Bog'liq 644-XII-сон 03.07.1992. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida
16-modda. Chaqiruv komissiyalari 1. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga chaqiruvini o‘tkazish uchun nohiyalarda,
shaharlarda, viloyatlarda, Qoraqalpog‘istan Respublikasida chaqiruv komissiyalari tuziladi. Chaqiruv
komissiyalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘istan
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va nohiya hokimlari tomonidan viloyat, shahar va
nohiya harbiy boshqaruv idoralarining muqarrar ishtirokida belgilanadi.
Yuqori turuvchi chaqiruv komissiyalari zimmasiga:
chaqiruv muddatini kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod qilganlik qay darajada to‘g‘ri
ekanligini tekshirish;
chaqiriluvchilarni harbiy kasb-korlarga tayinlashda ularning tajribasi, qobiliyati, qiziqishlari va
shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olishi qay darajada asosli bo‘lganligini nazorat qilish:
fuqarolarning nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining xatti-harakatlari ustidan qilgan
shikoyatlarini qarab chiqish vazifalari yuklatiladi.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlarni, shuningdek nohiya (shahar) chaqiruv
komissiyalarining tibbiy ko‘rik natijalariga hamda qaroriga noroziligini bayon etgan shaxslarni
harbiy qismlarga jo‘natishdan avval nazorat tarzida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy vrachlar komissiyalari amalga oshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari nohiya
(shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlarini ko‘rib chiqish va bekor qilish huquqiga egalar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyasining
qarorlari ustidan davlat boshqaruvi idoralari va mansabdor shaxslarning fuqarolar huquqlarini
kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan tartibda xalq
sudiga shikoyat qilishi mumkin.
2. Harbiy xizmatga chaqirilayotgan barcha fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq
mutaxassis vrachlarning tibbiy ko‘rigidan o‘tishlari shart.
3. Chaqiriluvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga, uning ma’naviy va kasbiy xislatlarini
o‘rganishga, shuningdek oila a’zolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini o‘rganib chiqish natijalariga
muvofiq nohiya (shahar) chaqiruv komissiyasi:
harbiy xizmatga yaroqliligi va qo‘shin turini belgilagan holda harbiy xizmatga chaqirish
to‘g‘risidagi;
muqobil xizmatga yaroqliligi va muqobil xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi;
salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi to‘g‘risidagi;
ushbu Qonunning
17
va
18
-moddalariga asosan muddatli xizmatga chaqirishni kechiktirish
yoki chaqirishdan ozod qilish to‘g‘risidagi;
salomatligiga ko‘ra tinchlik vaqtida harbiy xizmatga yaroqsizligi, urush vaqtida cheklangan
ravishda yaroqliligi va zaxiraga o‘tkazish to‘g‘risidagi;
harbiy ro‘yxatdan chiqargan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish to‘g‘risidagi
qarorlardan birini qabul qiladi.