Asosiy adabiyotlar:
1. G‘oziev E.G. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent, 2010
2. Ivanov F.I, Zufarova M.E Umumiy psixologiya.T.,2018
3. David G. Myers Psychology, USA , 2010
4. Nemov.R.S.Psixologiya. Kniga1, 2,3. Vlados.: 2000
5. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010
6. A.SHamshetova, R.N.Melibaeva, X.Usmanova, I.Haydarov. Umumiy psixologiya. T. 2018
10-mavzu: Motiv va motivatsiya
Reja:
Motivatsiya.
Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan berilgan ta’riflar.
Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolar
Motiv muammosi va uning echimiga doir muloxazalar. O‘zbekiston psixologlari tadqiqotlarida motiv va motivatsiya muammosi.
SHaxsning shakllanishida motivatsiyaning roli.
Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari.
O‘quv faoliyati motivlari. Motiv klassifikatsiyasi
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli-tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o‘ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatdan farkdanuvchi g‘oyalar va yo‘nalishlar mujassamlashdi. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Rus va sobiq sho‘ro psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Mya-sishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leont-ev, P.M.YAkobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borgailar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi hisobot-da berilganligi uchun ularga qaytadan to‘xtalishga hojat yo‘qdir.
YUqoridagilardan tashqari Evropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 (o‘ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtalpsixologiya, psixoana-liz, strukturaviy psixologiya, assotsianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.
Bixeviorizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o‘zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bixeviorizm uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o‘til-gandir. SHunga qaramasdan, ba’zi bixevioristlar, jumladan, E.Tor-ndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muay-yan darajada e’tibor qilganlar. Ular o‘zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni o‘rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularningturlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo‘lish xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizm-ning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo‘zg‘atuvchilar, doayvalar paydo bo‘li-shiga asoslangan bo‘lib, ular insonning organik ehtiyojlarini qoniq-tirish bilan stimul natijasining uyg‘unlashuvi tariqasida tahlil etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar organik qo‘zg‘atuvchilarning go‘yoki qobig‘iga o‘xshaydi, xolos. Vilyam Mak dugall (1871 — 1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug‘ma instinktlar masa-lalari bilan mazkur voqelikni bog‘lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug‘ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvon-larga bir tekis taallukdi bo‘lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin. Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o‘ziga xoslikka ega:
Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug‘ullanib va xulqprinsiplarini vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq motivatsiyasi qonuniyatlariga asoslanib, insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan xulosa chiqarishga harakat qiladi.
Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga biologik jabhada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy mohiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi.
Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo‘lgan xulqiing umumiy prinsiplarini topishga intiladi.
Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayo-nini ifodalovchi o‘ziga xosligini yo chetlab o‘tadilar yoki o‘ta sodda tarzda izoxdashga moyildirlar.
Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga asosan tadqiqot natijalarini insonning murak-kab va boshqa bir sifat bosqichidagi motivatsiyasiga ko‘chirish ishonchli dalillarga ega emas.
Inson motivatsiyasini o‘rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug‘ma ehtiyojlar kabilar odamning motivatsiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki ocha oladi, xolos.
Psixoanalitik konsepsiyalar negizida motivatsiya ortganlik ravishda inson mayllariga xosdir, degan g‘oya yotadi. Ularning manbai sifatida maylni aks ettiruvchi qaysidir organdagi yoki uning qis-midagi somatik jarayon tushuntiriladi.
Z.Freydning konsepsiyasida mayllar va instinktlar tushunchala-ri o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘qdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq motivalari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotir, motivatsiyaning manbai instinkt, u tur va individ-ningsakdanish shartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni muallif individning energetik potensiya sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbai sifatida «u» tushunchasiga qanday ma’no yuklamoqchi? Uningcha, «u» tushunchasining mazmuni tug‘ma va o‘zgar-masdir. Xuddi shu bois mantiq qonunlari va aql darajalari, ko‘rsat-kichlari unga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Z.Freyd affektiv, impulviv shakldagi mutlakdashgan qo‘zg‘ovchilarni nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Ushbu qo‘zg‘atuvchilar (turtkilar)ning impulsivlik, tax-miniylikning affektiv mohiyati, notanqidiylik, ongli va iroda-viy nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini mutlaklashtirish bo‘lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi qo‘zg‘atuvchilar yotadi. Z.Freyd ta’kidlab o‘tgan dinamik xususiyatlar va xossalari mohiyatida motivatsiyaning chuqur asosiy manbasini ko‘radi. Uning konsepsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning transfor-matsiyasi ustuvor o‘rin egallaydi.
Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida nofreydistlar hisoblanmish A.Adler, K.YUng kabilarning nazariyalarini tahlil qilishga o‘tamiz. A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo‘llari hukumatga va qudratga erkdir. Xorni, Fromm va boshqalarning asarlarida o‘z ifodasini topgan ma’lumotlar mohiya-ti Freyd tomonidan kiritilgan psixika tushunchasi va uning hara-katlantiruvchi nazariyasini almashtirishga intilish yaqqol ko‘zga tash-lanadi. Xornining nuqtai nazaricha, inson qanchalardir tug‘ma kuch-larga ega bo‘lib, uning negizi bolalarcha yordamga muhtojlikka qurilgandir, bu holatlar birlamchi bezovtalanish tuyg‘usida va tug‘ma qo‘rqinch hissida o‘z ifodasini topadi. Xorning ta’kidlashicha, inson xulqining motivatsiyasi boshqa motivlar yordami bilan aniqla-nishi mumkin, jumladan, birlamchi bezovtalanish (bolalarcha erdam-ga muhtojlik keltiruvchi) atrof-muhitga nisbatan dushmanlik his-sini tug‘diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash va o‘z-o‘zini baholashga nisbatan ichki intilishni vujudga keltiradi. Fromm ham o‘z qarashlarida libido masalasi-ga katta e’tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarda ijtimoiy va psixologik omillarning o‘zaro ta’sir o‘tkazish jarayonidir. Insonni individualizatsiyalash unda tan-holik hissini vujudga keltirishga olib keladi, shuningdek, o‘z qadr-kiymatini anglash sari etaklaydi. Tanholik hissiyotidan forig‘ bo‘lishga intilish tuyg‘usi inson motivizatsiyasini va uning xulq shakllarini aniqpaydi. Neofreydistlarning ilmiy asarlarida inson xulqiga ta’sir qiluvchi intim omillariga va uning motivatsiya-siga muayyan darajada ahamiyat berilgan bo‘lsa-da, lekin oqibat natijada xulqning harakatlantiruvchisi sifatida anglashilmagan tug‘ma kuchlar asosiy o‘rinda turadi.
Geshtaltpsixologiya maktabi namoyandalari uchun motivatsiya o‘ziga xos talqinga ega bo‘lib, uning mohiyatini eksperimental tarzda o‘rganishga, ochib berishga intilish ko‘rsatkichi bilan boshqalardan ajra-lib turadi. K.Levin (1890—1947) motivlarni eksperimental o‘rga-nish metodikasini ishlab chiqib, ularni mutlaqo mustaqil holat sifatida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada muayyan muvaf-faqiyatlarga erishgan. Geshtaltpsixologiya maktabining namoyanda-lariga obraz tushunchasi qanchalik o‘ta ahamiyatli bo‘lsa, K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim xususiyat kasb etadi. Obraz va motiv o‘zaro aloqasiz hukm surishi ta’-kidlanadi, motivatsiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli, ma’noviy mazmuni esa inkor qilinadi. K.Levin xulqni mana bun-day izoxlashga intiladi, muayyan muvaqqatli mikrointervalda shaxs-ning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma’no ang-latuvchi ikkita motivatsion o‘zgaruvchi hukm surishi tan olinadi, ularning bittasi tug‘ma, hayvonlar turtkisiga o‘xshash va turmush davomida egallangan, faqat insongagina xos bo‘lgan. Geshtaltpsixologlar-ning asarlarida shunday holatlar ham mavjudkim, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim (asosiy) xususiyatlarini tah-lil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Ollport konsepsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqini o‘zgarish sabablarini ochishdir. SHuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlarning omillarini tekshirish ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab olish qiyin emas. Bu borada individning javoblari o‘ziga xosligi bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazish o‘rtasida qandaydir aloqa mavjudligini o‘rnatish ham ik-kinchi darajali narsa sifatida talqin qilinmaydi.
Sobiqsovet psixologiyasida inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan motivlar chuqur va etarli darajada tadqiq qilinmagan. Ularning psixologik mexanizmlari, uzluksizligini ta’minlovchi omillar, zarur shart-sharoitlar mohiyati, vujudga ke-lish imkoniyatlari to‘g‘risida juda yuzaki ma’lumotlargina muayyan darajada tartibga keltirilgan, tub ma’nodagi motivlar tabiati iz-chil ravishda, pedagogik va yosh psixologiyasi fanlari qonuniyatlari-ga asoslangan holda tadqiq qilinmagan. Bu esa respublikamizda ularning keng ko‘lamda o‘rganishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Motivlar-ning falsafiy-metodologik ahamiyati shundan iboratki, ular sabab oqibat, ichki murakkab bog‘lanishlar tuzilishini yuksak darajada rivojlangan tizim sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv esa o‘z navbatida materiya rivojlanishining oliy mahsuli ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keladi. CHunonchi, maqsadga yo‘naltirilgan va maqsadga muvofiqpashtirilgan har xil mazmundagi savollar, axbo-rotlar, ma’lumotlar, xabarlar kishilar faoliyatining ongli xusu-siyati ta’kidlab o‘tilgan mulohazalar mohiyati tarkibiga kiradi. Motivlartuzilishini amaliy (tatbiqiy) yo‘nalishga qaratish inson shaxsiga motivatsion, irodaviy, axloqiy, hissiy, kognitiv, regulya-tiv ta’sir o‘tkazishning omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur shart-sharoitlar yaratadi. Insonning mehnat faoliyati tizimining murakkablashuvi ishlab chiqarishda axloqiy, ma’naviy, nafosat, ruhiy tarbiya jabhalari hamda radio, televidenie va targ‘ibot-tashviqot ta’sirini samarali olib bori-shi, kasbiy tayyorgarlikning ekstremal va stress holatlarning sha-roitlari barqarorlashuvi, takomillashuvi, yaxshilanuvi, maqsadga muvofiqlashuvi kabi omillarning barchasi shaxs motiv doirasining o‘zgarishiga bog‘liq. SHaxsning motiv doirasi uning ehtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funksional imkoniyatlarida o‘z aksini topadi.
Motivning tadqiqot tarixidan kelib unga yondashsak, bu holda u insonlar (goho hayvonlar xatti-harakati) hayoti va faoliyatini ruhiy jihatdan boshqaruvchisi sifatida talqinidan iborat o‘ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut emizuvchi hayvonlarga taal-luqli ekanligi ilmiy manbalarda ta’kidlab o‘tiladi. Insonlarga aloqador motivlartushunchasi qo‘zg‘atuvchilar va qo‘zg‘ovchilarningbarcha turlari (ko‘rinishlari, modalliklari, shakllari)ni o‘z ichiga oladi (chunonchi, motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilish-lar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar).
Motiv keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi belgilanishiga qaramay, ko‘pgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma’noda talqin qilib, uni ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki ular shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator psixologlar motivni energetik, ma’noviy va ma’naviy to-monlarini o‘zaro solishtiradilar, ular motivni sof ma’nodagi ener-getik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, uning ma’noviy va ma’naviy jabhalarini hisobga olmay turib, o‘ziga xos ravishdatushuntirishga intiladilar. Jumladan, Z.Freyd (856-1939) motivning qonun-qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi. Bir guruh chet el psixologlarining fikri-ga qaraganda, motiv — bu tajriba va reaksiyalarning energetik jab-hasidan iboratdir (ushbu ta’rifga nisbatan munosabat o‘ta bahsli bo‘lganligi sababli mualliflarga tanqidiy fikr bildirishni ki-tobning boshqa bo‘limida bildiramiz).
Sobiq sovet psixologlari motivlarni tushuntirishda va uning tarkibiy qismlarini belgilashda dinamik va ma’noviy (ma’naviy) tomonlarining uyg‘unligidan kelib chiqqan holda talqin qiladilar. Ularning ayrim namoyandalari qarashlarini tahlil qilish bilan cheklanamiz, xolos.
S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‘g‘risida quyi-dagi mulohazalarni bildiradi: motivatsiya — bu psixika orqali hosil bo‘ladigan determinatsiyadir; motiv — bu shaxs xulq-atvorining kog-nitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi sub’ektiv tarzda aks etish demakdir. Bizningcha, shaxs o‘zining motivlari yordamida borliqbilan uzviy aloqada bo‘ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘luvchi mo-tivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) etakchi o‘rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo‘nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (his-tuyg‘usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida to‘plangan nazariy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning fikricha, xarakter shaxs motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta’limot mavjud. Jumladan, xarakterning u yoki bu sifatlari sof dinamik xususiyatli tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatinigina emas, balki uning ma’naviy va ma’noviy jabha-larini ham yuzaga keltiradi.
Motiv hissiyot bilan ham bog‘liqbo‘lib, ular xulq-atvor mohiyatidan tashqarida bo‘lmaydi, balki hissiy kechinmalar, motivlashgan omillartizimi bilan uzviy aloqaga egadir. Hissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Hissiyotning bu sohadagi boshqa bir funksiyasi nisbatan umumiyroq bo‘lib, odamningtashqi olamga, shaxslararo munosabatga, his-tuyg‘ularga negizlik muammosi hisob-lanib, uning uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog‘lov-chilik xususiyatiga ega bo‘lgan muloqoti zaif emotsional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg‘un jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
YUqoridagi mulohazalardan tashqari, motivlar funksional-energetik tomonlarini dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi.
Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog‘liqbo‘lib, ularning muhitini belgilaydi va dinamik, ma’naviy ta’sir etish munosabatini o‘zida aks ettiradi. Motiv bilan qobiliyatning munosabatlari psixik faollikning bevosita bajarish negizi hisoblangan faoliyat orqali namoyon bo‘ladi. Motivlashgan tizimning tarkiblarini amaliyotda ro‘yobga chiqaruvchi nafaqat faoliyatnigina aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki faoliyatning keyingi istiqbol rivoji yoki uning boshqa sohalar bilan qorishib ketish ehtimoli darajasini ham belgilaydi. Lekin muayyan insonning funksional imkoniyati, faoliyati va xuddi shu faoliyatning ob’ektiv tomonlarining yaqqol ro‘yobga chiqishi motiv barqarorlashuvi, rivojlanish (takomillashuv)ga yo‘nalganligi ham faoliyatning ob’ektiv shart-sharoitiga moslasha boradi. Umuman shakllanish jarayoni, shaxsning rivojlanishi motivning faoliyatiga, faoliyatning esa motivga o‘zaro ta’siri bilan tavsiflanadi, bizningcha, mazkur ta’sirning ko‘rsatkichi, mezoni vazifasini bajaradi. Motivlarning rivojlanishi tufayli tarbiyaviy talablarni anglashda, ehtiyojlarni ichdan qayta qo‘rishda xulq-atvor qoidalari, mezonlari yordami bilan faoliyati doirasining kengayishida, shaxsning borliq bilan munosabati kabilarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan yangi ma’lumotlarning paydo bo‘lishi, faoliyat muhiti doirasidagi o‘zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. Motiv mexanizmi shaxs sifatlarini qayta qurish, ularni rivojlantirish jarayonining faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, shu bilan birga inson kamol topish jarayoniga, faoliyat muhiti va sharoiti asta-sekin yoki tez o‘zgarishi motivlarning takomillashuvi, barqarorlashuvi kabi omillarga ta’sir etadi. Insonni mehnat faoliyatida qayta tarbiyalash va muayyan fazilatlarni shakllantirish yuqoridagi mulohazalar mohiyatidan iboratdir. Bu o‘rinda faoliyat faol vaziyat hisoblanib, mavjud ehtiyojlar, qiziqishlar doirasidagi psixologik holatlardan uzoklashib boradi, so‘ngra yangi qiziqish, ehtiyoj va intilishlarni shakllantiradi, motivlar mohiyati va shakllarni o‘zgartiradi.
Ushbu mulohazani alohida ta’kidlab o‘tish joizki, motivatsiyaning faoliyat darajasidan tashqari chiqishi ehtimoli yoki faoliyatning motivatsiya doirasidan tashqari chiqishi imkoniyati to‘g‘risidagi talqinlar nisbiy xususiyatga ega. Binobarin, motivatsiya faoli yatdan tashqarida va faoliyat esa motivatsiyadan alohidalikka ega de-gan xulosaga kelmaslik maqsadga muvofiq. Bu holatni yaqqolroq namoyish qilish niyatida quyidagi hayotiy haqiqatga murojaat qila-miz. Har bir talaba oliy maktabga o‘qishga kirayotganida unda diplom olish motivi paydo bo‘ladi, o‘qishga joylashganda esa o‘quv predmet-larini o‘zlashtirish jarayoni o‘qishga nisbatan intilish, ehtiyoj, qiziqish, safarbarlik kabi psixik omillar yuzaga keladi.
A.N.Leontevning fikricha, faoliyatning tuzilishi: maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar va operatsiyalardan iboratdir. Odatda, faoliyat o‘zining predmeti va motiviga ega bo‘lib, agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o‘rtasida mutanosiblik (moslik) vujudga kelsa, demak shundagina u tub ma’nodagi faoliyatga aylanadi. Masalan, bir talaba imtihondan (reytingdan) o‘tish uchungina birlamchi man-balarni o‘qiydi, lekin boshqasi esa o‘zini tekshirish va haqiqiy bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi. Birinchi holatda talaba yoki o‘quvchida motiv imtihonga qaratilgan bo‘lib, o‘quv predmeti mazmuni bundan mustasnodir, xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti-harakatlar tizimidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga im-kon beradi. Ikkinchi holatda esa motiv o‘quv predmetini o‘zlashtirishga qaratilganligi sababli uning intilishi faoliyatiga o‘sib o‘tadi (E.G‘. kursiv bizniki: bu mezon vazifasini o‘taydi), degan fikrga kelishga kafolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |