3. Aralash tur tuzilish
– Yuqoridagi ikkala turning qo‘shilgan
kombinatsiyasidan hosil bo‘lishi ya‘ni poliferment sistemaning bir qismi
struktura tuzilishiga, boshqa qismi esa funktsional tuzilishga ega bo‘ladi.
69
Bunday tuzilishga Krebs sikli fermentlari misol bo‘lib, bunda –2-
oksoglutaratdegidrogenazali kompleks strukturalini hosil qilsa qolganlari o‘zaro
metabolitlar orqali birikib funktsionalli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
6.10. Immobilizatsiyalangan fermentlar
Immobillizatsiya qilish - (lot. «immebil» - «harakatlanmaydigan»).
Fermentni erimaydigan materialda fizikaviy adsorbtsiyalash; fermentni gel
katakchasiga joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fermentni erimaydigan
material bilan kovalent bog‘lanishi natijasida vujudga keladi. Adsorbent sifatida
- shisha, silikagel, gidrosilapatit, sellyuloza va uning unumlaridan foydalaniladi.
Fermentni kovalent bog‘lash uchun material sifatida – polipeptidlar, stirollar,
poliakrilamid, neylondan foydalaniladi.
Bu fermentlarning afzalliklari shundan iboratki – ulardan bir necha
marotaba
foydalanish
mumkin.
Immobillizatsiyalangan
fermentlarning
fermentlarga nisbatan afzalliklari: - reaktsiya muhitidan oson ajratish, ularni
reaktsiya muhitidan yuvib olish va qaytadan ishlatish mumkin.
6.11. Fermentlarning amaliyotdagi va farmatsiyadagi amaliy ahamiyati
Har qanday organizmning hayot faoliyati fermentlar katalizlaydigan
minglab kimyoviy reaktsiyalarning doimi va qattiy birin ketin o‘tishi bilan
ta‘minlanadi, shuning uchun organizm funktsiyasining har qanday buzilishi
asosida fermentlar faoliyatining o‘zgarishi – fermentopatiyaga sabab bo‘ladi.
Fermentopatiyalar toksik va alimentar kelib chiqishi mumkin. Toksik
fermentopatiyada – ayrim fermentlar zaharlar, toksinlar bilan tanlanib
zararlanadi. Alimentar fermentopatiya – oziq ovqat tarkibida fermentlar sintezi
uchun zarur moddalar tushmasligidan kelib chiqadi.
Fermentlar sanoatda - non yopish, vino, pivo pishirish, pishloq
tayyorlashda, choy, tamaki tayyorlashda qo‘llaniladi. Proteolitik fermentlar - teri
va mo‘ynani yumshoq holga kelishi uchun qayta ishlov berishda, maxsus yuvish
vositalarini (kukunlarini) ishlab chiqarishda, go‘sht mahsulotlariga ishlov berish
natijasida, go‘shtning yetilishi, mayin, yumshoq va shirin bo‘lishiga erishiladi.
O‘simliklarni qoplovchi hujayralaridagi pektin moddasini gidrolizlaydigan
pektinaza fermenti sharbat hosil bo‘lishi va qimmatli parfyumeriyada
ishlatiluvchi efir moylarini ajralishini yengillashtiradi.
Hozirgi farmakologiyaning rivoji ham dorilarning fermentli ta‘sirini
o‘rganishga asoslangan. Maqsad ta‘sir etuvchi yuqori sifatli dori preparatlarining
olinishi va ishlab chiqarishda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning
faoliyati uchun zarur bo‘lgan substratlarning o‘xshash strukturalarini yaratishdan
iborat.
Tirik organizmga nisbatan zararsiz substratlarning o‘xshash qurilishlari
yuborilishi kasallikni yuzaga chiqaruvchi mikroorganizmlar fermentlar
faolligining
raqobatli
tormozlanishiga
olib
keladi.
Shuningdek
paraaminobenzoat kislota mikroblarning kok turlari rivojlanishi uchun zarur
70
bo‘lib, aksincha uning qurilish analogi mikroorganizmlarning almashinuv
jarayonlariga qo‘shilishi natijasida ularni nobud qiladi. Bu analogga sulfanilamid
preparatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |