4.Xarakter tuzilishi va xususiyatlari.
Kishining xarakteri tug`ma, doimiy va o`zgarmaydigan narsa emas. Bola onadan mexnatsevar yoki dangasa, rostg`o`y yoki munofiq, botir yoki qo`rqoq, intizomli yoki intizomsiz bo`lib tug`ilmaydi. Xar bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muxit ta’siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o`z-o`zini tarbiyalash bilan taraqqiy qilib, o`zgarib boradi.
Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va xissiyotlarining taraqqiy qilib borishi bilan mustaxkam bog`liqdir. SHu sababli kishining irodasi, aql-idroki va xis-tuygularining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi haqida aytilgan fikrlarning hammasi kishi xirakterining rivojlanishiga ham tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |