373
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
kitoblar, axborot kanallari orqali ko‘plab zamonaviy ilmiy-texnikaviy yangiliklardan
boxabar bo‘lmoqdalar. Bularning hammasi so‘zsiz o‘quvchi yoshlarni har tomonlama
rivojlanishlariga, dunyoqarashlari ko‘lamining kengayishiga olib kelmoqda. O‘quvchi
o‘z uyida televideniya orqali yoki kompyuterda tarixiy mavzudagi asarni tomosha qilib,
uning mazmuni bilan chuqur tanishishga muvaffaq bo‘lgani holda, o‘qituvchi dars
jarayonida faqatgina darslik materiali bilangina chegaralanayotgan bo‘lsa, u holda
o‘quvchida mazkur dars uchun hech qanday qiziqish paydo bo‘lmaydi.
O‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng tariximizni obyektiv o‘rganish uchun
yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Bu esa tarixiy manbalarni izlab topish, ularni chuqur
tahlil etish, manbalardagi to‘g‘ri va ishonarli ma’lumotlarni ilmiy muomalaga kiritishni
taqozo etmoqda. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-
maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorini, Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 27-
iyulda qabul qilgan “O‘zR FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi
qarorini eslash o‘rinlidir. Mazkur qarorda barcha arxeologik va yozma manbalarni
to‘plash hamda ularni ilmiy-qiyosiy tarzda tahlil etish va bir tizimga solish zarurligi qayd
etilgan.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida so‘g‘d, arab, fors va boshqa tillarda bitilgan
qator tarixiy manbalar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, kerakli sharh va izohlar bilan nashr
qilindi. Natijada tarixchilar va keng jamoatchilik tariximizga doir nodir manbalardan
bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Lekin, hali bu borada qilinadigan ishlar
juda kop. Manbashunoslik bundan keyin ham tarix fanining ravnaqi uchun xizmat qilishi
zarur.
Yuqorida bildirilganlardan quyidagi tavsiyaviy xulosalar kelib chiqadi:
✓ tarix fani o‘qituvchisi ta’lim jarayonida tarixiy manbalar, hujjatlarning o‘rni va
ahamiyatini tushunib, anglab olishi shart;
✓ tarixiy manbalar va hujjatlardan, qo‘shimcha adabiyotlardan tarix ta’limida
bevosita darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda hamda tadbirlarda foydalanish
yo‘llari va usullarini bilishi, ulardan foydalanish ko‘nikmasi va malakasiga ega bo‘lishi
lozim;
✓ umumiy o‘rta ta’limning tarix fani bo‘yicha DTS talablaridan kelib chiqib,
o‘quvchilarni tarixiy manba va hujjatlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish, ularda
tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalarini shakllantirish lozim;
✓ maktab o‘quvchilari uchun chop etilayotgan tarix darsliklarida manbalar, hujjatlar
va qo‘shimcha tarixiy
adabiyotlardan ilovalar berib, darslikni qisman
xrestomatiyalashtirish kerak;
✓ O‘qituvchi har bir dars yakunida uyga vazifa berayotganida o‘quvchilar mustaqil
o‘rganishi uchun tarixiy manbalar, mavzuga oid qo‘shimcha adabiyotlar tavsiya etishi
kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |