Mavzu: Marketingning psixologik konseptsiyalari
Reja:
Marketing psixologiyasi va iste’molchi xulqi.
Marketing psixologiyasida reklamaning mohiyati.
Tayanch so’z va iboralar: psixologiya, psixika, marketing psixologiyasi, iste’molchi xulqi, tovarlar sifati, miqdor, assortiment, narx, mehnatga haq to’lash darajasi, madaniy muhitning sifati, reklama, fenemon, shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar, mag’lubiyatdan qochish, muvaffaqiyatga erishish.
Marketing psixologiyasi va iste’molchi xulqi
“Marketing psixologiyasi” tushunchasiga urg‘u berishdan oldin “marketing” va “psixologiya” tushunchalariga ta’tif berib o‘tsak. Demak,
Psixologiya - o‘zi nima? degan savolga bir nechta psixologik ta’riflarni ko‘rish mumkin. Avvaliga psixik jarayonlarni o‘rgangan V.Vuntning fikricha, psixologiyaning asosiy vazifasi introspeksiya bo‘lib, u shaxsiy psixolog ya’ni emotsional holat va hissiy jarayonlarni o‘zi tahlil qilishidir.
1920-yillardan 1960 yilga qadar amerikalik psixolog J. B. Uotson introspeksiyani rad etib, psixologiyani xatti-harakati kuzatuvchi fan deb atadi.
Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi.1
Psixologiya tarixida psixikaning paydo bo’lishi haqida yana bir qancha turli-tuman fikrlar bor. Uzoq asrlar davomida psixika va uning paydo bo’lishi, taraqqiyoti masalalariga har xil nuqtai nazardan yondashib kelindi.
Psixologiyani to’g’risidagi fan sifatida shakllanishida quyidagi 4 asosiy bosqichni ajratish mumkin:
Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixika deb ta’rif berishadi.
Psixika sezgi, idrok, tafakkur, hissiyot, iroda, xotira va boshqa shu kabi tushunchalar bilan guruhlarga ajratilib, hammasi birgalikda kishining psixikasi, uning ichki dunyosi, ruhiy hayoti deb ham ataladigan tushunchalarni hosil qiladi.
Bundan tashqari biz amaliyotda psixik hodisalar, psixik holatlar, psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar degan iboralarga ham juda ko’p duch kelamiz.
Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan ongsiz) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi.
Psixika lotincha “psyuxe” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, ruh, jon degan ma’noni bildiradi.
Bizga ma’lumki, marketing “bozor bilan bog’liq faoliyat” ma’nosini anglatadi. Lekin bu tushunchaning ma’nosi juda kengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |