Boshqaruv madaniyati – umumiy ijtimoiy madaniyatning tashkil etuvchi komponenti sifatida ma'lum bir ijtimoiy madaniyat matndagi boshqaruv tushunchalari, munosabatlarning o'zaro ta'sir etishi natijasida shakllanadi va unda qator: an'anaviylik, dolzarblik darajasi, motivlashtirish tizimi; rahbarlik uslublari, tashkiliy muhitning sifati, rahbarning kasbiy madaniyati kabi komponentlardan iborat.
Boshqaruv nazorati– bu boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan biri bo'lib, u boshqaruvning barcha funktsiyalari bilan bog'liq bo'ladi. Umumiy holda nazorat rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o'zaro solishtirish jarayoni bo'lib, u faoliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Vijdon – shaxsning ma'naviy o'z-o'zini nazorat etishga va o'z-o'zini baholashga bo'lgan ehtiyoji, kishilar oldida o'z xulq-atvori uchun mas'ulligi.
Dunyoqarash – qarashlar, e'tiqod va ramzlar tizimi shaxsning ongi va xulqatvorini aks ettiruvchi obraz.
Do'stlaringiz bilan baham: |