Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida



Download 473,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/25
Sana13.07.2022
Hajmi473,79 Kb.
#790709
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
644-XII-сон 03.07.1992. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida



Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2003
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 22-dekabrdagi 437-II-sonli “Umumiy
harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi
haqida”gi 
qaroriga
 asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Umumiy harbiy majburiyat
1. O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga
muvofiq mamlakatni mudofaa qilish
davlatning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat
qiluvchi barcha fuqarolarning vazifasidir. O‘zbekiston Respublikasini tashqaridan bo‘ladigan qurolli
tajovuzdan himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchidir.
2. Umumiy harbiy majburiyatning mazmuni O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini o‘z
mamlakatlarini qurolli himoya qilish uchun majburiy harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazishdan iborat
bo‘lib, respublika Qurolli Kuchlarini butlash va rezerv tayyorlashni ta’minlash maqsadlarida joriy
etiladi.
3. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, chaqiruv
uchastkalarida qayd etishni, harbiy xizmatga chaqirishni, harbiy xizmatni (chaqiruv bo‘yicha va
ixtiyoriy ravishda) o‘tashni, zaxirada xizmat qilishni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni,
umumiy harbiy ta’lim berishni (urush davrida) qamrab oladi.
4. Ushbu Qonunni bajarish O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, davlat boshqaruvining
markaziy idoralari, hokimliklar, jamoat birlashmalari, o‘quv yurtlari, muassasalar, korxonalar, jamoa
xo‘jaliklari, kooperativlar hamda idoraviy bo‘ysunuvi, mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish shart-
sharoitlaridan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yoki vaqtincha
istiqomat qiluvchi ajnabiy shaxslar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga taalluqli emas.
5. Ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston fuqarolaridan:
chaqiruv uchastkalarida qayd etilgunga qadar chaqiruvchiga bo‘lgan tayyorgarlikni
o‘tayotgan shaxslar — chaqiruv yoshiga etmagan shaxslar;
chaqiriluvchilar hisobida turgan shaxslar — chaqiriluvchilar;
haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslar — harbiy xizmatchilar;
Qurolli Kuchlarning zaxirasi hisobida turgan shaxslar — harbiy xizmatga majburlar;
turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki bu ro‘yxatdan chiqarib yuborilgan, shu
jumladan iste’foga o‘tkazilgan shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar deb ataladi.
6. Erkak fuqarolar, basharti, salomatliklari va yoshlari nuqtai nazaridan harbiy xizmatni
o‘tashga yaroqli bo‘lsalar, harbiy xizmatga chaqirilishlari shart.
Shu munosabat bilan ular:
nohiya, shahar mudofaa ishlari idoralarining chaqirig‘iga binoan qayd hisobidan, tibbiy
ko‘rikdan o‘tish, harbiy ixtisosni o‘rganishga borishga yo‘llanma olish, harbiy xizmatga va o‘quv
mashqlari yig‘iniga chaqiruv yo‘llanmasini olish uchun chaqiruv uchastkalariga kelishlari;
chaqiruvga qadar tayyorgarlikdan o‘tishlari, harbiy xizmatni o‘tashlari va zaxirada xizmat
qilishlari;
harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishlari shart.
7. Tibbiy tayyorgarlikka ega yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan
ro‘yxatga ko‘ra harbiy ixtisosliklarga turdosh kasb egalari bo‘lgan xotin-qizlar harbiy ro‘yxatga
olinishlari mumkin.


Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tish va harbiy ro‘yxat qoidalarini bajarish uchun nohiya, shahar
mudofaa ishlari idoralarining chaqiruviga binoan hozir bo‘lishlari shart.
Tinchlik vaqtida xotin-qizlar ixtiyoriy ravishda bitim bo‘yicha harbiy xizmatga kirishlari
mumkin. Harbiy ro‘yxatda turgan yoki umumiy harbiy ta’lim olgan xotin-qizlar urush davrida harbiy
xizmatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan chaqirilishlari mumkin.

Download 473,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish