277
200 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarni o‘lchovchi asboblar mikrometrlar yoki qalinlik
o‘lchagich (tol
щ
inomer) deb ataladi va sanoatda avtomatik nazorat qilishning juda
turli-tuman sohalarida qo‘llaniladi.
Katta o‘lchamlarni (bir necha metrgacha) o‘lchash usullari suyuqliklar va
sochiluvchan moddalarning sathni aniqlash uchun sath o‘lchagichlar
yasashda
foydalaniladi
G‘adir-budurlikni (notekislikni) o‘lchashning elektr usullari odatda paypaslash
(ushlab ko‘rish) usuliga asoslangan bo‘lib, profilometrlar yoki profilograflar deyiladi.
Profilometrlar g‘adir-budurlikning faqat ko‘rinma balandligini baholashga imkon
beradi, profilograflar esa sirtning profilogrammasini olishga imkon beradi.
Profilometrlar pezoelektrik, induktiv va induksion o‘zgartkichlar bilan quriladi.
Mikrometrlarda induktiv, fotozlektrik va sig‘imli o‘zgartkichlar juda tez-tez
qo‘llaniladi. Qalinlik o‘lchagichlarda magnit zanjirlarning xossalaridan foydalanishga
asoslangan o‘zgartkichlar va ionli o‘zgartkichlar keng tarqalgan.
Qalinlik
o‘lchagichlarga ko‘pincha bunday talab qo‘yiladi: ob’ektning qalinligi faqat bir
tomonidan borib o‘lchanishi kerak. SHuning uchun qalinlik o‘lchagichlarni yasash
usullari, masalan, o‘zgarmas magnitning yoki elektromagnitning tortish kuchlanishini
buyumning qalinligiga yoki ustqoplamaning qalinligiga yoki o‘lchanayotgan
materialning (induktiv asboblarning) qalinligiga bog‘liq holda magnit zanjiri
qarshiligining o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘lchashga asoslanadi.
Ionli qalinlik
o‘lchagichlarda tekshirilayotgan qalinlik
β
, j yoki rentgen nurlarini yutish jadalligiga
ko‘ra (ikki tomondan borish mumkin bo‘lganda), yoki bu nurlarning tarqalish
jadalligiga ko‘ra (bir tomondan borish mumkin bo‘lganda) aniqlanadi.
Mexanik harakatning asosiy parametrlari — siljish, tezlik va tezlanish o‘zaro
oddiy
differensial
bog‘lanishlar
bilan
bog‘langanligi
ma’lum.
Harakat
parametrlarining bu xossasi ularni o‘lchash asboblarini yasashda foydalaniladi.
Harakat parametrlarini o‘lchash usullari ikki asosiy guruhga ajratilishi
mumkin. Birinchi guruhga harakatdagi ob’ekt bilan harakatsiz deb qabul qilingan
tizim o‘rtasidagi bevosita kontaktni amalga oshirishga asoslangan usullar kiradi.
Kontakt (tegish) albatta mexanik bo‘lishi
shart emas, u optik, akustik, radio va
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
278
boshqa usullar bilan vujudga kelishi mumkin. Bunday asboblarning tabiiy kirish
kattaligi siljish hisoblanadi. Bu usullarning ikkinchi guruhi hisob boshi deb qabul
qilingan qo‘zg‘almas tizim bilan bevosita kontaktni amalga oshirishni talab qilmaydi.
Bu guruhdagi asboblar inersial deyiladi va ularning tabiiy
kirish kattaligi tezlanish
hisoblanadi.
Tezliklarni va tezlanishlarni o‘lchovchi asboblar velosimetr va akselometrlar
deyiladi; vibrasion siljishlarni o‘lchovchi asboblar esa vibrometrlar deyiladi.
Harakat parametrlari o‘zgarish xarakteriga ko‘ra ikki asosiy sinfga ajratilishi
mumkin: ilgarilanma (yoki aylanma) harakat parametrlari va tebranma harakat
parametrlari, u vibrasiya deb ataladi.
Deformasiyalar va mexanik kuchlanishlarni o‘lchash uchun ko‘pincha
tenzoqarshiliklar va induktiv tenzometrlardan foydalaniladi.
Kuch, bosim va aylanuvchi (buraluvchi) momentlarni elektrik o‘lchash usullari
bir-biriga ancha o‘xshash va ikki xil turga ajratilishi mumkin:
tabiiy kirish kattaligi
o‘lchanayotgan kattalikning o‘zi bo‘lgan o‘zgartirgichlardan foydalanishga
asoslangan usullar va o‘lchanayotgan kuchlarning ta’sirida bo‘ladigan elastik
elementlarning materialidagi mexanik kuchlanishlarni o‘lchashga asoslangan usullar.
Mexanik parametrlarni nazorat qilish uchun elektrik o‘zgartkichlar ishlash
prinsipiga ko‘ra
potensiometrik, tenzometrik, sig‘imli, induktiv va boshqa turlardagi
datchiklarga bo‘linadi. SHularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: