67
6. Ligazalar (sintetazalar
)
– Barcha sintez reaksiyalarida ishtirok etadi.
Masalan, ular faollangan aminokislotalarning tRNK ga qo‘shilishini,
peptidlarning hosil bo‘lishini katalizlaydi.
Ligazalar 5 ta kichik sinfga bo‘linadi. Ligazalar 80 fermentdan iborat.
Energiya
sifatida ATF, sintetik jarayonni katalizlovchi fermentlar bilan
birgalikda bo‘ladi. Bu reaktsiyalar natijasida ATF dan ADF yoki AMF hosil
bo‘ladi:
HOOC–CH
2
–CH–COOH
+
NH
3
+ATF→
N
H
2
–C–CH
2
–CH–
COOH
+AMF+H
4
P
2
O
7
׀
║
׀
NH
2
O NH
2
L-aspartat L-asparagin
Ushbu reaktsiyani asparaginsintetaza fermenti katalizlaydi.
6.8. Izofermentlar.
Fermentlarning ko’plik molekulyar shakllari
Izofermentlar
– bu bir fermentning ko‘plik formalari bo‘lib, ular bitta
reaktsiyani katalizlaydi,
ammo ayrim xossasi, masalan, elektr maydonida
harakatlanish tezligi, faollanishi uchun optimal temperatura, ingibitorlarga
munosabati,
immunologik xarakteristikasi, joylashish o‘rni, boshqarilish
hossalari bo‘yicha farq qiladi.
Izofermentlar - oqsil molekulasining birlamchi qurilishida nasliy farq
(genetik) bo‘lishidan
kelib chiqadi, ya‘ni ularning fizik - kimyoviy farqlari
nasliy hossalariga ega. Bir fermentning nasliy bo‘lmagan (nogenetik)
modifikasiyalariga fermentlarning-ko‘plik molekulyar shakillari deyiladi.
Izofermentlarning funksiyalari
Izofermentlar moddalar almashinuvida boshqaruvchilik vazifasini bajarib,
ichki va tashqi omillarga turli to‘qimalardagi
metabolizmni moslashtirish
imkoniyatini beradi, degan fikrlar mavjud. Izofermentlar turli hujayra va
to‘qimalarda va organoidlarda bir xil bo‘lmaganligi sababli ular biokimyoviy
reaktsiyalar yo‘nalishini o‘zgartirish imkonini beradi.
Misol tariqasida sut kislota hosil bo‘lishi va oksidlanishini
katalizlaydigan
laktatdegidrogenaza ( LDG ) ni keltirish mumkin LDG ning 4-lamchi qurilishi
tarkibida H va M harflari bilan belgilangan 4 ta subburlik topilgan. H bu Heart –
yurak, M bu Muscle – muskul so‘zlarining bosh harflaridan olingan. Mazkur
fermentda 5 ta izoforma mavjud.
LDG – 1 qurilishida H – tipidagi 4 ta subbirliklar ( HHHH), LDG -2 da –
HHHM, LDG – 3 da HHMM, LDG – 4 da HMMM va LDG – 5 da – MMMM
topilgan. Izofermentlarni turli raqamlar bilan belgilanishi elektr maydonida
68
harakatlanish tezligiga bog‘liq, 1 raqami katoddan
anodga boshqalardan tezroq
siljiydigan izoforma uchun, 5 raqami juda sekin siljiydigan izoforma uchun.
LDG -1 LDG-2 yurakda, LDG -4, LDG – 5 muskul va jigarda ustunlik
qiladi. Ularning organlarda shunday taqsimlanishi mazkur organlarga xos modda
almashinuvi bilan bog‘liq. Hozirgi vaqitda 60
dan ortiq fermentlar uchun
izoformalar borligi isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: