Umumiy psixologiya”


Xayol jarayoni haqida tushuncha



Download 1,32 Mb.
bet76/169
Sana13.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#358617
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   169
Bog'liq
2 5258113295516175053

4.4. Xayol jarayoni haqida tushuncha.

Odam o‘z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi narsalarini hamo‘z hayotida yarata oladi.55

Shuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo’ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo’lishi uchun xotira tasavvurlarining bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog’liq.

Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.

Xayol – obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya'ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir.56

Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan bo’lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’lmaydi. Masalan, biror narsa yasash biror o’simlikni o’stirish uchun qo’lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya'ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi.

Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emosional irodaviy holatlari bilan uzviy bog’liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog’liq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi.

Xayol psixologik jihatdan keng ikki xil ma’noni anglatadi: ongli va ongsiz. Ongsiz ravishda, bu bir xil payt “fantasy” deb yoziladi.

Ongli xayol bu setuatsiyada odam tarafidan o’ylab chiqarilgan bo’lib zarur bo’lgan istak yoxud maqsadga chatdan turib yaratiladi. Xayol o’ziga tegishli vaziyatlarni qaysiki juda misilsiz, yoxud xayotiy bo’lishi mumkin. Xayol tabiatdan jinsiy tasavvurda ham bo’lishi mumkin. Boshqa bir jihatdan muhim ahamyati, xayol bu “real” bo’lmagan xolat xamma vaziyatlarda shundoq tushuniladi. Shuningdek shaxsning xatti-xarakati xayoliy vaziyatda obekt bilan subektni muloqoti tushuniladi.57

Tasavvurning umumiy tavsifi – ‘’Tasavvur’’ – termini, yagona tavsifi – hayoliy yoki real ymiz, bo’lmagan fikrlarga asoslangan nazmiy va nazariy estetika. Biz ko’pincha ramantik insonlarni ‘’tasavvuriy temperament’’ga ega deb tasvirlaymiz. Albatta bu so’zning ma’nosiga e’tibor qaratish lozim. Odatda bu so’zdan notexnikaviy sezgirlarda foydalaniladi. Tasavvur, psixologlarning qarashlariga ko’ra aynan hozir his qilinmagan tuyg’ularni ifodalashi mumkin. Xuddiki u bir yulduz, biz uni ko’rmaymiz, ammo tasavvur qilolamiz. Umumiy qilib aytganda, sezish va tasavvur qilolamiz, u bir iforki, aynan hozir sezmaymiz, ammo tasavvur qilolamiz. Umumiy qilib aytganda, sezish va tasavvur aniq maqsadga qaratilgan fikrdir, ulardagi boshlang’ich farq psixologik faktga ko’ra boshqasi bo’lmaganda sezgi organlarda qo’zg’alish ko’taradi. Idrok qilingan fikrlar deyarli doimiy ravishda yaqqol ko’zga tashlanadi va davom etmaydi tasavvurning boshlangan jarayoniga nisbatan.

Tasavvur maktabgacha yoshdagi bolalar psixik hayotida muhim rol o‘ynaydi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalar odatda ko‘rgazmalilik, obrazlar asosida fikrlaydilar. Shuningdek bu yoshda diqqat muhim darajada tasavvurni idrok qilishda yuzaga keladi. Shuning uchun ko‘pgina odamlarning birinchi xotiralari ko‘rgazmali obrazlar bilan bog‘liq. Bolalardagi birinchi tasavvurlar yetarli emas. Bolalar uchun kattalarga qaraganda tasavvurlar juda muhim bo‘lishiga qaramay, ular kattalarda yorqinroq.58

Lekin biz jarayonning boshqasiga o’xshashligi ular o’rtasidagi farqdek mutlaqo muhim, mutlaqo oydindir. To’ldiradigan bo’lsak, ko’rinadigan tasavvur ko’rilgan sezgirlardean hosil bo’lgan manbaalar bilan bir xildir. Darhaqiqat, biz tasavvurlarni tasvirlayotganimizada, real fakt keltiramiz, uning asosi avval his etilgan harakatlarda va demak biz tasavvurda uchratgan ruhiy manbaalar bizga oldin yetkazilgan sezgilarning bir qismidir va biz allaqachon ularni tasavvur sifatida saqlaganmiz. Ko’pincha qayg’uli, ko’z yoshli, g’amgin sezgilarni saqlab qolamiz. Shu paytgacha biz nazariy sezgilar tajribadagi hissiyotlardandir deb taxmin qilamiz. Agar biz azgina muddatga insonlarning biz qismini gul deb tasavvur qilsak va keyin ulardan bizga o’zlarini gul sifatida qanday hayol qilayotganlarni ko’zlab berishini so’raymiz. Biz ularni gul tasvirida ruhiy sur’atini topishimiz kerak, qanaqa rangtdaligini, dettalarini . Bu insonlar aniq gul obrazida tasavvur qiladilar. Boshqalar ‘’gul’’ so’zini hayollariga keltiradilar, va bu boshqa so’zlarni ham ergashtiradi ‘’Amerika go’zali’’, ‘’qizil’’, ‘’tikanli’’ va hokazolar. Bu guruh tajriba uchun auditoriyaga kiritiladi va tasavvur motori ishga tushadi. Kinestezik sezgilar kinestezik tasavvurlarni o’z ichiga oladi. Bu orada kinostezsik hislardan ajratib olishimiz kerak.

Reproduktiv tasavvur - reproduktiv tasavvur, hissiyotlarning tasvirini ya’ni bizga avval ko’ringan tasavvurlarning ko’rinishlarini o’z ichiga oladi. Masalan, men ko’zlarimni yumaman va o’zimni pasta ustida yozayotganimda ko’z oldimga keltiraman. Bu reproduktiv tasavvurdir, ya’ni bu holatni oldin manda bo’lgan, hayolimda avval ham takrorlangan.

Produktiv tasavvur - produktiv tasavvurda hech qachon ko’rmagan narsalarimizni tasavvur qilamiz. Masalan, 8 oyoqli it. Biz unaqa hayvoni hech qachon ko’rmaganmiz. Bu noto’g’ri yo’l emas, bu illyutratsiya yoki produktiv tasavvurning natijasidir. Produktiv tasavvurda hayolda mavjud bo’lgan tasavvurga yangi elementlar qo’shiladi. Produktiv tasavvur orqali yangi keng, yangi asar yoki yangi mashina yaratish mumkin.59

Har kungi xayotda odamlar o’zlari xoxlagan tasavvur xayol qilishadi, istagini ro’yobga chiqishi uchun tasavvur xokimyati yoki mustaqil tanlov… orzu.

Jorj Eman Vaylant o’z ishida na’muna qilib ximoyaviy mexanikani qilib oldi. O’zingizni dunyoyingizda- orzuingizda omadli va taniqli xayol qilasiz, undan ko’ra do’stlashishga xarakat qilib va omadli ishga ega bo’lish kerak.

Xayol jar yoqasiga kelganda oddiy , muhim kasallikdir manmanlik, mensimaslik “Vaylant ilgari surdi kimki ko’p xayol qilsa o’sha insonning yaqin do’sti bo’lmaydi”60

Real voqelikdagi narsa yoki hodisalarning muayyan daqiqada idrok qilinmayotgan obrazlari tasavvur deyiladi. Tasavvur real olamdagi narsalarning qayta tiklangan obrazidir.

Tasavvurning manbai obektiv voqelikdir. Har bir tasavvur asosida ilgarigi sezgi va idrokning qayta tiklanishi yotadi. I.M. Sechenovning fikricha, tasavvur o’zining o’zining nerv mexanizmlari jihatidan idrokdan faqat qo’zg’ovchilari bilangina farq qiladi. Idrok protsessiga biz ko’rayotgan, eshitayotgan, bizga tegib turgan narsalar va shu kabilar qo’zg’ovchi bo’ladi.

Tasavvur uchun esa buyum emas, balki shu buyum haqidagi so’z yoki fikr qo’zg’ovchi hisoblanadi. So’z yoki fikr obrazni, tasavvurni keltirib chiqaradi, miyada saqlangan, eski idrok protsessi bilan bog’liq bo’lgan fiziologik protsesslar qoldiqlarini jonlantiradi. Tasavvurlarning xususiyati idrokning eski protsessi xususiyatlari bilan belgilanadi.

Bosh miya po’stida saqlangan anglab olish tipidagi idrok protsessining jonlanishi natijasida bizda tasavvur hosil bo’ladi, shuningdek, sinchiklab ko’rish mexanizmi asosida tarkib topgan idrokning jonlanishi asosida ham tasavvur hosil bo’lishi mumkin. Buyumning qandaydir ayrim xususiyatlarini tez idrok qilish natijasida hosil bo’lgan tashqi dunyodagi buyum obrazi qandaydir tarqoq, detallarga bo’linmagan obrazdir.

Aks ettirilayotgan bunday obrazning xarakterli belgisi shundaki, u buyumni har tomonlama va chuqur bilishga asoslanmay, qisman, yuzaki ayrim qismlarini, ba’zan tipik sifatlarini bilishga asoslanadi. Bu obraz juda tor doiradagi hayotiy masalani hal etishda foydalanilmog’i mumkin. Ammo tasavvurning bunday turi biron ijodiy faoliyat uchun, chunonchi, tasavvurga asoslanib rasm solish uchun yaramaydi.

Rasm chizish uchun tasavvur asosida biron-bir amaliy faoliyatni bajarish kabi bosh po’stida analiz qiluvchi, detal idrok asosida tarkib topgan obrazlar yetarli bo’lishi, detal suratda idrok etilib analiz qilingan bo’lishi talab etiladi.

Tasavvur asosan qayta tiklangan idrokdir. Biroq obrazning tasavvuri uning dastlabki idrokidan birmuncha farq qiladi. Tasavvur odatda, idrokdan xiraroq bo’ladi. Faqat ayrim kishilardagina tasavvur yorqin bo’ladi, ba’zi yozuvchi, rassom, kompozitorlar go’yo o’z suratlari, romanlari, operalari qahramonlarining obrazini ko’rayotgandek va eshitayotgandek bo’ladilar. Rassom Ayvazovskiy o’z suratlarini dengiz stixiyalarini cheksiz suratda ko’rish asosida hosil bo’lgan tasavvurlar asosidagina chizgan. Rassom Levitan etyudlarini naturadan chizgan bo’lsa ham ko’pchilik asarlarini tasavvuri asosida yaratgan. Kompozitorlardan Motsart bilan Betxovenlar o’zlari yaratayotgan muzikani juda aniq eshitganlar. Yozuvchi Goncharov o’z asarlari qahramonlarini ochiq oydin “ko’rgan” va “eshitgan”

Tasavvurda ko’pincha idrokka oid ba’zi belgilar bo’lmaydi. Biz hammamiz itni bir necha bor ko’rganmiz va yaxshi bilamiz, ammo bolamiz, “itning rasmini solib ber” deb qolsa, ancha urinib qolamiz, ya’ni itni juda aniq va to’g’ri tasvirlab berolmaymiz. Biz rasm chizishni bilmaganligimiz uchun emas, balki itning quloqlari boshiga qay tariqa birlashgani, dumi va boshining shaklini bilmaganligimiz va shu kabi sabablar natijasida shunday bo’ladi.

Tasavvur u yoki bu narsaning o’zgarmas va barqaror obrazi emas. Tasavvur o’zgarmas surat bo’lmay, butun bir protsessdir. Karkidonni tasavvur eting va uzoq vaqt uning obrazini miyangizda saqlang. Bir necha vaqt o’tgach, karkidon obrazi “so’na boradi”, bora bora butunlay yo’qoladi. Lekin ba’zi belgilari esda qolib, ba’zi belgilari unutila boradi. Unutilgan obrazni qayta esga solinsa, bu obraz dastlab idrok etilgan obrazdan birmuncha farq qiladi.

Tasavvurlarning sezgilar asosiga qurilgan klassifikatsiyasini ko‘rib chiqamiz.





Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish