Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun



Download 1,52 Mb.
bet91/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

17-mavzu:Qobiliyat

Reja:


  1. Qobiliyat haqida tushuncha.

  2. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi.

  3. Qobiliyatlar tuzilishi.

  4. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi. Qobiliyat va talantning tabiiy shartlari.

  5. Qobiliyat nazariyalari talqini

  6. Qobiliyatlarning rivojlanishi. Qobiliyat va irsiyat. Qobiliyat va kasb tanlash.

  7. Ta’lim jarayonida iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash hamda ular bilan ishlash muammolari. CHet tillarini o‘rganishda qobiliyatning tutgan o‘rni.


1. Qobiliyatlar to‘g‘risida tushuncha

Xaridor do‘konda tovarlarni ko‘zdan kechirayotib, bir xil matodan tayyorlanganiga qaramay, ularga har xil baho beradi, bir tikuvchini maktaydi, ikkinchisiga esa e’tirozlar bildiradi. SHuningdek, ularga ba’zi bir takliflar beradi, tashqi ko‘rinishi bejirim bo‘lishi, chidamliligi oshishi to‘g‘risida mulohazalar yuritadi, ya’ni ulardan birisi qoniqtiradi, ikkinchisi esa ijobiy baho olish imkoniyati-dan mahrum bo‘ladi. Talabalar har xil turdagi tanlovlarda, olimpi-ada va universiadada ishtirok etadilar, ulardan bittasi muvaffa-qiyatga erishadi, hatto g‘oliblikni qo‘lga ham kiritadi. Bu psixolo-gik hodisa yoki voqelik nimadan dalolat ekanligini aniklash orqa-ligina bilim darajasi, qobiliyat ko‘rsatkichi, muvaffaqiyat mexa-nizmi, malaka yoki ko‘nikmalar barqarorligi yuzasidan mulohaza yuri-tish mumkin, xolos.



Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga aloqador omillar, tarkiblar bo‘yicha ayrim ma’lumotlar kel-tirish maqsadga muvofiq: a) qobiliyatlar shaxsning psixologik xu-susiyatlari ekanligi; b) mazkur xususiyatlarga bilim, ko‘nikma, ma-laka orttirish bog‘liq; v) ushbu xususiyatlarning o‘zi bilim, ko‘nikma va malakalarga taallukli emasdir. YUqoridagi voqeliklarning tah-lilidan kelib chiqilganida, tovarga berilgan baho, tanlovlardagi muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ishtirok etishga asoslanib, shaxslarning qobiliyatlari yuzasidan qat’iy qarorga kelinishi mum-kin edi. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oliy ta’lim jarayonida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha «o‘rtamiyona» talaba ke-yinchalik ijobiy tomonga o‘zgarishi, boshqa soha (tarmoq)da yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga yondosh ixtisoslikda o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Ta’lim va ijtimoiy turmushda uquvsiz, «yaroqsiz» deb baholangan insonlar keyinchalik biron-bir sohaning etakchi mutaxassisi sifatida elga tanilishi, yuqori lavozim egalla-shi, tadbirkor shaxs sifatida kamol topishi hodisasi tajribada ko‘p uchraydi. SHuning uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash (o‘zlashtirish) jarayonida qobiliyatlar namoyon bo‘lsa-da, lekin ular bilim, ko‘nikma, malakalarga bevosita taallukli emasdir. Xuddi shu boisdan, ular bir-biri bilan o‘zaro munosabat va nisbatan nuqgai nazardan tahlil qilinganida qobiliyatlar bilan bilimlar, qobili-yatlar bilan ko‘nikmalar mohiyat, mazmun, ma’no jihatidan bir-bi-Ridan tafovut qiladi. Ushbu psixologik hodisa obrazliroq qilib tushuntirilganida, bilim ko‘nikma, malaka mashkdanish tufayli egal-laniladigan aniq voqelik deb tasavvur qilinsa, qobiliyatlar shaxs-ning ruhiy olamidagi hali ro‘yobga chiqmagan imkoniyatidir. Masa-lan, talabaning o‘qishga kirishi u mutaxassis sifatida kasbiy kamo-lot uchun imkoniyattarzida gavdalanishi kabi (uning intilishi, ob’ek-tiv va sub’ektiv muhit, salomatligi va boshqalar), shaxsning qobi-liyatlari kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun im-koniyat tariqasida namoyon bo‘ladi. Kasbiy bilim va ko‘nikmalar egal-landimi yoki yo‘qmi, imkoniyat ro‘yobga chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida qolib ketdimi — bularning barchasi ko‘pgina omillarga va sharoitlarga bog‘liqdir. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar (oila, maktab, mehnat jamoasi a’zolari, jamoatchilik) shaxsning u yoki bu bilim hamda ko‘nikmalarni egallashga manfaatdorligi, o‘qish, o‘rga-tishga munosabati, ularni tashkil qilish va mustahkamlashga nisba-tan mas’uliyat his qilish kabilarning barchasi — imkoniyatning ro‘yobga chiqarish, uning voqelikka aylantirishning kafolatidir. Psixolo-giyaning metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyatlar — imko-niyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatidagi za-ruriy mahorat darajasi haqiqat hisoblanadi. Insonda namoyon bo‘la-yotgan tasviriy san’at qobiliyati uning rassom sifatida shakllani-shiga kafolat bera olmaydi. Rassomlikni egallashi uchun maxsus ta’-lim berilishi, tabiatga o‘zgacha munosabati, idrok qilish xayoloti, shaxsiy fazilati, salomatligi, matolar, mo‘yqalamlar, bo‘yoqlar, mos-lama asboblar va boshqalar muhayyo bo‘lishi lozim. Ta’kidlab o‘tilgan vositalar, shart-sharoitlarsiz tasviriy san’at qobiliyatlari taraq-qiy etmay turiboq, ilk ko‘rinishidayoq so‘na borishi mumkin. Ijti-moiy-tarixiy taraqqiyot pallasida bunday hodisalar son-sanoqsiz bo‘lib o‘tganligi hech kimga sir emas, albatta.

Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabha-lari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof qiladi. SHuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Agar shaxs rasm so-lishga hali o‘rganmagan bo‘lsa, mabodo u tasviriy faoliyatning mala-kalarini uddalay olmasa, uning tasviriy san’atga nisbatan qobi-liyatlari yuzasidan mulohaza yuritishga o‘rin ham yo‘q. Bularning bar-chasi bo‘lg‘usi rassomning ish uslubi, usullari, rangga munosabatla-rini qanchalik tez va oson o‘zlashtirishida hamda borlikdagi go‘zal-likni idrok qilish, tasavvur etishida yuzaga keladi. Talabada kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi, ularning barqarorligi, shakllangan shaxsiy ish uslublari mavjud emasligiga asoslanib, ularni jiddiy tekshirib, tashxis qilmasdan turib, sho-shilinch tarzda unda qobiliyatlar yo‘q degan xulosa chiqarish oliy maktab o‘qituvchisining qo‘pol psixologik nuqsoni hisoblanadi. Bo-lalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyat-lari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Al-bert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachev-skiy (yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishida ge-nial olim bo‘lib voyaga etishishi dalolatnomasi yo‘q edi.

Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqa-digan farqlar, qobiliyatlar mulohaza yuritish imkonini beradi.

Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan indi-vidual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyat-ni aniqdash uchun ba’zi bir omillarni taxdil qilish maqsadga muvo-fiq; a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holat-larda faoliyat talabiga javob bera olmasa — psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin bunday xususiyatli shaxs ko‘nikma va malakalarni egallay olmaydi degan ma’no anglatmaydi, biroq ularni egallash vaqti cho‘zilib ketadi, xolos.

SHunday qilib, qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xususiyat-lariga, xarakter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalar-ga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan bir qatorga qo‘yish, ularni ay-niylashtirish ham nuqsonlarni keltirib chiqaradi. SHuni ta’kid-lash joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki ularni ta’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xusu-siyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug‘iladi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish