Umumiy o‘rta ta’lim maktablari xujjatlarini yuritish va rasmiylashtirish hamda ijro intizomini ta’minlash



Download 295 Kb.
bet5/7
Sana17.07.2022
Hajmi295 Kb.
#811642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija Azamat

5. MAKTAB PEDAGOGIK XODIMLARI.
5.1. Maktab ishiga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga ega bo’lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko’ra, direktorning buyrug’i asosida shartnomaga binoan qabul qilinadi;
5.2. Pedagog xodimlarning huquqlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Mehnat kodeksi» bilan belgilanadi.
5.3. Maktab pedagogik xodimlari:
– pedagog-o’qituvchi o’zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi;
– maktabda, jamoat orasida o’z bilimi, yurish-turishi, odob-axloqi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o’rnak bo’lishlari;
– ijtimoiy hayot uchun maqbul bo’lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o’quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo’lishlari;
– maktab obro’si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yilida faollik ko’rsatishlari;
– kasb mahoratining yuksak darajada bo’lishi, ta’lim oluvchilarning o’quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlashlari;
– o’quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;
– o’sib-ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o’rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo’ravonlikning barcha ko’rinishlaridan himoya qilishlari;
– o’zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari talab etiladi.
5.4. Pedagog o’qituvchilar maktab Ustavi ichki tartib- qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.
5.5. Maktab ta’lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o’qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirib bo’riladi.
5.6. Maktabda har bir fan yo’nalishida metod birlashmalar tuzilib, ular reja asosida
faoliyat ko’rsatadi va ta’lim-tarbiyaning sifati va samardorligini oshirishga xizmat qiladi.
5.7. O’qituvchilar:
– mashg’ulot o’tkazishga tayyorgarlik ko’radi, o’z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;
– maktab pedagogik kengash ichida va maktab ma’muriyati tomonidan o’tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi;
– maktab direktori va boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo’yicha navbatchilik qiladi;
– o’quvchilarning ota-onalari (ularni o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo’ladi.
5.8. Maktab o’qituvchilari har uch yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug’ilganda malaka oshirish institutlarida o’z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar, yosh mutaxassislar uchun o’quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so’ng malaka oshirishdan o’tadilar.
5.9. Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komissiyasi tomonidan tuzilgan va attestatsiya to’g’risidagi tegishli Nizomga binoan o’tkazilgan attestatsiya natijalariga ko’ra belgilanadi.
5.10. Maktab pedagog xodimlari:
1). Maktab pedagogika kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarida;
2).Ishchilar jamoasining umumiy yig’ilishlarida qatnashish yo’li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar.
5.11. Maktab pedagog xodimlarini o’z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:
1) O’quvchilarga o’qitilayotgan fanning o’ziga xos xususiyatlarini va o’quvchilarni yoshini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya berish;
2) ularda umummilliy madaniyatni shakllantirishga, o’quvchilar ixtisoslashtirilgan
yo’nalishlarni ongli ravishda tanlashiga va o’zlashtirishiga ko’maklashish;
3) O’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi
tartibini ta’minlash.
5.11.Barcha fan o’qituvchilari Xalq ta’limi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2005 -yil 26- dekabrdagi 315-sonli va 4984-sonli qo’shma buyrug’lari asosida belgilangan pedagogik ish yuklamalaridan kelib chiqib, o’z faoliyatlarini olib borishlari talab etiladi.
5.12.Barcha pedagog xodimlar ped. kengash qarori asosida belgilangan sinflarda o’ziga berilgan darslarni dars jadvali asosida o’tishi lozim, dars jadvalini o’zboshimchalik bilan tuzatishi, ish jarayonida rahbarni ogohlantirmasdan chiqib ketishi taqiqlanadi .

Download 295 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish