5.12- rasm.Yer magnitosferasi
Yer-gigant magnit bo‘lib, uni kompas strelkasining sayyoramiz magnit maydoni kuch chiziqlariga parallel turish uchun harakatlanishidan bilish mumkin. Qizig‘i shundaki, geomagnit qutblar Yer qutblari bilan ustma-ust tushmaydi. Shimoliy geomagnit qutbning geografik kengligi 78°,5, uzunlamasi esa 290° (sharqiy uzunlama)ni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geomagnit o‘q Yer o‘qiga 11,5° li burchakka og‘ishgan. Geomagnnt maydonning kuchlanganligi ekvatordan qutbga tomon 0,25-0,35 dan 0,6-0,7 erstedga qadar ortadi.
Yer atrofi fazosining geomagnit maydon kuchlanganligining sayyoralararo doimiy magnit maydoni kuchlanganligidan (5-10 gammadan) ortiq bo‘lagini Yer magnitosferasi deyiladi. Bu sfera Yer o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lmaydi. Magnitosfera Erning kunduzgi tomonida «siqilgan» bo‘lib, 8-14 Yer radiusicha masofaga cho‘zilgani holda, tungi tomonida sayyoramizni «magnit dumi»ni vujudga keltirib, bir nscha o‘nlab Yer radiusi masofasigacha cho‘ziladi.
Oxirgi yillarda sayyoramiz — osmon jismlarining ajralmas qismi sifatida aktiv o‘rganilayotganiga qaramay, xali unga tegishli muammolar qo‘shnn sayyoralarnikidan juda kam emas. Ayniqsa, uning bag‘ri haqidagi ma’lumotimiz hali juda «kambagal» .hisoblanadi.
Oy Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshidir.
Yerning Quyosh atrofidagi real orbital aylanish davri siderik yil hisoblanadi. Shuning uchun bir siderik yil Quyoshning yulduzlarga nisbatan ko‘rinishi ham deyish mumkin. Yulduz yilining davomiyligi J2000.0 = 2000 1 yanvar 12:00:00 epoxaga nisbatan 365.256363051 kunni tashkil etadi. Ilgari biz pretsessiya tufayli bahorgi tengkunlik nuqtaning ekliptika bo‘ylab yiliga 50 sekundga siljishini ko‘rgan edik. Bu esa Quyosh bahorgi tengkunlik nuqtaga kelishi uchun to‘la bir siderik yil o‘tmasdan etib kelishini bildiradi. Bu vaqt intervaliga tropik yil deyilib, u 365.24218967 kunga teng.
Yilga berilgan uchinchi ta’rifi Yerning perigeliydan o‘tishiga asoslanadi. Sayyoralararo g‘alayonlanish asta-sekin Yer perigeliysini o‘zgartiradi. Ikkita perigeliydan o‘tishi uchun ketgan vaqt intervaliga anomalistik yil deyiladi, u 365.259635864 kunga teng va siderik yildan ozgina uzunroq. U taxminan 21 000 yilda bahorgi tengkunlik nuqtaga nisbatan 360 gradusga buriladi. Yer ekvatori ekliptikaga nisbatan 23.5 gradus og‘malikka ega. Shuning uchun vaqt o‘tishi bilan bu burchak o‘zgarib turadi. Agar davriy qismni inobatga olmasak, ekliptikaga og‘malik quyidagicha ifodalanadi:
(5.13)
bu erda T 2000.0 yil epoxasidan boshlab yulian asrlarida o‘tgan vaqt (qarang 2.14). Bu ifoda 2000 yilgacha va undan keyingi bir necha asrlar davomida to‘g‘ri hisoblanadi. Og‘malik 22.1 va 24.5 gradus oralig‘ida 41000 yillik davr bilan tebranib o‘zgaradi. Hozirda og‘malik kamayib bormoqda. Bundan tashqari, qisqa davrli o‘zgarish – nutatsiya ham mavjud.
Quyoshning og‘ishi yil davomida -ε va +ε oralig‘ida o‘zgaradi. Ixtiyoriy vaqt momentida Quyosh Yer sirtining birorta nuqtasida zenitda ko‘rinadi. Bu nuqtaning kenglamasi Quyoshning og‘maligiga teng bo‘ladi. -ε va +ε kenliklarda Quyosh zenitda yiliga bir marta, shuningdek bu kengliklar oralig‘ida yiliga ikki marta ko‘rinadi. Shimoliy yarimsharda agar kenglik 90-δ dan katta bo‘lganda Quyosh ko‘rinmaydi, bu erda δ Quyoshning og‘ishi.
Janubiy kengliklarda 90-ε=66.55 bo‘lganda Quyoshni ko‘rishimiz mumkin. Bu kenglik shimolik qutb aylanasi deyiladi (bu janubiy yarimshar uchun ham o‘rinli). Qutb aylanasi qishki quyoshturishi kuni mobaynida Quyosh gorizontdan pastda bo‘ladigan eng janubiy joy hisoblanadi. Quyoshsiz vaqt uzoq davom etadi. Qutblarda kun va tun davomiyligi yarim yilgacha uzayishi mumkin. Amalda tungi Quyosh hamda quyoshsiz kunlar sonining davomiyligi refraksiya va kuzatuvchining joylashgan o‘rniga bog‘liy hisoblanadi. Chunki refraksiya obyektni gorizontdan balandga ko‘targan holda ko‘rsatadi, shuning uchun tenggi quyoshni qutb aylanasida janubroqda ham kuzatishimiz mumkin. Shu sababli Quyoshni bahorgi va kuzgi tengkunlik kunlarida bir vaqtda ikkita qutbda ham ko‘rishishimiz mumkin.
Yer orbitasi ekssentrisiteti 0.0167 ni tashkil etadi. Quyoshdan uzoqligi 147-152 mln. km atrofida tebranib turadi. Yer orbitasining har xil qismlarida quyoshdan kelayotgan radiatsiya oqimi zichligi turlicha, lekin bu amalda fasllar almashinuviga ta’sir qilmaydi. Shimoliy yarimsharda qishning o‘rtalarida yanvar oyining boshlarida Yer perigeliyda joylashgan bo‘ladi. Fasllar almashinuvi ekliptikaga og‘malik bilan tushuntiriladi.
Quyoshdan kelayotgan energiya uchta faktorga bog‘liq. Birinchidan, birlik yuzaga tushayotgan oqim sina ga proporsional, bu erda a Quyoshning balandligi. Yozda qishga qaraganda balandlik kattaroq qiymatni qabul qilishi mumkin, bu esa birlik yuzaga tushayotgan energiya ko‘proq bo‘lishini bildiradi. Boshqa effekt atmosfera bilan bog‘liq: Quyosh gorizontdan pastda bo‘lganida nurlanish atmosferaning qalin qatlamiga kirib borishi kerak. Bu ekstinksiya kattaligini va sirtdagi nurlanishning kichik ekanligini bildiradi. Uchinchi faktor Quyoshning gorizont pastida bo‘lish vaqti bilan bog‘liq. Quyosh quyi balandligi yoz vaqtidagi kunning uzunligi bilan kompensatsiyalanadi, bu yuqori kengliklarda juda zarurdir. Bu effektlar 5.13 misolda batafsil muhokama qilinadi.
Undan tashqari, Quyosh energiyasi yillik oqimida uzoq muddatli o‘zgarishlar ham bor. Serbiyalik geofizik olim Milyutin Milankovich (1879-1958) 1930 va 1940 yillarda o‘zining muzlik davri nazariyasini e’lon qilgan. Oxirgi 2-3 million yillarda yirik muzlik davri har 100 000 yillik davr bilan takrorlangan. U Yer orbitasi o‘zgarishi (variatsiyasi) ob-havoning uzoq muddatli, ya’ni Milankovich sikli deya ataluvchi davriy o‘zgarishiga olib keladi deb taxmin qilgan. Milankovich ekssentrik, perigeyning yo‘nalishi, og‘malik va pretsessiya sikllari muzlikning 100 000 yillik davriy o‘zgarishi natijasidir deya tasdiqlagan. Pretsessiya sikli 26 000 yil, bahorgi tengkunlik nuqtaga nisbatan perigey yo‘nalishining o‘zgarishi 22 000 yil, ekliptikaning og‘malik davri 41 000 yilni tashkil etadi. Orbita ekssentrisitetining o‘zgarishi to‘liq emas, lekin 100 000 yildan iborat ayrim davrni topish mumkin. Ekssentrisitet 0.005-0.058 oralig‘ida tebranib o‘zgaradi va hozirgi kunda uning qiymati 0.0167 ga teng.
Quyoshdan kelayotgan oqimning yillik miqdori ushbu orbital o‘zgarishlarga bog‘liq va bu effekt yuqori kengliklarda juda sezilarli bo‘ladi. Agar, masalan, ekssentrisitet katta va Yer qishki davrda apogey atroflarida bo‘lsa, qish uzun va sovuq, yoz esa qisqa bo‘ladi. Shunga qaramasdan, nazariyada qarama-qarshiliklar bor, orbital kuchlar orqali iqlim o‘zgarishi yaxshi tushuntirmagan, ehtimol bu muzlik bosishi uchun etarli emas. U erda qor va muz albedosining kuchsiz effekti kabi ijobiy xalqalar ham mavjud. Bu muz ob-havoning sovushi kabi fazoga teskari ravishda ko‘proq radiatsiya qaytarishini bildiradi. Tizim juda xaotik, shuning uchun boshlang‘ich sharoitlardagi kichik o‘zgarishlar oxir oqibat katta farqlarga olib keladi. Ob-havo o‘zgarishiga olib keluvchi boshqa effektlar ham bor.
Kelajakda ham noaniqliklar bor. Ayrim nazariyalar kelgusi 50 000 yilda issiq davr bo‘lishini bashorat qiladi, boshqalari esa iqlim sovishini bashorat qiladi. Antropogen sabablardan biri, parnik gazlar, masalan, karbonat angidrit gazi qisqa davrli iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘lishi taxmin qilinadi.
Merkuriy sayyoralar orasida Quyoshga eng yaqini bo‘lib, qadimda rimliklar uni sayohatchilarning panohi, savdo-sotiq xudosi nomi bilan, arablar esa Utorud nomi deb atashgan. Merkuriyning Quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 0,47 astronomik birlikkacha o‘zgarib turadi, o‘rtacha uzoqlikligi esa 58 million kilometrni tashkil qiladi. Merkuriyning diametri 4880 kilometr bo‘lib, uning sirtida tortish kuchi Ernikidan 2,6 marta kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |