§ 4.2. Yoritgichlarning ko‘rinma va absolyut kattaliklari
Eramizdan oldingi II asrda Gipparx ko‘z bilan ko‘rinadigan yulduzlarni ularning ko‘rinma ravshanligi bo‘yicha oltita sinfga bo‘lgan edi. Birinchi sinf eng ravshan yulduzlarni, oltinchisi esa qo‘rollanmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan eng hira yulduzlarni qamrab olgan.
Odam ko‘zi yorug‘lik nurining ravshanligini nochiziqli ravishda qabul qiladi. Agarda uchta yulduzning oqim zichliklari 1:10:100 nisbiy proporsiyasida bo‘lsa, unda birinchi va uchunchi yulduzlarning ravshanliklari ayirmasi ikkinchi va uchinchi yulduzlarning ravshanliklari ayirmasiga teng. Teng ravshanliklar nisbati ko‘rinma ravshanliklar ayirmasiga mos keladi: odam ravshanlikni logarifmik tarzda qabul qiladi.
Osmon jismlaridan kelayotgan nurlanish energiyasining miqdori, mazkur jism fizik tabiatini o‘rganishda eng muhim xarakteristik kattaliklardan hisoblanadi. Nurlanish energiyasining miqdori uning bevosita o‘lchash asbobiga etib kelgan miqdorini o‘lchash orqali yoki nurlanish qobiliyati ma’lum bo‘lgan boshqa nurlanuvchi jismning nurlanish energiyasining miqdori bilan solishtirish orqali aniqlanadi.
Yuza elementi dan nurlanish o‘tyapdi deb faraz qilamiz (4.1-rasm). Nurlanishning ayrim qismi dan fazoviy burchak ostida chiqib ketadi; va yuzaga normal orasidagi burchakni deb belgilayiz. Shunda vaqt davomidaushbu fazoviy berchakga chastotasi chastotalar intervalidagi nurlanishning energiya miqdori quyidagiga teng:
|
4.1 – rasm. Nurlanish intensivligi yuza elementi dan fazoviy burchagda yo‘nalishda o‘tayotgan energiyaga bog‘liq.
| Bu erda koeffitsienti – fazvoiy burchak yo‘nalishida chastotali nurlanishning hususiy intensivligi. Uni o‘lchash birligi ga teng.
Ko‘rib turganimizdek, yuza elementi ning proeksiyasi va bu o‘z navbatida kerakligini ko‘rsatadi. Agarda intensivlik yo‘nalishga bog‘liq bo‘lmasa, unda energiyasi nurlanish yo‘nalishiga perpendekulyar bo‘lgan yuza elementiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
Barcha mumkin bo‘lgan chastotalarni o‘z ichiga qamram olgan intensivlik umumiy intensivlik deyiladi va u ni chastotalar bo‘yicha integrallash orqali topiladi:
Kuzatuvlar nuqtai nazaridan muhimroq bo‘lgan kattaliklar bu energiya oqmimi yoki qisqacha oqim va oqim zichligi – . Oqim zichligi yuza birligiga to‘g‘ri keladigan nurlanish quvvatini beradi; shunda oqim zichligi aniq bir chastotadami yoki umumiy oqim zichligi qaralayotgan holga bog‘liq holda uning kattaligi yoki bo‘lishi mumkin.
Kuzatilayotgan oqim zichligi odatda kichik bo‘ladi, shuning uchun kattaligi ancha katta va noqulay bo‘ladi. Shuning uchun, ayniqsa radioastronomiyada, zichliq oqimi ko‘p hollarda yanskiyda beriladi. Bir yanskiy teng.
Nurlanish manbasini kuzatayotganimizda biz aslida nur qabul qilgich tomonidan ma’lum vaqt davomida to‘plagan energiya miqdorini o‘lchaymiz va u nurlanish zichligining nurlanishni-to‘plash yuzasi hamda vaqt intervali bo‘yicha integraliga teng.
Nurlanish zichligi berilgan chastotada intensivlik birligida quyidagicha ifodalanishi mumkin:
bu erda integrallash barcha imkon bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha olinadi. Shunga o‘hshash umumiy oqim zichligi ham topiladi:
Masalan, agarda nurlanish izotrop bo‘lsa, ya’ni agarda yo‘nalishga bog‘liq bo‘lmasa, unda quyidagiga ega bo‘lamiz:
Fazoviy burchakning elementi birlik sferadagi yuza elementiga teng. Sferik koordinatalarda (4.2-rasm, hamda 5.A Ilovada):
Do'stlaringiz bilan baham: |