Muskullar. Baliq terisi ostida suyaklarga birikkan muskullar joylashgan. U muskulaturani hosil qiladi. Ulardan eng baquvvat- lari tanasining orqa tomonida va dumida joylashgan. Baliqlarning muskullari asosiy tana, bosh, dum va suzgichlarining muskullari kabi 4 qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bu muskullarning eng salmoqlisi asosiy tana va dum muskullari hisoblanib, ular ham o‘z navbatida, orqa, qorin hamda yonbosh muskullardan tashkil topadi. Tarkibi- dagi pigmentlarining miqdoriga ko‘ra turli guruhlarga mansub ba- liqlar muskullarining rangi har xil bo‘ladi. Muskullarining bir ma- romda qisqarishi, suzgichlarini harakatga keltirib baliqlarning ol- dinga siljishini ta’minlaydi. Ayrim baliqlar (qilich baliq) soatiga 130 km gacha tezlik bilan suza oladi.
Muskullar qisqarishi va yozilishi tufayli baliqlarning tanasi egi- ladi. Bu baliqlarning suvda harakatlanishiga yordam beradi. Boshi- da va suzgich qanotlarida, jag‘larni, jabra qopqoqlarini va suzgich qanotlarini harakatlantiradigan muskullar joylashgan.
Suzgich pufagi. Sazan ham boshqa baliqlar singari suvdan og‘ir bo‘ladi. Uning suzuvchanligini suzgich pufagi ta’minlaydi. Suzgich pufagi qorin bo‘shlig‘ida ichakdan yuqorida joylashgan va ichi gaz bilan to‘lgan yarim shaffof xaltachaga o‘xshaydi.
Baliq embrionida suzgich pufagi uning orqa tomonida ichak o‘simtasi sifatida hosil bo‘ladi. Lichinkalik bosqichida uning ichak bilan bog‘liqligi yo‘qoladi. Lichinka tuxumdan chiqqach, 2–3-ku- ni suv yuzasiga suzib chiqishi va suzgich pufagining to‘lishi uchun atmosfera havosidan bir oz yutishi kerak. Agar bu hodisa ro‘y ber- masa, lichinka suza olmaydi va nobud bo‘ladi.
Baliq suzgich pufagining hajmini boshqarish yo‘li bilan o‘zini ma’lum chuqurlikda tutib turadi, suv yuzasiga ko‘tariladi yo- ki cho‘kadi. Pufak siqilganda ortiqcha gaz uning ichki yuzasida- gi kapillyarlarida qonga so‘riladi. Agar pufak kengaysa, unga qon-
dan gaz o‘tadi. Baliq chuqurlikka tushganda pufagi kichrayadi va baliqning tig‘izligi ortadi. Bu esa suvga tez botishiga yordam bera- di. Suv yuzasiga ko‘tarilganda baliqning suzgich pufagi kattalasha- di va baliq nisbatan yengil bo‘lib qoladi. Agarda, baliq muayyan bir xil chuqurlikda bo‘lsa, pufagining hajmi o‘zgarmaydi. Bu esa baliq harakatsiz holatda, xuddi suv qatlamida “osilib” qolgandek turi- shiga imkon beradi.
Suzgich pufagi sazan, okun, som turdagi baliqlarda ichak bilan bog‘liq bo‘lmasada, lekin ayrim turdagi baliqlarda, masalan, karp, leshch, plotva, seld turdagi baliqlarda suzgich pufagidagi havo oqi- mi – ingichka naycha yordamida baliqlarning butun hayoti davo- mida ichak bilan bog‘liq bo‘ladi. Pufakchadagi ortiqcha gaz shu yo‘l orqali ichakka, undan esa og‘iz va jabra yoriqlari orqali suv- ga chiqadi.
Suzgich pufagining asosiy vazifasi baliqlarning suzishini ta’- minlashdir. Bundan tashqari, u baliqlarni yaxshi eshitishiga yor- dam beradi, chunki u yaxshi rezonator bo‘lib, tovushni kuchayti- radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |