Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Bahri muhit
 – okean.


62
layotganla  rida,  ma’suma  bekaga  gap  qotib,  ko‘zlariga  juda 
katta  bir  binoning  shakl-u  tarovati  ko‘rinayotganini,  bu-
xoroga  omon-eson  yetib  borganlaridan  so‘ng  uning  tarhi-
ni
1
  yaxshilab  qog‘ozga  chizajagini  aytdi.  bu  shunday  bir 
madrasa  bo‘ladiki,  ro‘yi  zaminda  uning  tengi  topilmaydi. 
ba’zida  u  peshmati  yonidan  toshqalam-u  daftarini  olib, 
aravaning  chayqalib,  qalqib  ketayotganiga  qaramay,  nima-
larnidir chi zib-yozib qo‘yar edi. ma’suma beka hamma vaqt 
uning  fikr-u  o‘ylarini  quvvatlashga,  diqqat  bilan  tinglashga 
o‘rganib  qolgan,  arava  ustida  ham  u  hirotdagidek  mehri-
bonlik ko‘rgizib, cholining fikr-u niyatini ma’qullardi. Asli
-
da  hozir  uning  yuragiga  loyiha  sig‘armidi,  yuragi  hirotda 
qolib keta yotgan o‘g‘li nizomiddinda edi... tinib-tinchimas 
bu  chol  umr  bo‘yi  o‘z  loyihalarini,  chizmalarini  ma’suma 
bekaga gapiri b keldi, aslida u uning loyiha-yu chizmalariga 
aslo tushunmasdi. ammo qadrdonining tushunib bo‘lmas har 
bir chizig‘-u xatlari ham qadrdon va allaqanday mo‘jizaday 
bo‘lib  tuyulardi  unga.  U  me’morning  gaplarini  e’tiroz 
bildirmay, sabr-toqat bilan eshitar, bosh qimirlatib tasdiqlar-
di.  «bir  oyog‘ing  go‘rda,  bir  oyog‘ing  yerda,  qaysar  chol, 
endi senga imorat solishni kim qo‘yibdi! o‘zingning imora-
ting solinyapti!» – deydigan biron odam yo‘q. 
Xuftonga  yaqin  uch  arava  Jayhun  bo‘yiga  –  karki  shah-
riga  yetib  keldi.  bu  yer  –  Xuroson  bilan  movarounnahr 
chegarasi.  me’mor  karvonsaroyga  tushiboq,  qizi  bilan  birga 
oqshom qorong‘isida jimirlab oqayotgan daryo bo‘yiga bo rib, 
yuz-qo‘llarini yuvib, bir-ikki qultum suv ichishdi. bu suv umr 
bo‘yi ichib katta bo‘lgani Zarafshon suvidek totli edi. U daryo 
bo‘yida  xufton  namozini  o‘qidi.  o‘g‘lining  ruhiga  tilovat 
qilib,  ko‘zidan  yosh  to‘kib  baxshida  qildi...  ibodatdan  keyin 
u  qizi  bilan  birga  karvonsaroyga  kelib,  yo‘ldoshlariga  cheh-
rasi ochilib salom berdi. bir chekkada g‘arib bo‘lib o‘tirgan 
G‘avvosga  ham  yaxshi  gapirdi,  o‘zingizni  yomon  sezma-
yapsizmi,  deb  so‘radi.  bu  tomoni  movarounnahr,  qumliklar 
tugab, dalalar, bog‘-u rog‘lar, ekinzorlar boshlanishini, daryo-
1
 
Tarh
 – reja, chizma.


63
dan  o‘tib  tollimarjonga  yetguncha  yana  ozroq  qum  borligi, 
undan u yog‘i yaxshi bo‘lib ketishini aytdi.
–  ko‘nglim  behuzur  bo‘lib...  yo‘ldoshlarimni  bezovta 
qilibman,  ustod,  meni  kechiring,  –  dedi  boshini  quyi  solib 
G‘avvos muhammad.
– Zarari yo‘q, – dedi me’mor. – buni yo‘l mashaqqati dey-
miz. buxoroga yetib olsak, dam olamiz, barcha mashaqqatlar 
unutilib ketadi.
daryodan ot-u aravalarni o‘tkazadigan sol va ulkan qayiq-
lar Xalach shahrida bo‘lganligi tufayli erta tongda uch arava 
yana daryo yoqalab yura ketdi.
bir tomon qum, bir tomon suv...
Cholning pinakka ketganini sezib o‘tirgan ma’suma beka 
to‘satdan unga murojaat etdi:
–  hoy,  otasi,  anavi  qumlarning  oqishini  qarang!  suvga 
o‘xshab oqyapti.
–  ha, ko‘ryapman.
–  anavi yumronga qarang! – dedi badia jimlikni buzib.
–  ko‘ryapman.
–  nima  uchundir  ilonlar  ko‘rinmayapti,  –  dedi  atrofga 
alanglab  badia,  –  yoki  Xalach  tomonda  ilonlar  kammikan? 
echkemar ham ko‘rinmaydi?
– huv ana! qum tepasiga qarang, – dedi otda o‘tirgan ho-
runbek. – qumning oqishi, yumronlarning bezovta bo‘lishi – 
bir nimaning belgisi...
– nimaning belgisi? – darhol so‘radi badia.
−  Bo‘ron  bo‘lishi  ehtimol,  qizim.  Lekin  hammasi  xudo-
dan...  –  dedi  aravakash.  –  ozgina  shamolga  qum  oqsa, 
orqasidan  bo‘ron  keladi,  derdilar.  bu  yerlarda  girdibod-u
1
 
bo‘ron  ko‘p  bo‘ladi.  tezroq  Xalachga  yetib  olsak  yax-
shi  bo‘lardi.  ot  jonivorlar  ham  rosa  tortyapti.  mo‘ljalimda 
Xalachga kechga yaqin kirib borsak, ehtimol.
–  darvoqe,  shamol  bo‘lyapti!  –  dedi  me’mor  soyabon 
aravaning  yonlarini  ochib.  U  terlab-pishib  borayotgan  otga, 
orqadagi  aravaga,  undan  keyingi  yuk  ortilgan  uchinchi  ara-
1
 

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish