Baliqlarning tuzilishi va xarakterli belgilari
Reja:
KIRISH
Baliqlarning umumiy ta’rifi
Baliqlarning tashqi tuzilishi
Suzgich qanotlari
Teri qatlami va rangi
Baliq skeleti
Suzgich pufagi
Baliqlarning ichki organlari
Baliqlarning tana bo‘shlig‘i
Hazm qilish sistemasi
Nafas olish sistemasi
Qon aylanish sistemasi
Baliqlarning nerv sistemasi
Baliqlar refleksi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Baliqlarni urchitish va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish bi- lan insoniyat qadimdan shug‘ullanib kelgan, ammo bu tarmoq ju- da sekinlik bilan rivojlangan. Buning sababi tabiiy suv havzalari- dagi baliqlarning miqdori bitmas-tuganmas, deb o‘ylangan. Shun- dan kelib chiqib, XX asrning boshlaridan boshlab asosiy e’tibor baliqlarni tutish qurollarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu jarayon hanuzgacha davom etmoqda. Ayniqsa, keyingi 30– 40 yil mobaynida baliqlarni tutish keskin ko‘payib ketdi. Birlash- gan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha 1958-yilda iste’mol qilingan baliqlar tirik vazn hisobida 27,9 mln tonnani tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1970-yilga kelib 39,1 mln tonnani, 1975-yilda 46,0 mln tonnani, 1985-yilga kelib esa 70,0 mln tonnani, 2000-yilda 200 mln tonnani tashkil qildi.
Baliq go‘shti tarkibida qoramol, cho‘chqa kabi qishloq xo‘jalik hayvonlarinikiga to‘g‘ri keladigan oqsillar bo‘lsa-da, yangi tutil- gan baliq go‘shti tarkibidagi oqsilning inson organizmi tomoni- dan hazm bo‘lish darajasi yuqoridir. Bundan tashqari ovqat uchun ishlatilmaydigan baliqlar, baliqlarni qayta ishlash korxonalarining chiqindilari qishloq xo‘jalik hayvonlarining ratsionini oqsilga va ko‘plab vitaminlarga boyitishda asosiy qo‘shimcha hisoblanadi.
Respublikamizda baliqchilikni rivojlantirishning juda kat- ta imkoniyatlari mavjud.
Shularni inobatga olib, Prezidentimiz- ning 18.III.98-PF 1978-sonli farmonida chorvachilikni rivojlanti- rishning kompleks chora-tadbirlari belgilanib, shu jumladan, ba- liq yetishtirishni 2,9 martaga oshirish ko‘zda tutilgan. Respublika hududida umumiy maydoni 829,5 ming
gektarga teng suv ombor- lari, ko‘llar va havzalar bo‘lgani holda ularning atigi 212 ming gek- taridagina baliqlar urchitilmoqda xolos.
Uzoq yillar davomida O‘zbekistonda Orol dengizining janubiy qismi baliq tutish manbayi bo‘lib hisoblanardi va har yili 240-250 ming sentner baliq ovlanardi. Ammo Orol dengiziga tushadigan Sirdaryo va Amudaryo suvlarining kamayishi natijasida baliq ush- lash asta-sekin kamayib bordi va umumiy ovlangan baliq: 1970-yil- da – 65 %, 1975-yilda – 43 %, 1980-yilda – 5 %, 1990-yilda esa 0,8 %ni tashkil etdi.