592
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
O‘QUVCHILARNING TABIIY FANLAR BO‘YICHA SAVODXONLIK
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH
Tog‘ayeva Gulchehra Olimjonovna,
Toshkent shahar Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish hududiy markazi “Аniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi
o‘qituvchisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 2-
yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasida maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy
tajribalar asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish,
ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi
qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Хаlq ta’limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-
apreldagi PF-5712-son Farmoniga muvofiq Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanishi, unda O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga
kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda
o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati
qatoriga kirishga erishish belgilangan.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun mamlakatimiz taʼlim tizimini zamon
talablari asosida rivojlantirish zarur. Bunda maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy
tajribalar asosida takomillashtirish, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalari (kreativ va
tanqiqidiy fikrlash, kommunikativlik, hamkorlikda ishlash va b.) ni shakllantirish katta
ahamiyatga ega.
O‘qituvchilar o‘quvchilarni PISА tadqiqotiga munosib tayyorlashda, avvalo, ushbu
tadqiqotning mazmun-mohiyatini to‘liq anglashlari kerak.
PISА tadqiqoti 15 yoshli o‘quvchilarning maktabda egallagan bilimlarini hayotiy
muammoli vaziyatlarni hal qilishda qo‘llay olishlari, yaʼni kompetentsiyalarini
baholaydi. PISA tadqiqoti 3 yillik davriylikda 3 ta asosiy yo‘nalishda o‘tkaziladi: o‘qish
savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik. PISA
tadqiqotining navbatdagi davriyligi (2022-yil) da o‘quvchilarning kreativ fikrlashi
alohida yo‘nalish sifatida baholanadi. Tadqiqotning tabiiy fanlar yo‘nalishi
o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholashga qaratilgan.
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid
g‘oyalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal qila
olishi tushuniladi. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxsda quyidagi
kompetensiyalar shakllangan bo‘ladi: hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish; ilmiy
tadqiqotlarni loyihalash va baholash; maʼlumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |