkab aks ettirish jarayoni bo’lishiga qaramay, uning asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni akademik. I.P. Pavlovning oliy nerv-faoliyati haqidagi ta'limoti asosida ma'lum darajada tushuntirib o’tish mumkin. Xayolning nerv fiziologik asosida ham miyaning po’stida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarning) yana qayta tiklanib, bir-biri bilan yangicha qo’shilish jarayoni yotadi. Shuni ham aytish kerakki, bosh miya yarim sharlarida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin ularning qo’shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh miyaning po’stida inson o‘z shaxsiy hayotida hech qachon idrok qilmagan narsalarning obrazlari paydo bo’ladi. Bu obrazlarning ko’pi voqelikka mutlaqo to’g’ri kelmaydi va natijada tormozlanib holadilar. Boshqa birlari esa voqelikka to’g’ri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi imkoniyatlar ochib bergani tufayli amaliy faoliyat natijalari bilan mustahkamlanadilar.

Xayol qilish jarayoni hamisha nutq orqali amalga oshirilishi tufayli nutqning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signallar tizimining faoliyati ham faol qatnashadi. Bundan tashqari xayol qilish jarayonida diqqat, xotira, tafakkur va iroda jarayonlari ham ishtirok qiladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda xayolning (xususan ijodiy xayolning) nerv fiziologik mexanizmlarni to’la tushuntirib berish uchun yetarli ilmiy ma'lumotlar yo’q. hozirgi kunda fan va texnikaning juda tez temp bilan rivojlanishi ijodiy xayol jarayonining oldiga katta vazifalar qo’ymoqda. Masalan, kosmik fazoni zabt etish, insonning oyga chiqishi, murakkab aqlli mashinalarning yaratilishi va shu kabilar inson tafakkuri hamda ijodiy xayolning yuksak taraqqyoti natijasida qo’lga kiritilmoqda.

Odamning uyg’oq paytida yuzaga keladigan xayol jarayoni ma'lum darajada tartibot va ixtiyoriy xarakterga ega bo’ladi. Shuning uchun odam o‘zining xayol qilish jarayonini oldidagi maqsad va vazifalarga bo’ysindira oladi. Odam o‘zining bilimlari, tushunchalariga asoslangan holda xayoliy obrazlarning paydo bo’lishini idora qila oladi.

Bosh miya katta yarim sharlarining barcha tomonlari tormozlanib, odam uxlagan paytida ham xayol tush ko’rish shaklida yuzaga keladi. Odatda odam uxlay boshlagan paytida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog’liq bo’lgan nerv hujayralari hammadan oldin tormozlanadi. Uyqu bilan bog’liq bo’lgan tormozlanish jarayoni miyaning hamma joyiga baravar ravishda tarqalmaydi. Natijada ayrim joylar tormozlanmasdan holadi va kutilmagan darajada ajoyib munosabatlarga kirisha boshlaydi. Ana shuning uchun tush ko’rish ikkinchi signallar tizimining nazoratisiz juda betartib, pala-partish ravishda yuzaga keladigan assosiasiyalardan iborat bo’ladi.

Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi. Shuningdek xayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko’rsatiladi va ular yaqqol ifodalash maqsadida quyida jadval ko’rinishida aks ettirildi.




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish