Umumiy psixologiya fanidan



Download 489,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana03.06.2022
Hajmi489,17 Kb.
#633687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Emotsiyaning namoyon bo‘lishi1111

Kurs ishining maqsadi
: Emotsiyaning namoyon bo‘lishi, emotsiya haqida 
o‘rganib, ma’lumot yig‘ish. 
Kurs ishining vazifalari:
- Emotsiya haqida tushuncha;
- Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha; 
- Hissiyotning o‘ziga xosligi; 
- Hissiyot va emotsional holatlarning fiziologik asoslari;
- Odam va hayvon emotsiyalari;
Kurs ishining ob’ekti:
Emotsiya va hissiyot, ular haqida nazariyalarni amaliy 
jihatdan o‘rganish haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.
Kurs ishining tarkibi:
Kurs ishi tarkibi kirish, 2 ta bob, 6 ta bo‘limdan,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 



I BOB. SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOHALARI 
1.1.
Emotsiya haqida tushuncha 
Emotsiya
(frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va 
hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv 
reaksiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar 
shakllarda namoyon boʻladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol 
holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki 
maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya 
xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni 
qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida emotsiya salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda 
namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori 
boʻlganida E.ga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga 
elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy 
va ijobiy emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, 
asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq 
miya, oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy 
kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsiya oʻrganish, hosil boʻlgan 
shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. 
emotsiya bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegaraskni kengaytiradi; xotirani 
faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika, 
nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi. Odamda oliy ijtimoiy 
ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun E.lar, odatda, hissiyot 
deb ataladi. 
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech 
vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni 
doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: 
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; 
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga 
sub’ekt sifatida qatnashishi; 
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. 



Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu 
narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar 
yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va 
kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham 
yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar 
bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam 
atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari 
ham aks ettiriladi. 
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, 
o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar
shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana 
boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni 
his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq 
uyg‘otadi. 
H

Download 489,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish