Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Xarakter tipologiyasi, xarakter aktsentuatsiyasi



Download 1,52 Mb.
bet81/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

2.Xarakter tipologiyasi, xarakter aktsentuatsiyasi.

Xarakterning xususiyatlari orasida ayrimlari asosiy, etakchi bo`lib, uning namoyon bo`lishining butun kompleksini rivojlantirishning umumiy yo`nalishini belgilab beradi. Ular bilan bir qatorda ikkinchi darajali xususiyatlar ham borki, ayrim xollarda ular asosiy deb belgilanishi, boshqalarida esa ular bilan uyg`unlashmasligi ham mumkin.

Xarakter sub’ektning birgalikdagi faoliyatga qay tarzda faol jalb qilinishiga qarab xatti-xarakatlarda va ishlarda namoyon bo`lar ekan, ham faoliyat mazmuniga, ham qiyinchilikning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bartaraf etilishiga, ham asosiy xayotiy maqsadlarga erishishda uzoq va yaqin istiqbollarga bog`liq bo`lib qoladi.

SHunday qilib xarakterning tarkib topishida kishining tevarak-atrofidagi muxitga va o`z-o`ziga, boshqa kishiga qanday munosabatda bo`lishi muxim xisoblanadi. SHu bilan birga bu munosabatlar xarakterning eng muxim xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo`ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xarakterning turtta sistemasini farqlash mumkin:


  1. Jamoaga va ayrim odamlarga bo`lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xususiyatlari: yaxshilik, mexribonlik, talabchanlik, takaburlik va boshqalar.

  2. Mexnatga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xarakter xislatlari: mexnatsevarlik, vijdonlilik, inga mas’uliyat bilan qarash, boshlagan ishni oxiriga etkazish, yalqovlik, mas’uliyatsizlik kabilar.

  3. Narsalarga bo`lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xislatlari: ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayab ishlatish yoki ayamaslik, ularga nisbatan extiyotkorlik yoki aksincha kabilar.

  4. Odamning o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter xislatlari: izzat-nafslilik, o`z sha’nini extiyot qilish, kamtarlik, o`ziga ortiqcha baxo bermaslik yoki shuxratparastlik, mag`rurlik, dimog`dorlik, o`zini katta olish kabilar.

Xarakter xislatlari ichida eng ustun ko`zga tashlanadigan xususiyatlar majmui xarakter aktsentuatsiyasi deyiladi. (Surbetlik, molparastlik, vijdonsizlik rostgo`ylik, yolg`onchilik, saxiylik, ochko`zlik, dilkashlik va hokazolar).

Xarakter aktsentuatsiyasiga qarab odamlarni quyidagicha farqlash mumkin:



introvert tip - odamovi, ichimdagini top, boshqalar bilan til topishga qiynaladigan tip,

ekstrovert tip - his xayajonga berilganlik, ko`p gapiradigan, maqtanchoq, ko`p narsaga beqaror qiziqadigan tip.

Boshqarib bo`lmaydigan tip oraliq tip, gayritabiiy, sun’iy qiliklar, e’tirozlarga murosasizlik, ba’zan o`rinsiz shubhalanish bilan qarash. o`z salbiy qiliqlarini bila turib davom ettirish - xudbinlikninng oliy shakli.

Kishining qaysi xarakter tipiga kirishini aniqlashda E.I.Rogov taklif qilgan so`rovnoma va unga olingan javoblar natijasidan foydalanish mumkin. Rogov xarakter tiplarini quyidagicha tasvirlaydi: Ekstravertlar («o`ngi ustidalar») bor-yo`g`i ko`zga tashlanib turadigan odam.Muloqotga kirishuvi oson, chaqqon, mahmadona, tajovuzkor, peshqadamlikka intilish, odamlar diqqatini tortishga intilish darajasi yuqori.

Boshqalar bilan osongina aloqaga kirisha oladi, tez ta’sirlanuvchan, tashqi ta’sirga beriluvchan, sezgir, ochiq ko`ngil odam. Odamlarga «tashqi ko`rinishi» ga qarab baho beradi, ichki olami ularni qiziqtirmaydi. Ekstravertlar ko`proq xolerik va sangvinik temp5erament tipida bo`lishi kuzatilgan.

Introvertlar («o`ngi ichidalar») tashqi olamga o`z kechinmalari bilan yo`naltirilgan odam, kamdan-kam aloqaga kirishadi, kamgap, kamsuqum, yangi tanishlar topishi qiyin, tavakkal qilishni yoqtirmaydi, avvalgi aloqalari uzilishidan iztirob chekadi, yutuq va yutqazish variantlari yo`q odam tipi. Hayajonlanish va vahimachilik darajasi yuqori, odatlangan harakat dasturini o`zgartirishi qiyin. Introvertlar ko`proq flegmatik, melanxolik temperament tipida bo`lganlarda uchraydi.

Oraliq tip yoki ambovertlar ta’sirlanish, qo`zg`olish darajasi beqaror,o`zgaruvchan, «Kimligini bilib bo`lmaydigan» tip. Bu tipga mansub odam vaziyatga qarab og`ib ketishi mumkin.

Xarakter shakllanishining psixofiziologik mexanizmi temperament, qobiliyatnikiga o`xshash bo`lsada, o`z-o`zini anglash, o`z-o`zini tarbiyalashga intilish asosiy yo`l hisoblanadi.

Shunday qilib, xarakter - shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimiga, hamkorlikdagi faoliyatiga va boshqa odamlar bilan muomalasiga jalb etiladigan hamda shu bilan o`z individualligiga ega bo`layotgan, tiriklik paytida erishgan narsasidir. Psixologiya tarixidan xarakterni bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-qomatiga va hokazolarga bog`liq deb qarash ko`p bo`lgan.




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish