Nafas olish sistemasi. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Buning uchun ular doim suv yutadi. Suv og‘iz bo‘shlig‘idan jabra yoriqchalari orqali o‘tadi, bu yoriqchalar halqum devorlari- dan o‘tgan bo‘lib, nafas olish organi – jabralarni yuvib o‘tadi. Okun turdagi baliqlarda ular jabra yoylaridan iborat bo‘lib, ulardan har qaysisining bir tomonida och qizil rangli jabra yaproqchalari, ikkinchi tomonida esa oqish tusdagi jabra tichinkalari bor. Jabra tichinkalari suzgich apparatidir: ular o‘lja jabra yoriqchalari orqali sirg‘anib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra yaproqchalaridan juda mayda qon tomirlari – kapillyarlar o‘tgan. Jabra yaproqcha- larining yupqa devori orqali qonga suvda erigan kislorod o‘tadi, qondan esa suvga karbonat angidrid chiqariladi.
Agar suvda kislorod kam bo‘lsa, unda baliqlar suv yuzasiga chiqib, og‘zi orqali havo ola boshlaydi. Agarda, ular kislorod kam bo‘lgan suvda uzoq vaqt davomida yashasa, nobud bo‘ladi. Qish- da suv havzalaridagi muz ostida ba’zan kislorod yetishmay qoladi, bu vaqtda baliqlar qiynaladi. Buning oldini olish uchun har yer-har yerdan muzni yorib, teshik ochiladi.
Qurib qolgan jabra yaproqlari kislorod va karbonat angidrid- ni o‘tkazmaydi. Shuning uchun suvdan chiqarib olingan baliq tez- da nobud bo‘ladi. Nozik jabralarining tashqi tomonida jabra qop- qoqlari bo‘ladi.
Qon aylanish sistemasi. Baliqlarning qon aylanish sistema- si yopiq (tutash) tipda. U yurak va tomirlardan tashkil topgan.
Yurakdan chiqadigan tomirlar arteriya, yurakka qon olib keladigan tomirlar vena qon tomiri deb ataladi.
Baliqlarning yuragi ikki kamerali bo‘lib, u yurak bo‘lmasi va qorinchasidan iborat, ularning muskulli devori navbat bilan qisqarib turadi. Yurak bo‘lmasidan qon yurak qorinchasiga, undan esa yirik arteriyaga – qorin arteriyasiga itariladi. Qonning orqaga qaytishi- ga klapanlar yo‘l qo‘ymaydi. Qorin aortasi jabralarga boradi, unda- gi qon to‘q qizil rangli, karbonat angidridga to‘yingan bo‘lib, vena qoni deb ataladi. Jabralarda tomirlar kapillyarlarga tarmoqlanadi. Ulardan oqadigan qon karbonat angidriddan tozalanib, kislorod- ga to‘yinadi. Jabralardan chiqadigan tomirlardan, endi kislorodga to‘yingan ochiq qizil arteriya qoni oqadi. U umurtqa pog‘onasi os- tida tana bo‘ylab joylashgan orqa aortaga yig‘iladi. Orqa aorta dum bo‘limida umurtqalarning pastki yoyi ichidan o‘tadi.
Orqa aortadan yanada mayda arteriyalar chiqadi, ular turli organlarda kapillyarlarga tarmoqlanadi va ularning devori orqa- li to‘qimalarga kislorod va oziq moddalar boradi, to‘qimalardan esa karbonat angidrid va hayot faoliyatining boshqa mahsulotlari o‘tadi.
Ochiq qizil rangdagi arteriya qoni asta-sekin to‘q rangga kiradi, ya’ni tarkibida karbonat angidrid ko‘p, kislorod kam bo‘lgan vena qoniga aylanadi. Vena qoni vena qon tomirlarda to‘planib, ular- dan yurak bo‘lmasiga tushadi. Qon bitta tutash qon aylanish doira- si bo‘ylab ana shunday tinimsiz harakatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |