Umumiy psixologiya fanidan


 Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha



Download 489,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana03.06.2022
Hajmi489,17 Kb.
#633687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Emotsiyaning namoyon bo‘lishi1111

1.2. Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha 
Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma’noda qo‘llanilib 
kelinadi: 1) subyekt (shaxs) bilan obyekt (narsa) o‘rtasida tabiiy holda (tarzda) 
yuzaga keladigan o‘zaro aloqa o‘rnatish (obyektiv munosabatlar); 2) o‘rnatilgan 
aloqalar aks ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy subyektning ehtiyojlari va 
ularning obyektlararo munosabati (subyektiv munosabatlar), binobarin, namoyon 
bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o‘rtasidagi 
munosabat ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va 
ilmiy-psixologik manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot 
o‘rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, 
maqsadlar, talablar tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro 
o‘xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik turmush voqyealari bo‘lib 
hisoblanadi, xolos. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda «Hissiyot» 
odatda tirik mavjudodlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va 
unga monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks 
ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «Emotsiya» terminlari (ayniqsa chet 
mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb 
tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda 
chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda tashqi alomatlari 
yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan 
iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini Emotsiya deb atash 
maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta’bassumlanishi, 
lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, 
sarosimalik va boshqalar Emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, 
javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi- muhabbat singari yuksak 
xislatlarni Emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu 
hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, 
yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni Emotsiya 
sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan 


10 
ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa 
(Emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan Emotsiyaning 
o‘zaro bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib 
chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala subyekti o‘zining shaxsi hamda 
jamiyati uchun ahamiyatli hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi 
munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va 
faoliyatiga aloqador (xoh foydali, xoh zararli bo‘lishdan qat’i nazar) omillar, 
qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz 
reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) 
bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «Emotsiya» deyiladi. Emotsiyalar nafaqat 
insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taalluqli ruhiy (psixik) 
holatlardir. Hayvonlardagi Emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiylik 
(irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon 
Emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli 
bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, muvaqqat 
xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, 
hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat subyekti sanalmish 
hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg‘ular 
shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.
Hissiyot bilan Emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson 
shaxsining ijtimoiy hayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyotida shakllangan (evolyusion yo‘sinda), muayyan ijtimoiy muhitda 
(jamiyatda) istiqomad qiluvchi kishilar tomonidan o‘zlashtirilgan g‘oyalar, 
me’yorlar, qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-
tuyg‘ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir. 

Download 489,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish