“Umumiy psixologiya fanidan yakuniy nazorat variantlari
Вариант № 9
1) Yosh va pedagogik psixologiyaning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o’rni.
2) Oilaviy shaxslararo munosabatlarning muammolari.
3) Qobiliyatlar tuzilishi.
4) Psixologiya fanining taraqqiyoti tarixi.
5) Muloqotning interaktiv tomoni.
Tayanch so’z va iboralar:
Yosh, pedagogic psixologiya, oqituvchi faoliyati, oila, shaxs, munosabat, qobiliyat, layoqat, iqtidor, iste`dod, talant, geneallik, muloqot, interaksiya, ta`sir.
Kafedra mudiri: dots. Sharafutdinova X.G.
Tuzuvchi: Gafforova D.J.
1) Oqituvchilarning yosh davrlari psixologiyasi fanini organishlari muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega, Chunki, pedagogik faoliyat bilan shugullanish oqituvchidan oz oquvchilarining psixologik xususiyatlarini bilishni, talim faoliyatining muayyan bosqichida bola psixikasida sodir boladigan ozgarishlar va taraqqiyotni hisobga olgan holda talim-tarbiyani tashkil etishini talab qiladi.
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, Chunki, ularning har ikkisi bitta umumiy jarayonni-ulgayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bolsa-da, bu ikki faol psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri oz predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir.
Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishi hamda psixologik xususiyatlarni organadi.
Ontogenez-(yunoncha, ontos-mavjud, jon zot; genezis- kelib chiqish, paydo bolish) individning paydo bolishidan umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni.
Yoshning ulgayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi etakchi omillar hamda inson hayot yolining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Malumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, talim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bolmaydi. Yosh davrlar psixologiya fani bu borada ham oziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda organish bilan cheklanib qolmay, balki oz muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida bolaga beriladigan talim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda organsa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim
Do'stlaringiz bilan baham: |