21
(hissiyot) orasida keskin farq mavjudligi namoyon bo‘ladi. Tabiatshunos va
insonshunos olimlar hayvonlarda Emotsional reaksiyalar, holatlar mavjudligini tan
olsalar-da, biroq ularda murakkab hissiyot, yuksak his-tuyg‘ular
borligiga shubha
bilan qaraydilar yoki inkor qiladilar. Bu fikrga to‘liq qo‘shilish mumkin, chunki
insonlarda shunday his-tuyg‘ular borki, bunday hissiyot hayvonlarda bo‘lishi
mumkin emas, vaholanki g‘azablanish, qo‘rqish, jinsiy mayl, qiziquvchanlik,
xursandlik, g‘amginlik har ikkalasida uchraydi, ammo ular sifat va mazmun
jihatdan bir-birlaridan keskin tafovutlanadi.
Inson Emotsiyalari ijtimoiy hayotning shart-sharoitlariga
moslashtirgan
(patologik hollar istisno qilinganda), «ongli zot» ga taalluqli tabiat va jamiyatga
nisbatan munosabatlarida namoyon bo‘ladi, maqsadga muvofiqlashtirish hamda
boshqarish xususiyatiga ega. Ochlik hissi, jinsiy mayl va boshqa instinktiv
sohalardagi Emotsiyalar hayvon bilan insonda o‘xshash bo‘lsa-da, lekin ularning
ifodalanishida farqlanish mavjud. Bularning barchasi instinktiv harakat bo‘lishi
bilan birga insoniylashidan
iborat uzoq evolyusion, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot
yo‘lini bosib o‘tgan, murakkab qiyinchiliklarni yengish evaziga mazkur
ko‘rsatgichga erishgan.
Inson hissiyotning ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari mavjud bo‘lib, ulardan eng
asosiysi sababiy bog‘lanishlarga (determinirlashgan) egalikdir. Xuddi shu bois
inson hissiyotlarining biologik va fiziologik tahlili, ularning tub mazmunini ochib
bermaydi,
shuningdek, hissiyotlar inson shaxsining ongli va ongsiz xatti-
harakatlarini amalga oshiruvchi kuchga, ya’ni motivga o‘sib o‘tish yo‘llarini
izohlab berishga qodir emas. Ma’lumki, Emotsiyalarning «insoniylashuvi»
hissiyotlar ichidan kechishi mazmuni va sifatlari jihatidan hayvonlarniki bilan
qiyoslanganda shaxsniki o‘zining rang-barangligi, murakkabligi bilan ustuvordir.
Insonlarning mehnat, ma’naviyat, siyosat, oila, ishlab chiqarish bilan o‘zaro
munosabatlari, shuningdek,
tabiat bilan odamlar orasidagi, shu bilan birga
shaxslararo munosabatlar bir qator insoniy hissiyotlarning va ularni ifodalash,
tatbiq etish vositalarini vujudga keltiradi. Shaxs yuz ifodalari, boshini tebratish
bilan, xo‘rsinish orqali o‘zgalarga hamdardlik (empatiya) tuybusini bildiradi.
22
Bolalarga odob bilan javob berishni,
suhbatdoshiga iliq, samimiy jilmayishini,
qariya va nogironlarga hurmat bilan joy bo‘shatishni, kichkintoylarga
mehribonlikni shakllantirish lozim. Shaxs o‘z his-tuyg‘ularini o‘zi boshqaradi,
ularni me’yoriy hujjatlar, ijtimoiy turmush qoidalari, etnik rasm-rusumlar, odatlar,
an’analar, prosessual qonunlar nuqtai nazaridan goh ma’qullaydi, goh qoralaydi.
Shu bilan birga insonlar kuchli va jo‘shqin Emotsiyalari kechishida tashqi
xotirjamlikni saqlay biladilar. Ularning ba’zilari o‘z hissiyotlarini berkitish uchun
o‘zlarini befarq tutadilar, salbiy Emotsiyalarni ifodalashga intiladilar.
Shaxs
o‘zining mimika va pantomimikalarini boshqarish imkoniyatiga ega, lekin
organlardagi tabiiy o‘zgarishlarni ushlab turish mumkin emas. Masalan, nafas
olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ko‘z
yoshlarini ushlab turish, rangni
qizartirish, oqartirish va hokazo.
Emotsiyalarning ifodalanish quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lish mumkin: 1)
ifodali harakatlar (mimika va pantomimikalar); 2) organizmdagi turli hodisalar
(ichki a’zolar faoliyati va holatining o‘zgarishi); 3) gumoral xususiyatdagi
o‘zgarishlar (organizmning qon tarkibidagi, suyuqlikdagi kimyoviy o‘zgarishlar,
modda almashish va hokazo). Emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-
ishora, vajohat, qaddi-qomat o‘zgarishi, tashqi sekresiya bezlari faoliyati (yosh,
so‘lak, ter ajralishi), xatti-harakatlar (tezligi, kuchi, yo‘nalishi, muvofiqlashuvi),
nutqning xususiyatlari va boshqalar.
Emotsiyalar, his-tuyg‘ular mazmuni, sifati,
shakli jihatidan etnopsixologik xususiyatlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: