372
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
bo‘la olmasada, o‘quvchilarga o‘tmishni aniq tushuntirishda muhim vosita bo‘lib xizmat
qiladi.
O‘qituvchi tarix darslarida foydalanish uchun badiiy adabiyotlardan:
a) ta’lim dasturida ko‘zda tutilgan tarixiy voqealarni tasvirlashga;
b) tarixiy arboblar rolini ko‘rsatishga;
c) tarixiy voqealar bo‘lib o‘tgan joylarni va u yerlarning aniq sharoitini tasvirlashga
bag‘ishlangan asarlarni tanlaydi.
Zamonaviy tarix darsiga bo‘lgan talab nima bilan belgilanadi?
Birinchidan, fikrimizcha, tarix ta’limining pirovard maqsadi - yuksak malakali va
yuksak ma’naviyatli insondir. Demak, tarix ta’limini insonparvarlashtirish, shaxsga
yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Ikkinchidan, tarix ta’limi davomida o‘quvchi yoshlarni tarixiy bilim va ko‘nikmalar
bilan qurollantirib, ularni o‘tmishda va bugungi kunimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy
hodisalarni to‘g‘ri baholash va xulosalar chiqarishga o‘rgatish kerak. “Har bir insonning,
ayniqsa endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni
singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘liq
ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g‘ayrat-shijoatiga, to‘la-to‘kis
fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanligini anglab yetishlari kerak”.
Ya’ni, o‘quvchilarda tarix ta’limi asosida tarixiy tafakkurni, tarixiy xotira tuyg‘usini
shakllantirish orqali ularni o‘z oilasi, davlat va jamiyat oldida mas’uliyatini his qiladigan,
o‘z bilimi va intellektual salohiyatiga tayanadigan faol fuqarolar etib tarbiyalash zarur.
Uchinchidan, ota-bobolarimiz bizga meros etib qoldirgan Vatan - O‘zbekiston har
bir o‘zbek fuqarosi uchun sajdagoh kabi azizdir. Bunday muqaddas g‘oyani yoshlar
ongiga aniq tarixiy voqe’liklar asosida singdirib borish har bir tarix darsi va uni
o‘qitadigan o‘qituvchining muqaddas va sharafli burchidir. Zamonaviy tarix ta’limi
o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ulkan bunyodkorlik ishlarining faol
ishtirokchisi etib tarbiyalashi zarur.
To‘rtinchidan, tarix o‘qituvchisi o‘zining pedagogik faoliyatida ilmiy bilimlarni tez
suratlarda o‘sib borayotganligini albatta hisobga olmog‘i, ta’limda ilm-fanning so‘ngi
yutuqlarini, o‘qitishning ilg‘or texnologiyalari va metodlarini qo‘llamog‘i kerak. Ilmiy
texnika inqilobi davrida o‘quvchi yoshlar ham o‘z bilimlarini mustaqil holda uzluksiz
takomillashtirib borishlari, axborotlar oqimidan to‘g‘ri xulosa chiqarishga erishmoqlari
lozim.
Psixolog olimlarimiz ilmiy-texnika inqilobi avj olib borayotgan hozirgi davrda
o‘quvchi yoshlarning akseleratsiyasi, ya’ni bolalar rivojlanishining tez sur’atlar bilan
o‘sib borishi, bu jarayon ularning ham aqliy, ham jismoniy jihatdan rivojlanishlarida
yaqqol namoyon bo‘layotganligini alohida ta’kidlamoqdalar. Darhaqiqat, hozirgi davrda
o‘quvchi va talabalar yoshligidanoq radio, televidenie, internet, gazeta, jurnal va turli
Do'stlaringiz bilan baham: |