120
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
5. Yakubjanova D.B. Maxsus ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida
interaktiv metodlardan foydalanish. Metodik qo‘llanma. Toshkent, 2014.
TA’LIMNI MODERNIZATSIYALASH - AN’ANAVIYLIKDAN ZAMONAVIY
O‘QITISH SHAKLLARIGA O‘TISH
Ilyosova Dilbarxon Muxamadaliyevna,
Namangan viloyati Chust tumani 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani
o‘qituvchisi
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning jadal rivojlanishi, ta’lim sohasidagi tub
islohotlarning izchil amalga oshirilishi, turmush tarzimizning ijobiy tomonga
o‘zgarishiga, mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan yuksalishi ko‘p
jihatdan tayyorlanayotgan kadrlarimizning intellektual salohiyatiga bog‘liqdir. Shuni
inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim mazmuni, metod va vositalarini modernizatsiyalash
muhim ahamiyat kasb etadi. Yangicha yondashuv, yangicha fikrlash asosida o‘qitish
jarayonida o‘quvchilar faoliyatining samarali shakl va uslublari, ularning mustaqil
ishlarini tashkil qilish kerak. Bunda mustaqil topshiriqlar o‘quvchilarni o‘ylashga, har
tomonlama fikr yuritishga, berilgan topshiriqlarni o‘z hayotiy tajribalariga asoslanib hal
etishga o‘rgatadi.
Mustaqillik yillarida uzluksiz ta’limning mazmuni milliy g‘oya negizlarida
yangilandi. Unda ta’limning yangi qadriyatlari va modernizatsiyalashayotgan jamiyatda
komil insonga xos yangi ma’naviy sifatlar o‘z ifodasini topdi.
Davlatimizning Birinchi rahbari Islom Karimov milliy g‘oyani yoshlar ongiga
singdirishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish, amaliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish
vazifalarini belgilab berdi.
Ta’lim mazmunini isloh qilish uni modernizatsiyalash bilan izohlanadi. O‘quv
dasturlari, davlat ta’lim standartlari, o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularni
shaxs sifatida kamol toptirish va mustaqil hayotga yo‘llash nuqtai nazaridan qayta ko‘rib
chiqilishi lozim. Demak, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim mazmunini yangilash,
o‘qituvchining kasbiy bilim va tayyorgarligini oshirish, o‘quvchilarning shaxsiy
tajribalarini boytish, ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash sohasida keng ko‘lamli izlanishlar
amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi zamonaviy maktab ta’limining umumiy
yo‘nalishini belgilash, dunyo miqyosida uning rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadigan
omillаrga keng yo‘l ochish imkonini beradi.
Ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, unga mos pedagogik texnologiyalarni
tatbiq etish o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o‘quvchilarga
differensial bilim berish, ta’lim mazmunini integrallashtirish, o‘quv qurollari tizimini
joriy etish, o‘qitishning yangi shakl, metod va texnologiyalarini qo‘llash, o‘quvchilarning
Do'stlaringiz bilan baham: |