Umumiy o‘rta ta’lim



Download 6,65 Mb.
bet50/51
Sana14.04.2022
Hajmi6,65 Mb.
#551075
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Tabiatshunoslik3(@Kitob ulashaman bot)

Savollar

  1. Bundan 100 – 150 yil avvalgi Yer yuzidagi tabiatni qanday tasavvur qilasiz?

  2. Insonning tabiatga salbiy ta’siri nimalardan iborat?

  3. Tabiat va insonning o‘zaro bog‘liqligi deganda nimani tushunasiz?



118
Topshiriq
«Insonning tabiatga ta’siri» mavzusi bo‘yicha rasm ishlang.


TABIATNI MUHOFAZA QILISH


Odamlar tabiatdan o‘z ehtiyoji uchun foydalanibgina qolmay, uni tiklashga, tabiatni muhofaza qilishga alohida e’tibor berishlari zarur.
Tabiatni muhofaza qilish uchun, birinchi navbatda, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish kerak. Oqilona foydalanish deganda, tabiat boyliklarini tejab-tergab sarflash, uning oqibatlarini o‘ylash,
119-rasm. Muhofazaga muhtoj tabiat boyliklari.


119
ishlatilgan boyliklarni tiklashga harakat qilish tu- shuniladi (119-rasm).
Masalan, shahar va qishloqlarni barpo etish, madaniy o‘simliklarni yetishtirish uchun o‘rmonlar egallagan maydonlarni qisqartirmaslik kerak. Qurilish xomashyosi sifatida ishlatish uchun o‘rmon daraxtlarini tejab kesish zarurdir. Kesilgan har bir daraxt o‘rniga boshqasini ekish lozim bo‘ladi. Shunda mavjud o‘rmonlar ming yillar davomida saqlanib qoladi.
Yer osti boyliklarini ham tejash zarur. Ulardan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq. Aks holda ular tez tugab qoladi.
Tabiatdan oqilona foydalanishga dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida harakat qilinmoqda. Bizning mamlakatimizda bu masalaga alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, O‘zbekistonda o‘rmonlar, asosan, tog‘ yonbag‘irlarida mavjud. O‘rmon daraxtlarini kesish va ulardan qurilish xomashyosi sifatida foydalanish taqiqlangan. Chunki mamlakatimizda o‘rmonlar kam bo‘lib, ular kesib yuborilsa, bu o‘lkamiz tabiatiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ham o‘lkamizga yog‘och mahsulotlari xorijiy mamlakatlardan sotib olib
keltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-mod- dasida shunday deyilgan: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foyda- lanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».


120
Inson faoliyati davomida qadimda o‘sgan o‘simlik- larning, yashagan hayvonlarning ko‘plab turlari yo‘qolib ketgan. O‘simlik va hayvonlarning ba’zi noyob turlari bugun ham kamayib, hatto, yo‘qolib bormoqda.
Olimlar yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simlik va hayvonlarni o‘rganib, ularni «Qizil kitob»larga kirit- ganlar. Qizil rang xavotirlik, ogohlik belgisidir.
«Qizil kitob» yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari haqida ogohlantiruvchi kitobdir.
Xalqaro «Qizil kitob»ga butun dunyo bo‘yicha yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonlar kiritilgan. Undan tashqari, turli mamlakatlarning o‘z «Qizil kitob»lari bor.
Bizning mamlakatimizning bunday kitobi — «O‘zbe- kiston Respublikasi Qizil kitobi» deb ataladi.
«O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi»ga mamla- katimiz hududidagi kamyob va kamayib borayotgan o‘simlik va hayvon turlari kiritilgan. «O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi»ning 1-jildi o‘lkamizdagi noyob o‘simliklarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 302 ta o‘simlik turi o‘rin olgan. 120-rasmda ushbu kitobga kiritilgan kamyob o‘simlik turlaridan namunalar tasvirlangan.
«O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi»ning 2-jildiga
200 dan ortiq hayvon turlari kiritilgan. 121-rasmda ushbu kitobga kiritilgan yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan hayvon turlarining bir nechtasi keltirilgan.



Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish