Umumiy astronomiya


§ 2.7. Fundamental va fotografik astrometriya



Download 23,71 Mb.
bet55/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

§ 2.7. Fundamental va fotografik astrometriya

Yulduzning joylashganligi yoki tanlangan tayanch yulduzlarga nisbatan (nisbiy astrometriya) yoki belgilangan koordinatalar sistemasiga nisbatan (absolyut astrometriya) o'lchanishi mumkin. Absolyut koordanatalari odatda meridian aylanasi yordamida aniqlanadi, bu faqat meridian tekisligida aylana oladigan teleskopdir (2.13-rasm). Unda aniq ravishda sharq-garb yo'nalishida to'g'lilangan, faqt bitta o'qi mavjud.

Sutka davomidadavomida xamma yulduzlar meridianni kesib o'tganligi sababli, ular meridian aylananing maydoniga u yoki vaqtda kelishadi. Yulduz kul`minatsiyalanganda uning balandligi hamda kesib o'tish vaqti yozib olinadi. Agarda vaqt siderik (yulduz) soati yordamida aniqlangan bo'lsa, siderik vaqti to'g'ridan-to'g'ri yulduzning to'g'ri chiqish koordinatasini beradi chunki soat burchagi h=0h.




2.13-rasm. Meridian aylanma teleskop

Boshqa koordinata – og'ganlik yulduzning balandligidan kelib chiqadi:



bu yerda a – kuzatilgan balandlik, – observatoriyaning geografik kenglamasi.

Yulduzlarning koordinatalari fotografik plastinkalarda (2.14-rasm) yoki CCD tasvirlarda koordinatasi oldindan ma'lum bo'lgan tayanch yulduzlarga nisbatan aniqlanadi.






2.14-rasm. (a) Osmon xaritasi loyihasi bo'yicha Xel`sinkida 1902 yil 21 noyabrda olingan fotografik plastinka; (b) Xuddi shu plastinkada belgilangan soha; (c) Xuddi shu sohaning 1948 yilning 7 noyabrida olingan tasviri

Sanoq sistemalarini yaratish asosida osmonning koordinata sistemalarini, yulduzlarning xususiy harakatlarini tizimini tuzish hamda koordinatalarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlarini hisobga oladigan astronomiyaning fundamental doimiyliklarini qabul qilish yotadi. Fundamental astrometriyaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

- qo‘zg‘almas bo‘lgan yulduzlarning koordinatalarini va xususiy harakatlarini aniqlash;

- fundamental astronomik doimiyliklarning miqdoriy qiymatlarini topish.

Pretsessiya, nutatsiya, parallaks va shu kabi astronomiyaning ba’zi asosiy doimiyliklarining aniqlash yo‘llari haqida bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan yo‘q. Shu bilan bir qatorda, yuzminglab yulduzlarning ekvatorial koordinatalari (,) ma’lum bo‘lsada, bu yulduzlardan ko‘pchiliklarining koordinatalarini yanada aniqlashtirish o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Buning sababi, birinchidan, bu xildagi yulduzlarning koordinatalari juda katta aniqlik bilan belgilanmaganida bo‘lsa, ikkinchidan, ma’lum koordinatalarning bir necha bor qayta aniqlanishi, bu yulduzning xususiy harakatini o‘rganishga, shuningdek, astronomik doimiyliklarning miqdorini aniqlashga imkon beradi.

XIX asrning o‘rtalaridan buyon astronomiyada fotografiya qo‘llanila boshlagan. Ayni paytda u astronomiyaning barcha bo‘limlarida juda keng qo‘llanilayotgan usul bo‘lib, ayniqsa, astrometriya uchun juda qo‘l keladi va bu kuzatishning vizual usullarini deyarli siqib chiqargan desa bo‘ladi.

Juda yorug‘ yulduzlarning koordinatalari va xususiy harakatlarini o‘rganganda vizual usul qo‘llaniladi, fotografik usul juda xira va nisbatan uzoqda joylashgan yulduzlar hamda boshqa astronomik obyektlarga tegishli shunday parametrlarni qo‘lga kirita olishi bilan juda katta quyidagi afzalliklarga ega.

- vizual yo‘l bilan kuzatiladigan obyektlarga nisbatan ancha xira obyektlarni qayd qila oladi;

- fotoplastinkada bir vaqtning o‘zida minglab yulduzlarni, jumladan tashqi galaktik obyektlarni rasmga tushira oladi;

- aniq bir vaqtda fotoplastinkada osmonning ma’lum sohasidagi yoritgichlarning o‘zaro joylashishlarini qayd qilinishi, kelgusida xuddi shu sohada joylashgan yoritgichlarning o‘zaro joylashishlaridan qanday o‘zgarish ro‘y berayotganini aniqlashga imkon beradi.

Osmon jismlarining nisbiy ekvatorial koordinatalarini, xususiy harakatlarini va nisbiy parallakslarini aniqlash bilan asosan fotografik astrometriya shug‘ullanadi.

Koordinatalari ma’lum bo‘lgan tayanch yulduzlar bo‘lsa, boshqa yulduzlarning nisbiy ekvatorial koordinatalarini aniqlash mumkin. Maxsus o‘lchov asboblar yordamida, fotoplastinkaga tushirilgan yoritgichlarning tayanch yulduzidan uzoqliklariga ko‘ra, dastlab ularning to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasida koordinatalari topilib, so‘ngra sferik koordinatalari-to‘g‘ri chiqishlari va og‘ishlari hisoblanadi.

Yulduzlarning xususiy harakatini topishda osmonning ma’lum sohasining kamida 30-40 yillik interval bilan olingan fotonegativlaridan foydalaniladi. Bunda belgilangan uchastkaning rasmi qayta olinayotganda, kuzatish markazlari, instrument va rasmga olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sharoitlar, bundan 30-40 yil oldingi rasmga tushirish sharoitiga yaqin bo‘lishi ta’minlanadi.

Agar osmonni ma’lum sohasining yarim yillik davr bilan olingan uchta fotoplastinkasi mavjud bo‘lsa u orqali yillik parallakslar aniqlanishi mumkin. Bu plastinkalarda yulduzlarni o‘zaro joylashishlarining o‘zgarishiga ko‘ra, nisbatan yaqin joylashgan yulduzlarning yillik parallakslari, juda uzoq joylashgan yulduzlarga nisbatan topiladi.

Ернинг йиллик ҳаракати туфайли фондаги узоқ юлдузларга нисбатан бирон бир юлдуз йўналишининг силжиши юлдузнинг тригонометрик параллакси дейилади. У бизга юлдузгача бўлган масофани беради: параллакс қанча кичик бўлса, юлдуз шунча узоқда жойлашган бўлади ва аксинча. Тригонометрик параллакс асли олганда, ҳозирги пайтда юлдузларнинг масофасини ўлчашда қўлланиладиган ягона тўғридан-тўғри қўлланиладиган усулдир.




Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish