Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida


-modda. O‘quv mashqlari yig‘inida ishtirok etiщdan ozod qilish



Download 473,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana13.07.2022
Hajmi473,79 Kb.
#790709
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
644-XII-сон 03.07.1992. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida

30-modda. O‘quv mashqlari yig‘inida ishtirok etiщdan ozod qilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha
bronlab qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar o‘quv mashqlari yig‘inida qatnashishdan ozod
qilinadilar.
31-modda. Zaxiradagi harbiy unvonlarni berish
O‘quv mashqlari yig‘inida ishtirok etib, ta’lim dasturi bo‘yicha sinovlarni muvaffaqiyatli
topshirgan harbiy xizmatga majburlarga “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni
o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilanadigan tartibda zaxiradagi podpolkovnik unvonigacha
(podpolkovnik unvoni ham shunga kiradi) navbatdagi harbiy unvonlar berilishi mumkin.
32-modda. Harbiy xizmatga majburlarni iste’fodagilar hisobiga o‘tkazish
Zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etgan, shuningdek harbiy-vrachlar komissiyasi harbiy
xizmatga yaroqsiz deb topgan harbiy xizmatga majburlar harbiy ro‘yxatidan chiqarilib, iste’fodagilar
hisobiga o‘tkaziladilar.
VI BOB. HARBIY XIZMATGA MAJBURLAR VA ChAQIRILUVChILARNING HARBIY RO‘YXATGA
KIRITILIShI
33-modda. Harbiy ro‘yxatga kiritishning umumiy qoidalari
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatga kiritilishlari lozim. Harbiy
xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga kiritish davlatning mavjud bo‘lgan va
harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilarining hisobini olish va tahlil etish umumdavlat tizimi
hisoblanadi. Hisobga olish tiziminiig amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat, nohiya va shahar hokimliklari tomonidan
ta’minlanadi.
Harbiy xizmatga majburlarning va chaqiriluvchilarning barchasini harbiy ro‘yxatga kiritish
ishlari ularning turar joylarida o‘tkazilib, umumiy, maxsus, shaxsiy-sifat ko‘rsatkichi va shaxsiy-
boshlang‘ich ro‘yxatga bo‘linadi.
34-modda. Umumiy va maxsus ro‘yxat
Umumiy harbiy hisobda chaqiriluvchilar, shuningdek safarbar etish davrida va urush vaqtida
xalq xo‘jaligi uchun bronlashtirib qo‘yilmagan harbiy xizmatga majburlar bo‘ladilar.
Safarbar etish davri va urush vaqtida xalq xo‘jaligi uchun bronlashtirib qo‘yiladigan harbiy
majburlar harbiylarning maxsus ro‘yxatida bo‘ladilar.

Download 473,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish