3. Maktab ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni va uni tashkil etish.
3.1. Maktabdagi ta’lim jarayoni umumta’lim dasturining ikkinchi bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:
a) boshlang’ich ta’lim- I- IV sinflar;
b) umumiy o’rta ta’lim- I- IX sinflar.
3.2. Boshlang’ich ta’lim:
– o’quvchilarining o’qish, yozish, hisoblashga oid dastlabki bilim va ko’nikmalarini, nazariy fikrlash elementlarini, nutq va xulq madaniy asoslarini shakllantiradi, shaxsiy gigiyena va sog’lom turmush tarzini ta’minlashga asos yaratadi.
3.3. Birinchi sinfga 7 yoshli o’g’il – qizlar to’la va 6 yoshli bolalardan esa ruhan va jismonan tayyor, tibbiy pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmat ko’rigidan o’tgan bolalar xalq ta’limi bo’limidagi tashxis komissiyasining xulosasiga binoan qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish o’quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
3.4. Maktab ta’limi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3.5. Maktabdagi ta’lim tili O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi, «Ta’lim To’g’risida»gi qonunlariga muvofiq belgilanadi. Ta’lim tilini tanlashda mazkur maktab hududida istiqomat qiladigan ota-onalarning xohish-istaklari inobatga olinadi.
3.6. Davlat ta’lim standartlari talablari doirasida o’quv dasturini o’zlashtira olmagan o’quvchilarga yordam ko’rsatish uchun boshlang’ich va 5- 9- sinflarda, pedagogik qo’llab- quvvatlashning turli shakllari (korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hakozo), ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun maxsus sinflar hamda uyda ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.
3.7. Maktab o’quvchilariga tibbiy xizmat ko’rsatish, maxsus biriktirilgan tibbiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodim ma’muriyat bilan teng ravishda bola sog’ligi uchun mas’uldir
3.8. Maktabda o’quvchilarini sinfdan-sinfga ko’chirish, yakuniy attestatsiyalarni o’tkazish xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar (Nizom, Yuriqnoma)ga asosan amalga oshiriladi.
3.9. O’quvchilarni tibbiy komissiya xulosasiga asosan sinfdan-sinfga ko’chirish yoki yakuniy attestatsiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi qushma buyrug’iga asosan hal etiladi.
3.10. O’quvchilarga maktabni tamomlaganligi haqidagi hujjatlarning berilish tartibi, yakuniy attestatsiyaning belgilangan tartibidan istisnolar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
3.11. Maktabning yakuniy attestatsiyalaridan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, ta’limda alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga imtiyozli shahodatnoma topshiriladi.
3.12. Maktab o’z hududida (mikrohudud) yashovchi maktab yoshidagi I- IX sinflarda o’qishi lozim bo’lgan barcha bolalarni majburiy ta’lim olishga to’liq jalb etishni amalga oshiradi.
3.13. Maktablardagi darsning, o’quv choragi va o’quv yilining davom etish muddati, kunlar va haftalar buyicha darslar jadvali, sinflarning to’ldirilishi va o’quvchilarga beriladigan o’quv yuklamalari umumiy o’rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
3.14. Maktabda o’quv yili 1- sentabrdan boshlanadi va 31-avgustda tugaydi. o’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari 2 sentabrdan boshlanadi va 25 mayda tugaydi.O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari 4 chorakka ( 2 yarim yillikka) bo’linadi, ularning boshlanishi va oxiri o’quv rejasi bilan belgilanadi. O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari amaliy mashg’ulotlarni hisobga olmaganda 34 hafta, 1 -sinflarda esa 33 hafta davom etadi, ularga maktab pedagogika kengashi qarori bilan fevral oyining ikkinchi o’n kunligida 1 hafta ta’til beriladi. O’quv yili davomida kuzgi, qishki, bahorgi ta’tillar kamida 30 kalendar qilib belgilanadi va xalq ta’limi vazirligining buyrug’i (tayanch o’quv rejasini tasdiqlash vaqtida) bilan tasdiqlanadi. Yozgi ta’til o’quv yili mashg’ulotlari (imtixonlari) tugagan kundan boshlab 31- avgustgacha davom etadi.
3.15. Maktabda o’quv ishlari va mashg’ulotlari bayram kunlari o’tkazilmaydi. 1- yanvar- Yangi yil, 8- mart- Xotin- qizlar bayrami, 21- mart- Navro’z bayrami, 9- may- Xotira va qadrlash kuni, 1- sentabr- Mustaqillik kuni, 1- oktabr- o’qituvchilar va murabbiylar kuni, 8- dekabr- Konstitutsiya kuni, Ramazon va Qurbon hayiti bayramlarining 1- kuni.
3.16. Maktabda kundalik o’quv mashg’ulotlari soni va tartibi maktab direktori
tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi o’quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat tanavvul qilishlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
3.17. 1- sinf o’quvchilariga uy vazifasi berish majburiy emas. 2-9-sinf o’quvchilariga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy vazifalari beriladi
3.18. Maktab o’quvchilarining bilimlari xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
3.19. Maktab uchun iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish, ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etish, iqtidorli o’quvchilardan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan sinf o’quvchilari maxsus, shu jumladan, mualliflik (variativ) o’quv dasturlari va yakka tartibdagi dasturlar asosida ta’lim olishlari mumkin.
3.20. Maktabdagi sinfdan tashqari mashg’ulotlar va to’garak ishlari o’quvchilar va
ota-onalarning xohish istaklari, o’quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |