amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bolishi va taraqqiy etishi hamda inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini organishda qolga kiritilgan ilmiy dalillarni talim-tarbiya sohalariga tadbiq qilish tashkil etadi.
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni hal qilish bilan quyidagi amaliy maqsadlarni ruyobga chiqaradi:
- talim-tarbiya ishlarini takomillashtiriladi;
- shaxslararo muloqotni togri yonaltiriladi:
- jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratiladi:
- uzoq umr korish sirlari ochiladi;
- oilaviy munosabatlarni mustahkamlanadi;
- ajralishlarning oldi olinadi;
- farzand tarbiyasi oqilona amalga oshiriladi.
Yosh davrlar psixologiyasining tarixiy rivojlanishi jarayonining tahlili mazkur fan boshqa fanlar bilan bogliq holda rivojlanishi, bunda fiziologiya, eksperimental biologiya va genetika, tibbiyot, sotsiologiya kabi fanlarning xizmati katta ekanligini korsatdi. Yosh davrlari va differensial psixologiya fani dialektika prinsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga, differensial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar toplagan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, ozgarishi yuzasidan baxs yurishi, ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishdagi faol ishtiroki tufayli psixologik fanlar ichida oziga xos oringa ega.
Yosh davrlari psixologiyasi ozining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy tamoyillari va qoidalariga tayangan holda belgilab, quyidagi tamoyillarga rioya qiladi:
1. Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita tasir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tassavur, xotira tafakkur, nutq, xayol kabi bilish jarayonlarida, shuningdek shaxsning xususiyatlari va holatlarida diqqati his-tuygusi va xarakter hislatlarida, qiziqishi va ehtiyojlarida oz ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qozgatuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv boglanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi tasirning natijasida hosil boladi. Bosh miya postlogida vujudga keladigan muvaqqat nerv boglanishlari I. P. Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, konsentratsiyasi hamda ozaro induksiyasi qonunlari zamirida roy beradi. Bu qonunlar turli yosinda muvaqqat boglanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanish va qozgalish sodir bolishini, muvaqqat nerv boglanishlarining yoqolayotgani yoki paydo bolayotganini tushuntirish imkonini beradi.
3. Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini - uning nazariy hamda amaliy hayot faoliyatini organishdan iboratdir. Odam zotining ongliligi uning turli tuman faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon boladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bolgan nazariy va amaliy faoliyat jarayonida tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi.
4. Insoning bilish faoliyati rivojlanishi unga ozini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, togriroq, tolaroq va aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yosindagi ozaro boglanishlari, murakkab munosabatlair va aloqalarini tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va oziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon boladi. Tarixiy materializm talimotiga kora, insoning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, ehtiyojlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod maxsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.
6. Insoning borliqni aks ettirishi faol jarayon hisoblanadi. Inson zotining rivojlanishi obektiv borliqqa va oziga faol tasir korsatishida sodir boladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan uyini, kuzatishi, mehnati, oqishi, adabiy asarni mutoala qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorning takomillashishi va boshqalar uning psixik jihatdan rivojlanishini ifodalaydi.
Psixologiyada psixik taraqqiyot inson shaxsining tarkib topishi jarayoni sifatida qaraladi. Psixik taraqqiyot bir-biri bilan ozaro uzviy bogliq qator bosqichlarda amalga oshadi. Jumladan, bola aql-zakovatining korsatkichi, sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan ozaro kundalik munosabatlari va u bajaradigan amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladi. Bunday ozaro tasirlar natijasida bolada turli sifatlar tarkib topa boradi. Masalan, savol-javob, baxs-munozara tasirida aqlning ijodiy maxsuldorligi, tezligi va teranligi ortadi.
Yosh davrlari psixologiyasi predmeti talim va psixik taraqqiyot muammosining ozaro munosabatini ilmiy asosda talqin etib, bu ikki jarayon bir-biri bilan uzviy bogliq ekanligini etirof etadi. Mazkur muammo yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olimlarning fikricha, talim bolaning psixik taraqqiyotidan oldinda borib, uni oz ortidan ergashtirishi lozim (L. S. Vigotskiy, B. G. Ananev va boshqalar). Ammo hozirgi davr nuqtai nazaridan tahlil qilganimizda talimning yuqori bosqichlarida oquvchi va talabalarning oz bilim va konikmalarini mustaqil rivojlantirish imkoniyatlarini ishga solishi muammoga nisbatan boshqacha qarashlarni ham vujudga keltirmoqda.
Ontogenez-(yunoncha, ontos-mavjudot, jonzot; genezis-kelib chiqish, paydo bolish)-individning paydo bolishidan Yoshining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni bolib, shaxsning tarkib topishi, turli ijtimoiy,manaviy, madaniy hamda tabiy-biologik osish bilan tavsiflanadi.
Malumki shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, talim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bolmaydi. Yosh davrlari psixologiyasi fani ham oz navbatida oziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda organish bilangina cheklanib qolmay, balki oz muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan talim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda organsa yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi tabiiydir.
Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham oz qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida organiladi. Bular: bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi oquvchilari psixologiyasi, osmirlar psixologiyasi, ospirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasidir.
Shunday qilib, yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonunlarini va turli yosh bosqichlaridagi bolaning rivojlanishida vujudga keladigan psixik faoliyat xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Mamlakatimizda qabul qilingan «Talim togrisidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda barkamol shaxsni tarbiyalash xususidagi davlat hujjatlari talimning turli bosqichlarida talim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga, barkamol shaxsni kamol toptirishga qaratilgan. Bu dolzarb vazifani amalga oshirish, talim muassasalarida talim-tarbiya jarayonini togri, ilmiy asosda tashkil etishni talab qiladi. Buning uchun esa talim jarayoni va bola shaxsi taraqqiyotining oziga xos psixologik qonuniyatlarini yaxshi bilish kerak boladi.
Xulosa sifatida aytish joizki, agar umumiy psixologiya psixika haqidagi , psixikaning zohir bolish va taraqqiyot qonuniyatlari haqidagi fan bolsa, yosh davrlar va differensial psixologiya turli yoshdagi bolalarning oqish faoliyatini, ularning psixik taraqqiyoti va psixologik xususiyatlari haqidagi fan bolib, shaxsning kamol topishi jarayonida psixik faoliyatning individual xususiyatlari taraqqiyoti, fel-atvorlarini va umuman shaxsni kamol toptiradigan shart-sharoitlarini ham organadi desak mubolaga bolmaydi.
Rivojlanish, taraqqiyot, kamolot inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. rivojlanish o`zaro uzviy bog’liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Bola aql-zakovatining ko`rsatkichi, sifati, xaraktеri uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga kеladi, o`zaro ta`sir (savol-javob natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, tеranligi, tеzligi orta boradi. Hozirgi davrda insonning rivojlanishini yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud va uning aqliy o`sish darajasini tеst (sinov)lar bilan aniqlash mumkin va bu borada metod tushunchasiga to`xtalib o`tish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |