Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida


-modda. Chaqiruv yoshi. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish



Download 473,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana13.07.2022
Hajmi473,79 Kb.
#790709
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
644-XII-сон 03.07.1992. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida

15-modda. Chaqiruv yoshi. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish
1. Tinchlik vaqtida salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan va chaqiruv kuni 18
yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmish yigitlar muddatli harbiy xizmatga
chaqiriladilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaroriga asosan yiliga ikki marta o‘tkaziladi.
(15-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-
XII-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Vazirlar Mahkamasining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy
axborot vositalarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilinganidan keyin har bir
chaqiriluvchi, shu jumladan vaqtincha ro‘yxatda turgan chaqiriluvchi chaqiruv qog‘ozida
ko‘rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan
va harbiy ro‘yxatga kiritilmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy istiqomat joyidan
vaqtincha boshqa joyga ketib qolgan va u yerda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar turar
joylaridagi mudofaa ishlari idoralariga borishlari shart.
2. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xo‘jaliklari, kooperativlar va o‘quv yurtlarining
rahbarlari xizmat safarida bo‘lgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiriq
uchastkasida o‘z vaqtida hozir bo‘lishini ta’minlashlari shart.
3. 18 yoshga to‘lgan va 18 yoshdan katta chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatda turish joyini
o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi
qarori e’lon qilinguniga qadar yo‘l qo‘yiladi, qaror e’lon qilinganidan keyin esa faqatgina ayrim
hollarda, basharti chaqiriluvchi mudofaa ishlari idoralariga:
boshqa joydagi ishga o‘tkazilganligini;
yangi istiqomat joyiga ko‘chib o‘tganligini;
o‘quv yurtiga qabul qilinganligi va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotganligi yoki
o‘quv yurtini tugatib, yo‘llanma bo‘yicha ishga jo‘natilayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim
etganidan keyin harbiy ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishi mumkin.
4. Quyidagilar:
fuqaroning chaqiriq uchastkasiga shaxsan kelishiga imkon bermagan kasalligi;
yaqin tug‘ishganining vafot etgani yoki og‘ir betobligi;
fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda, uni ko‘rsatilgan uchastkalarga va muddatlarda shaxsan
etib kelishiga to‘sqinlik qilgan tabiiy ofat va shunga o‘xshash boshqa vaziyatlar fuqaroning
mudofaa ishlari idoralari belgilagan muddatlarda chaqiriq uchastkalariga etib kelmaganligining
uzrli sabablari hisoblanadi.
Hozir bo‘lmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
5. Tinchlik vaqtida:
ushbu Qonunning 
17 
va 
18
-moddalariga muvofiq chaqiruvdan ozod etilgan;


o‘tkazilayotgan dastlabki surishtiruv yoki tergov daxldor bo‘lgan shaxslar; jinoiy ishga daxldor
bo‘lgan shaxslar ish to sudda uzil-kesil qarab chiqilib, ayblov yoki oqlov xulosasi chiqarilgunga
qadar;
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar muddatli
xizmatga chaqirilmaydilar.

Download 473,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish