Mavzu: Marketingning psixologik konseptsiyalari Reja


Aholi turmush darajasi sifatini oshirish



Download 0,69 Mb.
bet4/6
Sana14.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#668156
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Marketingning psixologik konseptsiyalari

Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Ko’pchilik mutaxassislar marketing tizimining asosiy maqsadi aholi “turmush darajasining sifati” ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • tovarlarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi;

  • mehnatga haq to’lash darajasi;

  • madaniy muhitning sifati va boshqalar.

Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing eng avvalo tovarlar to’planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan, yaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir.
Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash uchun tovar assortimentini tez o’zgartirish, uni ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari marketingli faoliyatyuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darjada jihozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur.

Marketing psixologiyasida reklamaning mohiyati
Reklama faoliyatining kelib chiqish tarixi qadimga borib taqaladi. Eng qadim davrlarda kurash tushuvchi polvonlarni davrada va boshqa joylarda ularning janglari haqida jar solib gapirganlar. Reklama ingliz tilidan olingan bo‘lib, “qichqirmoq” ma’nosini anglatadi. Reklama faoliyati insoniyat tarixida oldi-berdi jarayonlarining boshlanishi bilan tarkib topgan desak noto‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Reklamaning yana boshqa bir ko‘rinishi bu tamg‘a bo‘lgan, sotuvchilar ularni o‘z tovarlariga bosganlar. Masalan, o‘sha davrlarda sotuvchi va savdogarlar tovar sifatini tekshira turib, tamg‘a qo‘yganlar.
Reklama AQSHda eng katta ravnaqqa erishdi. Benejamin Franklin Amerika reklamasining otasi hisoblanadi. U 1728-yilda Amerika ro‘znomalari orasida eng katta nusxa va eng ko‘p hajmdagi reklama e’lonlariga erishdi. Hozirgi vaqtgacha reklama faoliyatining rivojlanishiga bir necha omillar ta’sir qildi, bularga:

  • birinchidan, sanoat ishlab chiqarish jarayonida qo‘l mehnatidan foydalanish tugatildi, buning natijasida tovarlar bozorda ko‘payishiga olib keldi;

  • ikkinchidan, suv yo‘llari, shosse va oddiy yo‘llar chorrahalarning yaratilishi natijasida tovarlar va reklama vositalarining boshqa joylarga yetkazish imkoniyati yaratildi;

  • uchinchidan, mamlakat miqyosida kiritilgan majburiy boshlang‘ich ta’lim savodxonlik darajasini oshirdi, ro‘znomalar va jurnallar chiqarishning o‘sishiga yordam berdi. Radioning keyingi paytda, televideniyening kashf etilishi reklama faoliyatida kuchli turtki bo‘lib xizmat qildi.

Reklama – reklama beruvchi tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarning har xil matnlarini, u foydalangan tahlil yoki boshqa vositalardan qat’i nazar, shu jumladan, bosma, nashr qilish yo‘li bilan, efirga uzatish yo‘li bilan iste’molchilarni ommaviy o‘rganish, foydalanish yoki yetkazish maqsadida uchinchi shaxslarga nisbatan reklama beruvchi to‘g‘risida uning tovarlari, ularning xususiyat, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa holatlar to‘g‘risida, shu maqsadlarning reklama beruvchi uning ovarlarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga yoki ushlab turishga xizmat qiluvchi, bozorda ularni raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan harakatga aytiladi.
Shubhasiz, inson hayoti davomida xarid qiladigan tovar va xizmatlar turlari vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi. Ovqat, kiyim-kechak, jihozlar tanlashdagi didi hayoti davomida shakllanadi. Hayot bosqichi ham xarid xulqiga ta’sir etishi mumkin. Hayot bosqichidagi o’zgarishlar-demografiya,hayot o’zgatiruvchi voqea-hodisalar bo’mish: oila qurish, ajrashish, bola ko’rish, uy sotib olish, farzandlarining maktabni bitirishi, shaxsiy daromadidagi o’zgarishlar, bir uydan boshqa uyga ko’chishi va nafaqaga chiqishi kabilar natijasidir. Marketologlar ko’pincha o’zlariga kerak bo’lgan hayot bosqichini tanlashadi va shu bosqichga to’g’ri keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashadi.
Misol uchun “Axioms Personix” kompaniyasi Amerika fuqarolari hayot bosqichlariga qarab ularni 70 ta iste’molchi segmentiga va 21 ta hayot bosqichiga bo’lgan holda guruhlarga ajratadi. “Axioms Personix”kompaniyasi hayot bosqichiga qarab guruhlarni, boshlang’ich, qabul qiluvchilar, pul va karyera, oila, o’tish davri, oltin davr kabi nomlar bilan nomlab chiqqan. Qabul qiluvchilar guruhi o’z ichiga yosh, serg’ayrat, ijtimoiy hayotda faol sport bilan shug’ullanuvchi insonlarni olsa, o’tish davri kam daromadlilikdan barqarorlik, daromadli hayotga o’tayotgan, oila qurishni ko’zlayotgan insonlarni o’z ichiga kiritadi.3
Marketing faoliyati davomida asosiy iste’molchilar talablarini batafsil va to‘la o‘rganishni, ushbu talabni qondirish, sotishning jarayonini o‘stirish va tadbirkorlik faoliyatida umumiy samaradorligini oshirish maqsadida talabni shakllantirish va rag‘batlantirishni hal qilishni ko‘zda tutadi. Ushbu maqsadga, birinchi navbatda, kommunikatsion siyosat deb nomlangan tizim javob beradi, reklama uning tarkibiga bozorga ta’sir qiluvchi kompleks choralar sifatida kiradi.
Har bir insonning shaxsiyati uning his tuyg’ulariga, xaridor xulqiga bevosita ta’sir o’tkazadi. Shaxsiyat bu insonni farqlantiruvchi ruxiy xususiyatdir. Shaxsiyat ko’pincha o’ziga ishonch, kirishimlilik, ko’nikuv-chanlik kabi insonlarning o’ziga xos husuiyatlarini o’z ichiga oladi. Shaxsiyatni o’rganish insonlarning turli xil mahsulot va brendlarga bo’lgan qarashi, iste’molchi xuqlini o’rganishda foydali bo’lishi mumkin.
Asosiy fikr shuki, brendlar ham o’zida shaxsiyatni aks ettiradi va shuning uchun iste’molchilar o’z shaxsiyatiga to’g’ri keluvchi brendlarni tanlashga urinadi. Brend individualligi bu shaxs va brend o’ziga xos husuiyatlari jamlanmasidir. Bir tadqiqotchi, brend individualligining besh turi mavjudligini aniqlagan bo’lib, ular Samimiylik (haqiqatgo’y, xush-chaqchaq), ruxlanish(jasur, matonatli), qobiliyat (ishonchlilik, donolik va muvaffaqiyatlilik), nafslilik (o’ziga jalb etuvchi), bardoshlilik kabilarni o’z ichiga oladi.Sizning shaxsiyatingiz nimani iste’mol qilishingiz, qanday ko’rsatuvlarni ko’rishingiz va qanday qarorlarni qabul qilishingizga ta’sir o’tkazadi.
Ko’p mashhur brendlar ayni bir xususiyat, masalan Ford kompaniyasi “mustahkamlik”, Washington Post kompaniyasi “qobiliyat”, Metod kompaniyasi “samimiylik”, Gucci kompaniyasi “nafislik” bilan bog’lanadi. Jumladan, ushbu brendlar shu xususiyat-larga ega bo’lgan haridorlarni ko’proq o’ziga jalb etadi.4
Reklamaning muhim elementlaridan - sotishni rag‘batlantirish vositasi, servis siyosati, to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaxsiy sotishlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, tovar belgisi, o‘rash-joylash, ishlab chiqa ruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida shaxsiy munosabatlarning shakllanishi, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish