o‘lmas Umarbekov
(1934–1994)
aniqli o‘zbek yozuvchisi o‘lmas Umarbekov
1934- yilning 25- yanvarida toshkent shahrida
tug‘ilgan. millatimiz hayotida chuqur iz qoldir-
gan jadid abdulla avloniy asos solgan 40- mak-
tabda o‘qigan. maktabni oltin medal bilan bitir-
gan o‘lmas o‘sha vaqtdagi o‘rta osiyo dav-
lat universiteti (hozirgi milliy universitet)ning
filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan.
o‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992), XX asr o‘zbek ada-
biyoti taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan adib o‘lmas
Umarbekov serqirra iste’dod sohibi edi. talabalik yillarida-
yoq xabar, maqola, lavha va ocherklar yozgan bo‘lajak adib
nafaqat badiiy asarlari, balki ijtimoiy-siyosiy faoliyati bi-
lan ham xalqimiz hayotida muhim iz qoldirgan. oliy o‘quv
yurtini tugatmay turib, 1956-yilda respublika radiosida
muharrir sifatida ish boshlagan o‘. Umarbe kov 1971-yilga-
cha bo‘lgan davr ichida bosh muharrirgacha bo‘lgan yo‘lni
bosib o‘tdi. 1971–1974-yillarda o‘zbekiston kompartiyasi
markaziy qo‘mitasida sektor mudiri, 1974–1981-yillarda
«O‘z bekfilm» kinostudiyasi direktori, 1982–1986-yillarda
78
madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, 1987–1989-yil-
larda o‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, 1989–1991-
yillarda respublika bosh vazirining o‘rinbosari kabi o‘ta
mas’ul lavo zimlarda mehnat qildi.
taniqli yozuvchi, davlat va jamoat arbobi o‘lmas Umar-
bekov uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng 1994-yilning
10- noyabrida vafot etdi.
o‘. Umarbekov badiiy ijodni hikoyachilikdan boshlagan.
yosh yozuvchining «Xatingni kutaman» (1956) nomli birinchi
asariyoq «yilning eng yaxshi hikoyasi» deb tan olinib, maxsus
mukofot bilan siylandi. «hikoyalar» (1959), «qishlog‘imiz
kishilari» (1960), «yulduzlar» (1962), «Charos» (1962), «bol-
gar qo‘shiqlari» (1966), «ko‘prik» (1968), «oltin yaproqlar»
(1970), «qiyomat qarz» (1976), «yer yonganda» (1993) sin-
gari o‘ndan ortiq to‘plamda uning yuzlab hikoyalari bosildi.
o‘. Umarbekov insonni anglashga, uning ruhiy dunyosiga
kirishga va odamning o‘yu tuyg‘ularini ichdan turib tasvir-
lashga intilgani bois uning hikoyalarida samimiyat kuchli. U
odam, uning o‘ylari, kechinmalari, orzu va armonlari ha qida
qalam suradi. o‘lmas Umarbekov hikoyalarining qahramon-
lari − oddiy odamlar. Hikoyalarda yozuvchining sinchkov
nigohi, tasvirlana yotgan narsa-yu hodisalarni miridan siriga-
cha bilishi, kerakli bayon maromi va ifoda ohangini yanglish-
may topa olishi sezilib turadi.
o‘lmas Umarbekov mohir qissanavis sifatida ham e’tibor
qozongan. adibning: «sevgim, sevgilim» (1963), «kimning
tashvishi yo‘q» (1965), «Urush farzandi» (1972), «damir Us-
monovning ikki bahori» (1978), «Cho‘li iroq» (1971), «yoz
yomg‘iri» (1973), «oq qaldirg‘och» (1974) kabi qissalari mil-
liy nasr rivojida salmoqli o‘rin tutgan asarlardir.
adibning «sevgim, sevgilim» qissasi ko‘p bahslarga sa-
bab bo‘lgan. adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida
yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdirida ham
fojiali iz qoldirishi mumkinligi asarda ta’sirli aks ettiriladi.
siyosiy vaziyat qanday bo‘lsa-da, odam insonlarga bo‘lgan
ishon chini yo‘qotmasligi lozimligi, olomonning qutqusiga
79
uchgan, odamga emas, to‘daga xos tarzda o‘ylay boshlagan
kishi o‘ziga ham, o‘zgalarga ham falokatlar yog‘dirishi qis-
sada ta’sirchan aks ettirilgan. shu asardan boshlab milliy
adabiyo timizga fojia tasviri qayta kirib keldi.
o‘lmas Umarbekov qissa janrining yangi qirralarini kashf
etdi. Jumladan, o‘sha paytga qadar o‘zbek adabiyotida de-
yarli qo‘l urilmagan detektiv yo‘nalishidagi «yoz yomg‘iri»
qissasi sujet to‘qimasining murakkabligi, voqealar ta’sirining
favqulodda keskinligi, ifoda maromining shiddatkorligi bilan
e’tiborni tortadi. yoshgina go‘zal ayolning sirli o‘limi sabab-
larini ochish, fojia manbalarini o‘rganish, qotillarni aniq lash
barobarida asar qahramonlarining ma’naviy qiyofa lari oydin-
lasha boradi.
adibning «Urush farzandi» qissasi ham voqealar rivoji-
ning sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganli-
gi, ayni vaqtda, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning
samimiyligi bilan e’tibor tortadi.
o‘lmas Umarbekov «odam bo‘lish qiyin» hamda «Fotima
va Zuhra» nomli ikki roman ham yaratgan. «odam bo‘lish
qiyin» romanida Gulchehra va abdulla singari yoshlarning
tuyg‘ulari dastlab g‘uborsizligi bilan kishini rom etadi. ammo
hayot shu qadar murakkabki, bir qarashda g‘uborsizday tuyul-
gan tuyg‘ularni namoyon etgan odamlar tabiati zamirida no-
poklik dog‘lari yashiringan bo‘ladi. tajri basiz va g‘o‘r ikki
yoshning pokiza tuyg‘ulari hayot tash vishlariga qorishib qah-
ramonlarni tanazzulga tortib, sevishgan qalblarni fojia sari
yetaklaydi. manfaatni insonlikdan yuqori qo‘yish odamni
ma’naviy qabohat sari yetaklashi fojiaviy timsollar misolida
yorqin ko‘rsatib beriladi.
adibning ikkinchi romani «Fotima va Zuhra»da milliy
ma’naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo‘sinida aks
ettiril adi. asarda obro‘-e’tiborli, halol o‘qituvchi abdullajon-
ning oilasi taqdiri misolida ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi
omonsiz kurash ko‘rsatib beriladi. erka o‘g‘il hamidulla ning
jino yatchilar to‘dasiga qo‘shilib qolishi, ko‘knori iste’mol
80
qilishi, qimor o‘yini oqibatida singlisi Fotimani boy berishi
ketma-ket fojialarga yo‘l ochadi.
«sud» (1970), «komissiya» (1971), «qiyomat qarz»
(1974), «shoshma, quyosh» (1978), «kuzning birinchi kuni»
(1979), «arizasiga ko‘ra» (1981), «oqar suv» (1982), «ku-
rort» (1984), «yer yonganda» (1993) singari dramalari adib
o‘lmas Umarbekov ijodining yana bir qirrasini namoyon
etadi. shuningdek, o‘. Umarbekov «sevgi afso nasi» (1972),
«Changalzor qonuni» (1973), «ikki soldat haqida qis-
sa» (1973), «yigit va qiz» (1974), «yuksak qorliklardagi
uchrashuv» (1975), «o‘zgalar uchun» (1977) va boshqa bir
qator kinossenariylari bilan milliy kinomatografiya taraqqi
-
yotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan ijodkor hamdir. adib kino-
filmlari hamda «Komissiya», «Qiyomat qarz», «Kuzning
birinchi kuni», «arizasiga ko‘ra» kabi sahna asarlari tomo-
shabinlar e’tiborini qozondi va bir qator chet tillarga tarjima
qilinib, jahonga yuz tutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |