Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Girdibod
 – pastdan yuqoriga tikkalay esadigan quyun, o‘rama.


64
vaga,  uning  orqasidan  kelayotgan  ikki  yo‘rg‘a  otga  ham 
ko‘z  tashlab  qo‘ydi.  mashaqqatli,  issiq  yo‘l  bedov  otlarni 
ham  boshqa  otlardek,  «mo‘min»  qilib  qo‘ygan  edi.  qurib-
qaqshagan  tabiat  hamma  narsani  jizg‘anak  qilib,  qovjirata-
man,  suvsizlikdan  qaqrataman,  mening  qaynoq  shamollarim 
qashqirdan  yomon,  timdalab-titaman,  degandek  bo‘lardi. 
me’mor horunbekka qaradi. – huv anavi tomonga qarang, u 
girdibod emasmi?
– Girdibod! – dedi horunbek.
ikki malla ustun falakka bo‘y cho‘zib buralardi.
– qiblanomaga
1
 qarang, u qaysi tomon?
– mag‘ribi-shimol,  –  dedi  horunbek  belbog‘idagi  jez 
qiblanomani kafti ustiga qo‘yib. – bu yo‘llarda ko‘p yurgan-
man.  aksar,  mana  shu  karki,  Xalach,  saqar  yo‘lida  bo‘ron 
bo‘lardi. shu yerlarda bir gap bor. yumronlarning daryo to-
monga yugurishida ham bir gap bor. ishqilib, o‘zi asrasin.
olisda  falakka  ustun  bo‘lib  turgan  ikki  girdibod  orqasi-
da  yana  «ustunlar»  paydo  bo‘ldi.  arava  g‘ildiraklari  ostida 
shuvullab oqayotgan qumlar qolib, me’mor olis-olislarda gir 
aylanib,  qum-u  yantoqlarni  osmonga  olib  chiqayotgan  girdi-
bodlardan  nigohini  uzmas  edi.  besh-olti  «minora»  falakka 
bo‘y  cho‘zib,  osmonga  to‘zon  purkardi.  Ular  gala  minora-
larga  o‘xshab  ketardi.  oldingisi  minorai  kalonga  o‘xshasa, 
orqadagilari  hirotdagi  gala  mino raga,  ba’zan  mirzo  madra-
sasining ikki «guldasta»siga ham o‘xshab ketardi. 
Uning ko‘z oldiga nizomiddin keldi – ajdar komiga yang-
lishib  ketgan  bolam  butun  bir  saltanatga  qarshi  tayoq  bilan 
jang  qilmoqchi  bo‘lgan  edi.  sen  qaltis  tashlagan  qadam-
ning  qurboni  bo‘lib  qora  yerda  yotibsan!  shu  lozimmidi? 
bir  to‘da  yigit  mag‘ribdan  mashriqqacha  yetgan,  lak-lak 
lashkari  bo‘lgan  saltanatni  qulata  olarmidingiz!  saltanat  bi-
lan  o‘ynashishning  oqibati  mana  shunaqa!  bu  ishni  biz  qil-
sak mayli edi: yoshimizni yashab, oshimizni oshaganmiz. biz 
hamma  qabihliklarni  ko‘rdik,  podshohlarga  yaqin  yurmoq 
ajdarga  yaqin  yurmoqdan  xavfli  ekanini  bilardik.  ...Siz,  hali 
1
 
Qiblanoma
 – kompas.


65
hech narsani ko‘rmagan g‘o‘r go‘daklar, chalg‘ib ajdar komi-
ga lahm etdek kirib ketdingiz! polopon vaqtingizdayoq yorug‘ 
dunyodan ketdingiz! ana shunga kuyaman! 
ba’zan  shunday  uzundan  uzun  o‘ylar  me’morni  qur-
shab  olsa,  u  bir  muddat  nasha  elitgan  odamday  bir  nuqtaga 
tikil ganicha  xayol  surib  qolardi.  bunday  chog‘larda  yonida 
o‘tirgan  xotini-yu  qizini  ham  ko‘rmasdi,  u  tamoman  uzoq-
uzoqlar da yurardi. otasining bunday tushkun paytlarida badia 
unga halal bermas, otajon, hadeb bunday uh tortaverish kishi-
ni ichdan yemiradi, deya olmasdi. 
...Uch arava yonidagi otlar bilan Jayhunning chap yonida 
qumliklar ichida borardi. karkidan chiqqandan so‘ng oqshom-
ga  qolmay  yetib  borishlari  mumkin  bo‘lgan  Xalach  negadir 
juda olis bo‘lib ketdi. olisdagi sarg‘ish chang va girdibodlar 
karvonga yaqinlashib kela boshladi... 
ko‘p  o‘tmay,  arava  g‘ildiraklari  tagidagi  qumni  uchi-
rayotgan  shamol  endi  g‘uvullab  bo‘ronga  aylanib,  aravalar-
ni  sariq  chang  o‘ray  boshladi.  otlar  ham  pishqirib,  betoqat 
bo‘lar,  tuyoqlari  qumga  botib  ketardi.  arava  soyabonlariga 
shitirlab  urilayotgan  qum  ichkaridan  yomg‘irni  eslatardi; 
qani endi qum bo‘roni emas, shovullab yomg‘ir yog‘sa, deb 
o‘ylardi badia. 
horunbek  otning  jilovini  tortib  aravani  to‘xtatdi,  sal 
ishoraga mahtal bo‘lib turgan ot jonivorlar ham darhol joyi-
da to‘xtadi. oldingi ot qattiq pishqirdi. boshqa aravalar ham 
odatdagidek  oldingi  aravaga  yaqin  kelib  to‘xtashdi.  yigit-
lar  aravalardan  tappa-tappa  sakrab  tushishdi.  Ular  g‘uvullab 
uchayotgan bo‘ron ichida bir-birlarini arang ko‘rishardi. av-
valiga, cholga bir nima bo‘ldi, deb xayol qilgan Zulfiqor bi
-
lan Zavrak yugurib kelib ustodga qarashdi, yo‘q, ustod ham, 
badia  ham,  ma’suma  beka  ham  yaxshi  o‘tirishardi.  sho-
girdlarining  bezovta  bo‘lganini  sezgan  me’mor...  yo‘lning 
eng  mashaqqatli  joyi  shu,  daryodan  o‘tgandan  keyin,  undan 
u yog‘i – movarounnahr, «dunyodagi eng go‘zal mamlakat» 
ekanini aytib, ularga taskin  berdi.  shogirdlar  cholning  dalda 
berayotganini  sezib,  ichdan  kulib  qo‘yishar,  chalg‘itayotgan 
3 – adabiyot, 7-sinf.


66
bo‘lsa  ham  ustozning  o‘zi  bardam  ekanidan  mamnun  edilar. 
G‘avvos muhammad ham ulardan bir qadamcha narida usto-
diga javdirab qarab turardi.
– nima qilaylik? shu yerda to‘xtaymizmi yoki yuravera-
mizmi? – me’mor yo‘ldoshlariga murojaat etdi.
–  yurib  bo‘lmaydi!  –  dedi  bir  damlik  sukutni  buzib 
horunb ek.
– daryoga yaqinroq boramizmi? – so‘radi badia qum kir-
gan ko‘zlarini uqalab.
– Bu juda xavfli, – dedi Horunbek.
− Bo‘lmasa joyimizda turaveraylik, – dedi Me’mor.
– otlarni chiqarib, arava g‘ildiraklariga mahkam bog‘lash 
kerak.  bo‘ronning  tezda  o‘tib  ketishiga  ko‘zim  yetmaydi,  – 
dedi  horunbek,  –  uch-to‘rt  kunlab  bo‘lganini  ham  bilaman! 
ishqilib, tez o‘tib ketsin.
–  horunbek,  girdibodlar  uzoqda  edi,  mana  bu  tomonga 
yaqinlashyapti,  –  dedi  me’mor.  –  bu  yerdan  ham  tez  o‘tib 
ketadi. qo‘rqmaslik kerak. lekin otlarning xashaklarini arava 
tagiga olib kirish lozim! bo‘ron uchirib ketishi turgan gap.
– oxirgi aravadagi namatlarni olib, g‘ildiraklarga yoping-
lar, – dedi horunbek, – hammamiz aravalarning tagiga kirishi-
miz kerak!
G‘uvullab  uchayotgan  bo‘ron  ichida  yigitlar  naridan  beri 
xashag-u bedalarni arava tagiga olib kirib, g‘ildiraklarga na-
mat  yopishdi.  badia  bilan  ma’suma  beka  arava  tagiga  kirib 
yashirinishdi. bir muddatdan keyin me’mor ham arava tagiga 
kirdi.
bo‘ron  g‘uvullab  esar,  namat-u  chodirlarni  pirpirak  qilib 
uchirib  ketmoqchi  bo‘lar,  aravalarni  silkitar,  g‘ildiraklarga 
bog‘loqliq otlar oyoqlarini kerib, qimir etmay turishardi. 
Xalach bo‘roni!..
Xurosondan  samarqand-u  buxoroga  qatnaydiganlarga  bu 
yerning  fe’li  juda  ma’lum,  ammo  eng  yaqin  yo‘l  shu  bo‘l-
ganligi  tufayli  yo  karki,  yo  Xalachga  bormaslik  va  Jayhun-
dan  o‘tmaslikning  iloji  yo‘q.  aravalar  tagiga  kirib,  qum 
bo‘ronidan  jon  saqlagan  me’mor  va  horunbeklar  xayolida 


67
uch-to‘rtga  bo‘linib,  limillab  oqayotgan  daryoning  narigi  to-
monidagi  Xo‘jaabbos  shaharchasi  va  undan  tollimarjonga 
chiqib  olish  tashvishi  turardi.  lekin  kutilmaganda  boshlanib 
qolgan Xalach bo‘roni ularni daryo bo‘yiga ham yetkazmay, 
qum ostida taqqa to‘xtatdi. me’mor g‘ildirakka yopil gan na-
mat  orasidan  uzoq-uzoqlarga  boqardi;  hamma  yoq  sariq 
chang,  ammo  g‘arb  tomonda  falakka  ustun  bo‘lib  turgan 
girdibodlar  ancha  yaqin  kelib  qolgan  edi.  Uning  ko‘zlariga 
bu  «ustun»lar  orasidan  moviy  gumbazlar  ko‘rinib  ketgan-
day  bo‘ldi.  Falakka  bo‘y  cho‘zgan  allaqanday  buyuk  qasr 
ro‘parada namoyon bo‘lib, me’morning xayolini olib qochdi. 
U xayol ichida aravalarni, namatlarni tortqilab, g‘uvullayotgan 
Xalach bo‘ronini sezmas, uning ko‘z oldida girvat-u
1
 bo‘ron 
kashf  etgan  mislsiz  bir  qasr  turardi.  bu  qasr  o‘zining  ulkan 
ravoq-u «guldasta»lari, gumbaz-u darvozalari bilan oqsaroy-
dan ham, bog‘i Jahonoro qasridan ham buyuk edi. 
badia chidab turolmay, otasini turtdi:
–  suv beraymi, ota? Chol o‘ziga keldi.
–  yo‘q,  suv  ichmayman!  –  dedi  me’mor,  –  buni  qara, 
qizim,  meni  xayol  olibdi;  mana  shu  tomonda  bir  katta  qasr 
solingan emish...
me’mor so‘zini davom ettirdi:
–  qum tepaliklarini ham tamoman unutibman. mana shu 
tomonda juda katta qasr turibdi. Xudoyi taolo mening dilimga 
yana bir katta qasr bino etishni solyapti. men bu qasrni aniq 
ko‘rdim. ha, bu tush emas, shundoq kuppa-kunduzi, uyg‘oq 
turganimda  ko‘rdim.  bo‘lmasa,  kelib-kelib  shu  sahroda  qasr 
ko‘ramanmi! yo tavba!
badia  ham,  ma’suma  beka  ham,  horunbek  ham  yarim 
qorong‘i arava tagida me’morga jim qarashdi.
–  badia qizim, shogirdlarimdan birini chaqirib berolmay-
sanmi? daftarini, toshqalam bilan jozvarini
2
 ham ola kelsin.
–  men chaqiraman, – dedi darhol o‘rnidan qo‘zgalib ho-
runbek.
1
 

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish