138
tarqalishida tovushning manbadan qabul qiluvchi qurilmaga etib borish tezligi faqat
tovushning tezligiga emas, balki harakat qiluvchi muhitning tezligiga ham bog‘liq
bo‘ladi. Sarf o‘lchashning ultratovushli prinsipi shunga asoslangan. Agar tovush
to‘lqini oqim yo‘nalishida
harakat qilsa, ularning tezligi qo‘shiladi, tovush oqimga
qarshi yo‘nalsa, tezliklar ayirmasi topiladi. Ultratovushning oqim bo‘yicha va unga
qarshi yo‘nalishdagi tezligining farqi oqim tezligiga,
binobarin, oqayotgan suyuqlik
sarfiga mutanosib. ultratovushli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi quyidagilarga
asoslangan:
1)
ultratovushning oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi vaqt
tafovutini o‘lchash;
2)
ultratovush tebranishlarining oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi
tebranishlari fazalarining siljishini o‘lchash;
3)
avtotebranishlar sxemasi vujudga qeltirgan va shu bilan birga oqim
bo‘ylab hamda unga qarshi io‘nalishda hosil kilingan
ultratovush tebranishlari
chastotasining ayirmasini o‘lchash.
Ultratovushli sarf o‘lchagichlardan birining tuzilish sxemasi 4.9 - rasmda
ko‘rsatilgan. Bu asbob ikki kanalli fazaviy sxema bo‘yicha ishlaydi. Ultratovushli
sarf o‘lchagichlar quyidagi asosiy qismlardan iborat: UTG-ultratovush generatorining
ta’minlash manbai; NO‘
1
, va NO‘
2
nurlanuvchi o‘zgartkichlar; QP
1
va QP
2
-qabul
qiluvchi pezoo‘zgartkichlar; FQ-faza o‘zgartiruvchi qurilma, fazaviy siljishlarni
o‘zgartgichlar kanali asimmetriyasi yo‘li
bilan bartaraf etadi; K-elektron
kuchaytirgich, O‘A - o‘lchash asbobi. O‘lchash asbobi sarf birligida darajalanadi.
Pezoelementlar sifatida, ko‘pincha, bariy titanatdan ishlangan plastinkalar ishlatiladi.
Pezoelementlar kvars, titanatsirkoniy, sopol hamda magnitostriksion bo‘lishi
mumkin.
Ultrotovush impulslari quvur o‘qiga shunday burchakda yuboriladiki, ularning
bir kanaldagi yo‘nalishi oqim yo‘nalishiga mos kelsin, ikkinchi kanaldagi yo‘nalishi
esa okimga qarshi boradi. Suyuqlik harakatsiz bulgan
paytda impulsni D masofaga
uzatish vaqti quyidagicha
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
139
a
C
D
=
τ
(4.19)
bu erda,
τ
-impulsni uzatish vaqti, s; Sa-suyuqlikdagi
tovushning tarqalish
tezligi, m/s.
Agar suyuqlik
v
tezlikda harakat qilsa, yo‘nalishdagi tovushning tarqalish
tezlik komponenti
v
cos 0 kabi ifodalanadi. Impulsning nurlanuvchi manbalar
orasidagi oqim yo‘nalishida tarqalishi:
θ
τ
cos
1
⋅
+
=
v
C
D
a
(4.20)
oqimga qarshi yo‘nalishda tarqalishi:
θ
τ
cos
2
⋅
−
=
v
C
D
a
(4.21)
Ikkala kanaldagi chastotalar farqi:
D
v
f
f
f
θ
cos
2
1
⋅
=
−
=
∆
(4.22)
∆
f - chastotalar farqi, Gs;
θ
-suyuqlikda to‘lqinlarning tarqalish, burchagi
SHunday qilib, suyuqlik harakatining tezligini kursatuvchi chastotalar farqi
faqat shu tezlikka bog‘liq. Ultratovush sarf o‘lchagichlar sarfni kontaktsiz o‘lchashni
ta’minlayda va boshqa usullarni qo‘llab bo‘lmagan hollarda foydalaniladi.
Murakkabligi tufayli bu asboblar keng tarqalmagan. Ularning katta kamchiliklari:
asbob kursatishga o‘lchanayotgan muxitning fizik-kimyoviy xossalarining o‘zgarishi
hamda
muhitning harorati, ultratovush tezligiga tasir etadi. Asbobning asosiy xatosi
o‘lchash chegarasi (7000 l/soat)ning ±2% ini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: