Umumiy astronomiya


§ 4.4. Astrofizik obyektlar nurlanishining spektral tahlili



Download 23,71 Mb.
bet72/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

§ 4.4. Astrofizik obyektlar nurlanishining spektral tahlili

Spektral taxlil astrofizika qo‘llaniladigan usullar orasida osmon jismlarining fizik tabiatini tadqiq qilish borasida alohida ahamiyat kasb etadi. O‘tgan asrning o‘rtalarida yulduz va planetalarning fizik tabiati spektral metod yordamida o‘rganishni italiyalik astronom Sekki boshlab berdi. Astronomiyada yangi bu metodning qo‘llanishi, osmon jismlarining temperaturasini, ximik tarkibini, magnit maydoni kuchlanganligini, harakat tezligini, masofasini va boshqa talay yoritgichga tegishli fizik parametrlarni aniqlashga imkon berib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritilishiga sabab bo‘ldi.

Osmon jismlari spektri asosan uch tur bo‘lishi mumkin: 1) Tutash spektri, 2) Chiziqli nurlanish (emission), 3) yutilish spektri.

Kimyoviy tarkibigi bog‘liq bo‘lmagan holda cho‘g‘langan qattiq, suyuq holatdagi jismlar hamda katta bosim va yuqori temperaturadagi ionlashgan gaz tutash spektrni beradi. Bunday xollarda nurlanish barcha to‘lqin uzunligida kuzatilib, har bir to‘lqin uzunligiga mos nurlanish yasagan spektrof tirqishining tasviri bir biriga tutashib, tutash spektrni beradi.

Cho‘g‘langan gaz holatdagi modda ayrim to‘lqin uzunliklaridagina nurlanib, bu nurlar prizmadan o‘tishda turli burchak ostida sinadi va natijada kamera linzasidan o‘tgach, turli ranglarda tirkishning alohida-alohida tasvirlarni yasaydi. Kora fonda birgina yorug chiziqlardan tashkil topgan bunday spektr, chiziqli nurlanish (yoki) emision spektri deyiladi.

Spektrning ko‘rinadigan qismida vodorod atomining chiziqlarini, natriy bug‘ining spektrida esa natriyning qo‘shni ikki sarik chizig‘ini (=5890A va =5896A) hamda temir bugining spektrida minglab temirning chiziqlarini ko‘rish mumkin.

Tutash spektr beradigan yorug‘lik manbaining yo‘liga sovuq bug‘ yoki gaz modda kiritilsa, yutilish spektri hosil bo‘lib, bug‘ yoki gazni tashkil etgan atomlar u cho‘g‘langan holatida qanday to‘lqin uzunliklarida nurlansa shunday to‘lqin uzunligidagi nurlarni yutib, tutash spektrining fonida yutilish chiziqlarini hosil qiladi. Masalan cho‘g‘langan natriy bug‘i yuqorida eslatilgan =5890Ao va =5896Ao to‘lqin uzunliklarida nurlansa, tutash spektri manbai yo‘liga kiritilgan sovuq holdagi natriyning bug‘i xuddi shu to‘lqin uzunliklaridagi nurlarni yutib, tutash spektrining bu chiziqlar to‘lqin uzunlariga mos kelgan joyida ikki qo‘shni qora chiziqni hosil qiladi.

Molekulyar birikmalarning spektri qator keng tasmalardan iborat bo‘lib, bunday tasmalar o‘z navbatida bir biriga juda yaqin joylashgan spektral chiziqlardan tashkil topadi. Agar bunday molekulyar birikmalardan gaz yuqori temperaturali va cho‘g‘langan holatda bo‘lsa, u mavhum to‘lqin uzunliklari intervalidagi nurlanish tasmalarini, aksincha tutash spektri manbai yo‘lida sovuq gaz holatida bo‘lsa o‘sha to‘lqin uzunliklari intervalidagi yutilish tasmalarini beradi.

Atomlarning energetik sathlari elektronlar bilan belgilanadi. Molekulalar holatida esa ancha ko'proq imkoniyatlar paydo bo'ladi: atomlar o'zlarining muvozanat holati atrofida tebranishi hamda molekulalar ma'lum bir o'q atrofida aylanishi mumkin. Ham tebranma ham aylanma holatlarda kvantlashishlar sodir bo'ladi. Ketma-ket tebranma holatlar orasidagi o'tishlarda, odatda, infraqizil sohadagi fotonlar ishtirok etadi, aylanma holatlar orasidagi o'tishlar esa mikroto'lqinlar sohadagi fotonlarni qamrab oladi. Ular elektronlar bilan bog'liq bo'lgan o'tishlar bilan birlashishib (kombinatsiyalanishib) molekulalarga xos bo'lgan tasmali (polosali) spektrni hosil qiladi.

Quyosh va yulduzlarning spektri yutilish spektri bo‘ladi Shuning uchun ham Quyosh va yulduzlar spektrlarini tahlili, ularning atmosfera qatlamlarining kimyoviy tarkibi va fizik tabiatiga doir ma’lumotlarni beradi.

Yer atmosferasidan osmon jismlaridan kelayotgan nurlarning o‘tadi va shuning uchun ham ularning sirtida Yer atmosferasi atomlari va molekulyar birikmalariga tegishli yutilish chiziqlari paydo bo‘ladi. Osmon jismlari spektrida kuzatiladigan Yer atmosferasining chiziqlari teluriy chiziqlari deyilib, spektrofotometriya paytida tayanch chiziqlar sifatida ishlatiladi.

Sayyoralar va ular yo‘ldoshlarining ko‘rinishi Quyosh nurlarining ularni sirtidan qaytishi hisobiga bo‘ladi va Quyosh nurlari sayyora sirtdan qaytishidan oldin va keyin uning atmosferasini kesib o‘tadi. Shuning uchun ham sayyora va uning yo‘ldoshlari spektrida Quyosh spektriga qo‘shimcha uning (yoki yo‘ldoshining) atmosferasiga tegishli yutilish chiziqlari hosil bo‘ladi. Bu yutilish chiziqlarining tahlili, sayyora atmosferasining kimyoviy tarkibi, bosimi, temperaturasi va boshqa fizik xarakteristikalari haqida ma’lumot beradi.

Deyarli barcha astronomik obyektlarning spektrida nisbatan intensive bo’lgan vodor chiziqlarini kuzatish mumkin. Spektrning optik diapazonida vodorodning Balmer seriyasi kuzatiladi. Bunda Hα to’lqin uzunlikning 6563 Å to’g’ri kelib, u qizil chiziq ham deyiladi. Undan tashqari, havorang Hβ (λ = 4861 Å) va 2 ta binafsha rangli Hγ (λ = 4340 Å) hamda Hδ (λ = 4102 Å) chziqlari yaxshi kuzatiladi. Spektrning ultrabinafsha sohasida Layman seriyasi, infraqizil sohada esa Pashen va Brekket seriyalari mavjud.


Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish