Ayruv (ayirish) sistemasi. Tana bo‘shlig‘ining yuqori qismida qizil-qo‘ng‘ir tusdagi lentasimon ikkita buyrak joylashgan. Buyrak- lar kapillyarlarida qondan moddalarning parchalanish mahsulotlari filtrlanadi. Ulardan siydik hosil bo‘ladi. Siydik qo‘sh siydik yo‘li orqali anal teshigi orqasida tashqariga ochiladigan siydik pufagiga keladi va tashqariga chiqarib tashlanadi.
Moddalar almashinuvi. Baliqlar organizmida ham boshqa bar- cha tirik organizmlardagi singari ularning o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishi tashqi muhit bilan doimiy bog‘lanishi va moddalar al- mashinuvini ta’minlovchi jarayonlar kechadi. Ana shu barcha ja- rayonlarning yig‘indisi tirik organizmlarda moddalar almashinuvi deb ataladi.
Baliqlarning nerv sistemasi. Orqa miya. Baliqlarning markaziy nerv sistemasi naycha shaklida bo‘ladi. Uning orqa bo‘limi – orqa
miya baliq tana umurtqalarining ustki tanasi va yoylaridan ho- sil bo‘lgan umurtqa kanalida joylashgan. Orqa miyadan har qaysi juft umurtqalar orasidan o‘ngga va chapga tana muskullari va suz- gich qanotlari hamda tana bo‘shlig‘ida joylashgan organlar ishini boshqaruvchi nervlar chiqadi.
Baliq tanasida sezgi hujayralaridan nervlar orqali orqa miyaga ta’sirlanish haqidagi signallar keladi.
Bosh miya. Baliqlar va umurtqali boshqa hayvonlar nerv nay- chasi oldingi qismining shakli o‘zgarib, kalla qutisi suyaklari bilan himoyalangan bosh miyaga aylangan. Umurtqali hayvonlar bosh miyasi beshta bo‘limdan iborat. Bular: oldingi miya, oraliq miya, o‘rta miya, miyacha va uzunchoq miya. Bosh miyaning barcha bo‘limlari baliqlar hayotiga katta ahamiyatga ega. Masalan, miya- cha baliq harakatlarining muvofiqligini va muvozanatini boshqar- sa, uzunchoq miya asta-sekin orqa miyaga o‘tadi va u nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish va organizmning boshqa muhim funksiyalarining boshqarilishida katta rol o‘ynaydi.
Sezgi organlari baliqning atrof-muhitda yaxshi o‘rnashishiga imkon beradi. Bunda ko‘z muhim rol o‘ynaydi. Okun turdagi baliq faqat nisbatan yaqin masofani ko‘radi, narsalarning shakli va rangi- ni farq qila oladi.
Okun turdagi baliqning har qaysi ko‘zi oldida sezgi hujayralari bo‘lgan, ko‘r halqaga borib tutashadigan ikkitadan teshik: burun teshiklari bo‘lib – bu hid bilish organidir.
Eshitish organlari tashqaridan ko‘rinmaydi, ular kalla suyagi- ning orqa qismidagi suyaklarda o‘ngda va chapda joylashgan. Suv- ning zichligi tufayli tovush to‘lqinlari kalla suyaklari orqali yaxshi o‘tadi va uni baliqning eshitish organlari orqali qabul qilinadi. Baliq qirg‘oq bo‘ylab ketayotgan odamning oyoq tovushini, qo‘ng‘iroq, o‘q tovushini eshitishi tajribalarda isbotlangan.
Ta’m bilish organlari – sezgi hujayralaridir. Ular okun turdagi baliqda ham xuddi boshqa turdagi baliqlardagi singari, faqat og‘iz bo‘shlig‘ida joylashmay, balki butun tanasi yuzasi bo‘ylab ham tar- qalgan. Sezgi organlari ham o‘sha yerda bo‘ladi. Ba’zi baliqlar, masalan, laqqabaliq, zog‘ora baliq, treska turdagi baliqlarning boshida sezuvchi mo‘ylovlari bor.
Baliqlar uchun alohida sezgi organi – bu yon chiziqlar hisob- lanadi. Tashqaridan qator teshiklar ko‘rinib turadi. Bu teshiklar
terida joylashgan naycha bilan bog‘langan. Naychada teri osti- dan o‘tgan alohida nerv tolasi bilan bog‘langan sezuvchi hujayra- lar bo‘ladi.
Yon chiziqlar suvning yo‘nalishini va oqim kuchini qabul qila- di. Yon chiziqlar tufayli hatto ko‘r bo‘lib qolgan baliq ham biror narsaga urilmaydi va oqib kelayotgan o‘ljani tutib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |