Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Girvat
 – quyun, o‘rama.
2
  
Jozvar, jazval
 – chizg‘ich, lineyka.


68
–  sizga nima bo‘ldi, otasi, – dedi ma’suma beka, – shun-
doq paytda daftar-qalam nimasi!
–  Xudo dilimga soldi, o‘sha buyuk qasrni o‘z ko‘zim bi-
lan ko‘rdim, onasi, bir amallab chizib olamiz. yodingda bo‘lsa 
kerak, «mirzo» madrasasi ham shundoq bo‘lgan edi. yoddan 
ko‘tarilmasligi uchun ba’zi yerlarini qayd qilib qo‘yamiz.
bo‘ron  tinimsiz  guvullab  turganida  yonginadagi  arava 
tagidan chiqib, otlarning tagidan o‘tib, Zulfiqor bilan Zavrak 
emaklab kirib kelishdi. Ularning orqasidan G‘avvos muham-
mad ham kirmoqchi edi, ichkariga sig‘madi. horunbek bilan 
G‘avvos  aravaning  sirtida  cho‘kka  tushib  o‘tirib,  boshlarini 
ichkariga  tiqishgan  edi.  bu  holat  badiada  kulgi  qo‘zg‘adi: 
u  onasi  pinjiga  suqilib  Zulfiqordan  nigoh  uzmay,  tikilar
-
di.  Zulfiqor  ustodga  yaqin  o‘tirib,  qo‘ynidan  keng  va  qalin
-
gina daftarini olib, tizzasiga qo‘ydi. toshqalamni me’morga 
uzatdi.  Zavrak  me’morning  daftar  sahifalariga  tortayotgan 
chiziqlaridan, handasaviy o‘lchovlaridan ko‘z uzmasdi.
–  sizlarni bezovta qildim-a?
–  bemalol, ustod.
–  Xudo  dilimga  shu’la  soldi,  buni  qaranglar,  bir  yax-
shi  bino  ko‘zimga  ko‘rindi.  anavi  girvatlar  minoralarga 
o‘xshaydi, uchib borayotgan sariq qum devor-u ravoqlarning 
o‘zginasi.  keksalik,  yana  yodimdan  ko‘tarilib  ketmasin,  deb 
daftarga chiziqlar tortib, belgilab qo‘yishni lozim topdim. 
yarim qorong‘i arava tagida me’mor qo‘lidagi toshqalam 
bilan daftar sahifalariga chiziqlar tortar, yozar va yana yangi 
sahifalarni ochib, chiziqlar chizardi. shogirdlarning ko‘zi daf-
tarda. Horunbekning nigohi Me’morda, Badia bo‘lsa Zulfiqor
-
ga tikilardi. ma’suma beka aravaning ich-u tashida o‘tirgan-
larga  javdirab,  hammaning  xatti-harakatini  kuzatib  o‘tirardi. 
Mushfiq ona uchun bunda hamma qadrdon edi. U hammadan 
ko‘ra  ham  G‘avvos  muhammadning  ko‘nglini  o‘ksitmaslik 
maqsadida unga mehribonlik ko‘rsatmoqchi bo‘lardi.
me’mor  daftarga  handasaviy  chiziqlar  chizib,  shogird-
lariga  nimalarnidir  tushuntirardi.  Uchburchaklar  va  uni 
kesib  o‘tuvchi  to‘g‘ri  chiziqlar  burchagiga  raqamlar  qo‘yib 


69
ko‘rsatardi.  me’morning  hayajonlanib  aytayotgan,  «mislsiz 
qasr»  tasviri  va  handasaviy  hisoblari  shogirdlar  nazdida  af-
sonaga  o‘xshardi.  Ustodning  ko‘p  gaplariga  ishongilari  kel-
masa-da,  unga  itoat  va  e’tiqod  yuzasidan  hamma  gaplarini 
ma’qullashardi.
tashqarida  kuchli  shamol  namat-u  chodirlarni  tortqilar, 
G‘avvos  bilan  horunbek  bo‘lsa  damo-dam  uzoqdagi  «falak 
ustunlari»ga qarab qo‘yishardi.
hay, usta, – dedi ma’suma beka, – shu paytda bu chiziqla-
ringiz  kimning  qulog‘iga  kiradi-a?!  halizamon  ustimizdan 
qum  bosib  ketadimi...  shogirdlaringizni  o‘z  holiga  qo‘ying, 
otlarga qarashsin. laa havla va laa quvvata!
–  sen duoyingni o‘qib, dam solib o‘tiraver! – dedi iljayib 
me’mor,  shogirdlariga  ko‘z  qisib.  –  qo‘limiz  bo‘sh,  baribir 
bekor o‘tiribmiz. bu bizning kasbimiz.
–  axir qo‘rqib ketyapmiz!
–  kim? sen o‘zingmi yoki badia hammi?
–  men o‘zim, – dedi ma’suma beka bo‘ron tortqilayotgan 
chodirni mahkam ushlab.
–  qo‘rqma!  hammamiz  shu  yerdamiz.  bo‘ron  tezda 
o‘tib  ketadi,  biz  Jayhunning  narigi  tomoniga  o‘tganimizdan 
keyin  bunaqangi  yomon  ofatlar  bo‘lmaydi.  U  tomon  − 
movarounnahr, badia, sen qo‘rqmayapsanmi?
–  yo‘q, otajon.
–  ana, eshitdingmi, onasi.
–  eshitdim, – dedi ma’suma beka, – ammo sizlar shatranj 
o‘ynayotgan  odamlardek  o‘zlaringiz  bilan  o‘zlaringiz  gap-
lashib  o‘tiraverasiz,  biz  bu  gaplaringizga  tushunmaymiz. 
mundoq tushunadigan gaplardan ham gaplashinglar. 
oradan  ko‘p  o‘tmay,  allaqanday  qudratli  bir  kuch  arava-
larga  kelib  urildi.  otlar  kishnadi.  hamma  yoqni  qorong‘ilik 
bosib,  yuzlarga  qum  urildi.  aravalar  ham  borib  kela  bosh-
ladi. birinchi arava tagida o‘tirganlar beixtiyor g‘ildiraklarga 
yopishishdi.  qandaydir  dahshatli  bir  qo‘l  qorong‘ilik  ichida 
hamma  narsani  tortib,  osmonga  otardi.  bu  bir  daqiqa  ichida 
paydo bo‘lgan yovuz kuch zilzilaga ham o‘xshardi, yer ostin-
ustun bo‘lib ketayotganday, hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi.


70
bu  girdibod!  –  dedi  og‘zi-burniga  qum  kirgan  me’mor, 
bir  daqiqadan  keyin  jonholatda.  –  bir-birlaringizni  mahkam 
ushlanglar!
Me’mor beixtiyor qizi bilan xotinini ushladi. Zulfiqor bir 
qo‘li bilan borib-kelib turgan arava g‘ildiragini, bir qo‘li bi-
lan badiani mahkam ushladi. Zavrak ustodining oyog‘iga yo-
pishdi. horunbek bilan G‘avvos arava g‘ildiraklariga mahkam 
yopishgancha ko‘zlarini yumib turaverishdi.
qorong‘ilik  bir  necha  daqiqa  davom  etdi.  yuzlarga  uri-
layotgan  beto‘xtov  qum  bo‘roni  ko‘z  ochirgani  qo‘ymasdi. 
G‘ujanak  bo‘lib  bir-birlariga  yopishib  olgan  yo‘lovchilar 
«girdibod»  degan  gapni  eshitishdi-yu,  ammo  nima  bo‘layot-
ganini bosh ko‘tarib ko‘ra olishmadi. otlarning kishnashi ham 
to‘xtadi. ko‘p o‘tmay qorong‘ilik ketib, kun yorishayotganga 
o‘xshadi.  G‘uvullab  esayotgan  bo‘ronga  qaramay,  me’mor 
sekin boshini ko‘tardi, girdibod o‘tib ketgan edi.
hamma sekin bosh ko‘tarib u yoq-bu yoqqa qaradi. dar-
haqiqat,  chang-to‘zon  ancha  narilab,  karki  tomonga  ke tardi. 
osmon-u  falakka  bo‘y  cho‘zgan  girdibod  ichida  namat-u, 
chodir-u  xashaklar  uchib  yurardi.  Girdibod  qayerlarnidir 
yalab,  qayerlargadir  qum  tepaliklari  uyub  ketibdi.  ikkinchi 
arava  to‘nkarilib,  uchinchi  aravani  ancha  nariga  olib  bo-
rib,  g‘ildiraklarining  yarmigacha  qumga  ko‘mib  qo‘yibdi. 
Uning  ustida  na  xashak  va  na  yuklar  bor.  birinchi  arava 
g‘ildiraklariga bog‘langan uch ot bor-u, qolgan otlardan darak 
yo‘q. yuz qadamcha narida qumga botib yotgan uchinchi ara-
vaning o‘ng tomonida saman yo‘rg‘a qumga botib, chiqa ol-
may  unnalardi.  aravaga  qo‘shib  bo‘lmaydigan  ikki  begona 
otdan  tamoman  darak  yo‘q.  qum  bo‘ronining  ancha  pasay-
gani, girdibodning bu yerdan o‘tib ketganini ko‘rgan me’mor 
arava  tagidan  chiqib,  atrofga  qaradi.  aravalar  qup-quruq. 
Gila m-u sholchalar, qotgan non-u tolqon solingan xaltachalar, 
kiyim-kechaklargacha olib ketibdi. olis qum tepaliklari ustida 
xashak qoldiqlari sochilib yotardi. qiyshayib yotgan uchinchi 
aravada faqat dekcha-yu, belkurag-u ketmonlar qolibdi...
me’mor arava tagidan chiqib, qumda cho‘qqayib o‘tirgan 
ma’suma bekaga yalt etib qaradi:


71
– katcha
1
 bormi?
– bor, – dedi xotini, – biri menda.
– menda ham bor, – dedi badia
– Xayriyat, – dedi me’mor... bu ham xudoning xohishi.
Zulfiqor  Shoshiy  bilan  Zavrak  Nishopuriy  shu  lahza 
yugurgancha  otni  qumdan  qutqarib  olish  uchun  narida  qiy-
shayib yotgan uchinchi arava yoniga kelishdi. G‘avvos orqa-
ma-orqa  belkurak  olib  chopib,  ot  tepasiga  bordi.  horunbek 
ham  yugurganicha  bir  tepalikka  chiqib,  atrofga  alangladi. 
yo‘qolgan otlarni qidirdi.  hech qayerda jonli narsadan nishon 
yo‘q. to‘rt otning salomat   qolganiga ham shukur qilishdi.
–  Jonimiz  omon  qoldi,  –  dedi  me’mor,  –  bo‘lmasa,  bu 
girdibod  yomon  narsa.  U  qaroqchilarning  badtarini.  Jonimiz 
omon qolganiga shukur qilaylik!
–  Girdibodni  ko‘rar  edim-u,  ammo  mundoq  ichiga  tush-
magan edim, – dedi tepalikdan tushib, ustod yoniga yaqinlash-
gan  horunbek.  –  bizni  dabdala  qilib  ketdi-ya!  endi  qolgan 
otlar  bilan  tezda  Xalachga  yetib  olmasak,  otlar  xo‘raksiz
2

suvsiz halok bo‘ladi.
– shunday qilaylik, birodar, – dedi me’mor, – bu ko‘rgulik 
ham  bor  ekan.  lekin  bu  ziyonni  qoplaydigan  aqchalarimiz 
bor, biz hammasini to‘laymiz.
– bu xudodan kelgan narsa, ustod, men bu ofat yetkazgan 
ziyon uchun haq olmayman.
– hozir mol-jon o‘rtada, inim, buxoroga yetib olaylik, u 
yog‘i bir gap bo‘lar.
Uch yigit saman yo‘rg‘ani qutqarib olib kelishdi.
shundan so‘ng atrofga sochilib, biron narsa ko‘rinarmikan, 
deb  qum  tepaliklarni,  pastliklarni  izlashdi.  hech  vaqo  yo‘q. 
Girdibod  qiladigan  ishni  qilib,  oladiganini  olib,  yana  qum-
liklarga kirib ketgan edi.
–  yigitlar,  uzoq-uzoqlarga  qaranglar,  otlar  ko‘rinmay-
dimi? – dedi horunbek. – Jonivorlar qayoqda qolgan ekan? 
– hech narsa ko‘rinmaydi, – dedi Zavrak.
1
 

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish