Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Mirmuhsin
(1921–2005)


56
yilda  «Vatandoshlar»,  1959-yilda  «irmoqlar»,  1960-yilda 
«qalb va falsafa», 1964-yilda «she’rlar» nomli she’riy kitob-
lari bosilib chiqqan. shoir bir qator dostonlar ham yaratgan. 
Chunonchi,  «Usta  G‘iyos»  (1946),  «do‘nan»,  «yashil  qish-
loq»  (1948),  «shiroq»  (1969),  «nevara»,  «avesto»  (1970) 
singari  dostonlarida  qahramonlarning  ruhiyati  turli  hayotiy 
to‘qnashuv va kurashlar asosida ko‘rsatib berilgan.
mirmuhsin  –  o‘zbek  adabiyotida  1954-yilda  yaratilgan 
«Ziyod  va  Adiba»  ilk  she’riy  romanining  muallifi.  Adib  bu 
asarida  o‘zbek  yoshlari  dunyoqarashi  va  ruhiyatida  yuz  ber-
gan o‘zgarishlarni qiziqarli tasvirlashga uringan.
mirmuhsinning  ilk  qissasi  «Jamila»  1956-yilda  e’lon 
qilingan.  Uning  1957-yilda  yozilgan  «oq  marmar»,  1962-
yilda  bitilgan  «Cho‘ri»,  1964-yilda  dunyoga  kelgan  «tun-
gi  chaqmoqlar»  qissalari  xalqimiz  o‘tmishini  aks  ettirishga 
bag‘ishlangan.  Ularda  zulm-u  zo‘ravonlikka  qarshi  kurash-
gan  shaxslarning  o‘ziga  xos  obrazlari  yaratilgan.  dunyo 
miqyosida  fikrlashga  uringan  adib  Mirmuhsin  chet  elliklar 
hayotini aks ettirishga qaratilgan bir qator asarlar ham yaratdi. 
yozuv chining 1960-yilda bosilgan «Chodrali ayol» hikoyalar 
to‘plami  va  1979-yilda  chop  etilgan  «Chodrali  ayol»  qissasi 
chet ellardagi kishilar hayotini ko‘rsatishga bag‘ishlangan.
she’riyat  hamda  kichik  nasriy  janrlar  bo‘lmish  hikoya 
va  qissachilikda  muayyan  tajriba  orttirgan  mirmuhsin  keng 
qamrovli roman janrida ham qalam tebratdi. 1969-yilda «Chi-
niqish»  va  «Umid»,  1972-yilda  «degrez  o‘g‘li»,  1974-yilda 
«me’mor», 1977-yilda «Chotqol yo‘lbarsi», 1982-yilda «ildiz-
lar  va  yaproqlar»,  1986-yilda  «temur  malik»,  1995-yilda 
«ilon  o‘chi»,  1997-yilda  «turon  malikasi»  romanlari  dunyo 
yuzini ko‘rdi. Ularda turli davrlarda yashab o‘tgan turli taqdir 
egalari bo‘lgan kishilarning betakror taqdirlari aks ettirildi.
mirmuhsin  ijodiy  umrining  barcha  davrida  ham  bolalar 
uchun asarlar yozgan adibdir. Uning «sheralining mardligi», 
«ovchi bolalar», «luqmon va o‘roqboy» singari turli janrlar-
dagi asarlarida bolalarning o‘ziga xos hayoti va ruhiy dunyosi 
tasvirlangan.


57
mirmuhsin  uzoq  ijodiy  umridagi  xizmatlari  uchun 
1974-yilda  hamza  nomidagi  davlat  mukofoti,  1981-yilda 
«o‘zbekiston xalq yozuvchisi», 1998-yilda «el-yurt hurmati» 
singari yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan.
adib 2005-yil 2- fevralda toshkent shahrida vafot etdi.
Me’Mor
(
romandan parcha
)
Iste’dodli  me’mor,  buyuk  imoratlar  qurish  va  go‘zalliklar 
yaratishdan  boshqa  narsani  o‘ylamaydigan  ijodkor  Najmid-
din  Buxoriy  temuriy  hukmdor  Shohrux  zamonida  Hirot  shah-
riga  kelib,  Boshkentning  obodligi  yo‘lida  ulkan  ishlar  qiladi. 
Hayotning  chigalligi  hamda  adolatsizlik  qurish  va  yaratish-
dan  o‘zgani  bilmaydigan  oliyjanob  me’mor  boshiga  ko‘pgina 
ko‘rguliklar soladi. Uning yolg‘iz o‘g‘li Nizomiddin saltanatga 
yov  bo‘lgan  guruhlarga  qo‘shilib,  Shohruxga  suiqasd  qilgan-
lardan  biri  sifatida  qo‘lga  olinib,  qatl  etiladi.  Endi  buxo riy-
larning  Hirotda  qolishi  mumkin  emasdi.  Quyi dagi  parchada 
boshiga  ulkan  baxtsizlik  tushib,  ota  yurtiga  qaytayotgan 
me’mor Buxoriy kechirgan mushkulliklar tasvir etiladi.
tong g‘ira-shirasida uxlab, hordiq olgan aravakash otlarni 
sug‘orib,  aravalarga  qo‘shdi,  yo‘lovchilar  naridan  beri  yuz-
qo‘llarini yuvib, yo‘lga tushib ketishdi.
ko‘p  o‘tmay  chinakamiga  qum  barxanlari  boshlandi. 
andakkina sovigan qumlar quyosh ko‘tarilishi bilan yana qi-
ziy boshladi. 
qum, qum, qum...
ertasiga  ham  yana  shunday  yurish;  hamma  yoq  qum, 
yo‘lning poyoni ko‘rinmasdi. ham tolish, ham diqqatlik...
indiniga ikkinchi aravada anchadan beri bularga qo‘shilib 
yo‘lga  chiqqanidan  pushaymon  bo‘lib  g‘ingshib  kelayotgan 
badavlat  xonadonning  lo‘mbillagan  o‘g‘li  G‘avvos  muham-
mad arava o‘rtasida osmonga qarab yotib olib, oh ura bosh-
ladi.  Zavrak  bilan  Zulfiqor  avval  uning  bu  qilig‘ini  yashirib 
kelisha yotgan  edi,  bir  damdan  keyin  bu  holga  ko‘zi  tush-


58
gan  Badia  Zulfiqorga:  «Nima  gap?»  –  degandek  imo  qildi. 
Zulfiqor unga: «Hech gap yo‘q!» – degan ishorani qildi. Le
-
kin  aslida  G‘avvos  muhammad  o‘z  yo‘ldoshlarini  so‘kib, 
og‘zidan ko‘pik chiqarib, oh urib yotardi.
– huv, uyat bo‘ladi! bu nima qiliq? – dedi Zavrak.
– sen  la’nati  meni  yo‘ldan  ozdirding,  –  dedi  baqirib 
G‘avvos,  –  bo‘lmasa  men  hirotdan  chiqmagan  bo‘lardim! 
nega  men  senlarga  qo‘shildim?!  menga  nega  kerak  edi  bu 
azob?! sen meni chalg‘itding!
–  o‘zingiz  xohlab  keldingiz,  Zavrakda  ayb  yo‘q,  –  dedi 
Zulfiqor. – Biz, hatto, sizni hisobga qo‘shmagan edik.
–  siz  aralashmang!  siz  buxoroliksiz,  yurtingizga  ket-
yapsiz!
–  men  bu  gapni  sizni  ranjitish  niyatida  aytayotganim 
yo‘q.  o‘zingizni  qo‘lga  oling,  yigit  kishisiz!  Uyat  bo‘ladi! 
ikkilamchi,  bu  yengiltakligingizni  ustod  sezib  qolsalar  xafa  
bo‘ladilar! − dedi Zulfiqor.
– siz menga nasihat qilmang! men bunaqa qumda yurol-
mayman!  sizning  oshiq-ma’shuqligingiz  uchun  men  qumda 
sarson bo‘lib o‘lib ketolmayman! bola-chaqalarim bor!
– Nodon ekansiz! – dedi Zulfiqor oyoqlarini tarvaqaylatib 
arava o‘rtasida yotgan G‘avvos muhammad tagidan tizzasini 
tortib  olib.  U  «oshiq-ma’shuq»  so‘zi  uchun  G‘avvosning 
lunjiga tushirmoqchi edi,  o‘zini tutdi.
–  Foydasi  yo‘q!  –  dedi  Zavrak  Zulfiqorga  boshini  sarak-
sarak  qilib.  –  bu  to‘ng‘izning  shunaqaligini  bilardim!  ilgari 
ham bir bor shunaqa qilgan... savdogarning o‘g‘li-da...
– o‘zing to‘ng‘iz! – baqirdi G‘avvos.
G‘avvos Zulfiqorga ham, Zavrakka ham qaramay, osmon
-
ga qarab, og‘zidan ko‘pik chiqarib, oh ura boshladi.
–  Voy,  voy,  o‘laman...  qumlaringning  ham  padariga 
la’nat! meni boshlab olib chiqqanlarning ham padariga la’nat! 
to‘xtatinglar!!!  aravalarni  to‘xtatinglar!  qaytib  ketamiz! 
men orqaga qaytib ketaman! Vo-y-oy!
Birinchi aravada ketayotgan Badia yana Zulfiqorga qaradi:
–  Nima gap? Nima deyapti? −  Zulfiqor yelkasini qisdi.


59
–  aravakashga  aytinglar,  orqaga  qaytib  ketamiz!  Voy, 
voy, – dedi yana baqirib G‘avvos muhammad.
bu  gaplarni  eshitgan  badia  aravakash  horunbekdan  ilti-
mos qilib birinchi aravani to‘xtatdi. U ota-onasiga hech nima 
demay aravadan yerga tushdi-da, ikkinchi aravaga o‘tdi. ara-
valar  yana  yurishda  davom  etdi.  U  Zulfiqorning  ro‘pa rasiga 
o‘tirib, otga minib borayotgan Zavrakka murojaat etdi.
nima gap?
– 
– ertalabdan beri shu gap, bekam, – dedi Zavrak, – qaytib  
ketaman,  deyapti.
–  Vo-oy,  vo-o-oy,  o‘laman!  qumlaringning  padariga 
la’nat, o‘laman! aravalarni qaytaringlar! hirotga qaytib keta-
miz!  Vo-o-oy...
–  Janob  G‘avvos,  bu  nima  qiliq?!  –  deb  badia  og‘zidan 
ko‘pik  chiqarib,  aravada  chalqancha  yotib  olgan  G‘avvosga 
tik qaradi.
–  yo‘q, men qaytib ketaman!
–  qaytib  ketib  bo‘lmaydi,  tushuning  axir!  biz  Jayhunga 
yaqinlashyapmiz.  Juda  ko‘p  yo‘l  yurdik.  Xohlamas  ekansiz, 
maymanada aytishingiz mumkin edi!
–  men bormayman!  qaytib ketamiz, vo-oy... 
badia hayron bo‘lib qoldi. U g‘azablansa-da, o‘zini qo‘lga 
olib,  tishini tishiga qo‘ydi.
– toza dard ustida chipqon bo‘ldi-yu, Zavrak og‘a, siz tu-
shuntiring, yigit kishi uyalmaydimi?!
– Gap yuqmayapti, bekam!
–  men  hech  narsani  bilmayman!  meni  hirotga  qaytarib 
olib boringlar!
– Nima qilamiz? – Badia Zulfiqorga qaradi.
–  bu  hech  kimning  gapiga  quloq  solmayapti.  Ustodga 
xabar qilish kerak.
−  Ustodning  tashvishi  o‘ziga  yetmaydimi?!  −  dedi  Ba
-
dia.  So‘ng  G‘avvosga  qarab:  −  O‘zingizni  qo‘lga  olishin
-
gizni so‘rayman! – dedi ko‘zlarida g‘azab o‘tlari chaqnab. – 
yo‘qsa, jazoyingizni beraman!  siz hammani bezor qilyapsiz!


60
bor  o‘sha  aravangga!  men  buxorosiga  bormayman. 
– 
men kasalman! qaytaringlar aravalarni!
Badia  Zulfiqorga  imo  qildi,  keyin  achchiqlanib  buyruq 
berdi:
–  bu ablahni aravadan otib yuboring! – U shu lahza etigi 
qo‘njiga  qo‘lini  tiqib  xanjarini  oldi.  –  aytganimni  qilmasa-
ngiz, to‘ng‘izni shu yerda o‘ldiraman!
badianing  buyrug‘ini  ikki  qilish  aslo  mumkin  emasligi-
ni  biladigan  Zulfiqor  sapchib  o‘rnidan  turib,  oh-voh  qilgan
-
cha yalpayib yotgan G‘avvosni ko‘tarib qumga otib yubordi. 
to‘nkadek gurssa qumga tushgan G‘avvos apil-tapil o‘rnidan 
turib, dod solib arava orqasidan ergasha boshladi. bu ishdan 
birinchi  aravada  ketayotganlar  ham  xabardor  bo‘ldi.  Zo‘rg‘a 
tishini tishiga qo‘yib kelayotgan kishilar indashmadi. Uchala 
arava ham to‘xtamay ketaverdi.
–  nomard! qo‘rqoq! – dedi badia.
G‘avvos  muhammad  qumga  ag‘anab,  oh  urib,  baqira 
boshladi.  bir  muddatdan  keyin  talvasaga  tushgan  G‘avvos 
olislab  ketayotgan  aravalar  ortidan  yugurdi,  yaqinlashgach, 
badia  ko‘zidagi  g‘azab,  qo‘lidagi  yarqirab  turgan  xanjarni 
ko‘rib orqaga tislandi. Uning nazarida, badia uchun bu cho‘li 
biyobonda G‘avvosga o‘xshaganlarning biqiniga xanjar tiqib 
ketish hech gap emas edi.
G‘avvos  muhammad  birinchi  aravadagilarga  qarab  ba-
qirdi:
–  meni olib ketinglar, do-od, tavba qildim! 
hech kim unga qayrilib qaramadi. U bormi-yo‘qmi, birov 
parvo  qilmadi.  ketayotganlarning  ixtiyori  badianing  izmida 
ekaniga tu shundi. 
–  do-o-od!  meni tashlab ketmanglar!
badia  arava  ustida  indamay  turaverdi.  bir  muddatdan 
so‘ng uning ishorasi bilan Zavrak otdan sakrab tushdi, o‘rniga 
Zulfiqor otga minib, yo‘lda davom etaverishdi. Qumga sakrab 
tushgan  Zavrak  ancha  narida  sudralib,  dod  solib  kelayot-
gan  G‘avvos  muhammadni  uchinchi  aravadagi  yuklar  usti-
ga chiqarib qo‘ydi-da, o‘zi yana yugurib kelib, ikkinchi ara-


61
vaga – badianing yoniga o‘tirdi. bu holni ko‘rgan ma’suma 
beka,  me’mor  va  horunbeklar  yuragi  taskin  topib,  indamay 
qo‘ya qolishdi.
–  Chiqdimi? – sekin so‘radi badia.
–  ha,  –  dedi  o‘rnashib  olib  Zavrak,  –  asboblar  orasiga  
tiqib qo‘ydim.
– shuncha yildan buyon men uning bunaqa qiliqlari bor-
ligini bilmagan ekanman. U hayvonning o‘zginasi ekan-ku!
–  og‘ir  bo‘ling,  qattiq  gapirmang,  bekam!  Xanjaringizni 
ham  bekitib  qo‘ying!  –  dedi  Zulfiqor.  – 
bu  ham  bir  tutqa-
noqdek  dard.  qiyinchilikni  ko‘rmagan  xomsemiz  odam-da.  
shunaqasi ham  bo‘ladi.
– Xo‘p, – dedi Badia Zulfiqor aytganlariga amal qilib.
Uch arava qumliklar oralab oldinga ketaverdi. to kechga-
cha ular miq etmay borishdi. otlar ham obdan charchadi...
*  *  *
bahri  muhitdek
1
  behudud  qumliklarning  to‘q  sariq, 
qo‘ng‘ir  «to‘lqin»lari  silsilasi  ko‘zni  olardi.  qum  barxanlari 
uzra  jimirlab  harorat  ko‘tarilar  –  bu  yerda  issiqlik  juda  ba-
land  bo‘lishiga  qaramay,  me’mor  qiynalmay  nafas  olar  edi. 
«do‘zax» deb atalmish qizilqumda ham cho‘ponlar yashardi. 
negadir  bu  yerlarda  me’mor  o‘zini  bardam  seza  boshladi. 
horunbek  ilgari  ham  bu  holatni  sezgan  edi.  U  yolg‘iz  tur-
gan me’mor yoniga kelib, havoning issiq bo‘lishiga qaramay, 
sof  ekani,  bu  yerlarda  kishi  asabi  juda  muloyim-u  mo‘tadil 
bo‘lishini aytdi.
–  so‘zingiz  juda  to‘g‘ri,  inim,  –  dedi  me’mor  kaftlari-
ni  bir-biriga  ishqalab,  –  qumda  havo  qiziq  bo‘lishiga  qara-
may, nafas olish qulay. Asablar ham yumshab, kishi kayfiyati 
ko‘tariladi.  ana,  rutubatli  hirot  orqada  qoldi.  keyingi  yillar 
men u yerd a o‘zimni juda haqir-u xasta his etardim. hozir biz 
o‘sha «rutubat»dan xoli, ta’qibdan uzoq qum oralig‘idamiz...
...me’mor  G‘avvosning  talvasaga  tushib,  oh-voh  ur-
ganidan  keyin  barchaning  kayfi  buzilib,  sukut  ichida  ke-
1
 

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish